So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  0 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  8 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  7 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  15 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" Jizzaxda "Buxoro"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "So'g'diyona" Jizzaxda "Buxoro"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Buxoro" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


YANGILASH



O'yin tugadi. "So'g'diyona" - "Buxoro" 3:1

Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Sahob Rashidov 3:1  Hozirgina maydonga tushgan Sahob Rashidov darvozbon bilan yakkama yakka vaziyatda qoldi va hisobni ikkitaga oshirdi. O'yinga qo'shilgan Ayubxon No'monov Sahob Rashidovga assist vazifasini o'tadi

79. So'g'diyona jamoasi tarkibida o'zgarishlar: SHoxruz Norxonov va Jamshid Boltaboevlar o'rniga Ayubxon No'monov va Sahob Rashidovlar uchrashuvni davom ettirishadi.

76-daqiqa. Javohir Qahramonov jarima zarbasidan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, Safaevdan seyv

71. Buxoro jamoasi tarkibida o'zgarishlar: Azizbek Amonov va Suxrob Nematovlar o'rniga  Jasurbek Hakimov va  Bexruz Sadilloevlar maydonga tushishdi.

70-daqiqa. Buxoroliklar chap qanotdan yurish qilib to'pni jarima maydonchasi tomon uzatdilar, Azizbek Amonovning zarbasi esa kuchsiz chiqdi

67-daqiqa. Elyor Orifovga sariq kartochka ko'rsatildi.

66-daqiqa. Buxorodan ham xavfli hujum, SHirinboy Abdullaev o'z o'rnida

Jasur Hasanov chapdan to'pni uzatdi Norxonovning yo'llagan zarbasi darvozaga kirdi, ammo hakam offsaydligini bildirdi.

65-daqiqa. So'g'diyona jamoasi hisobni yiriklashtirishi mumkin edi, lekin o'yindan tashqari holat

63-daqiqa. Buxoro jamoasi azolari to'pni burchakdan o'yingi kiritib jarima maydonchasi ichida bosh  bilan kombinaciya o'ynashdi, yakuniy zarba berildi, Abdullaev o'z o'rnida

So'g'diyona qanotlardar juda ajoyib o'yin ko'rsatmoqda. Sanat SHixov va SHaxboz Jo'rabekov Marselo hamda Karvaxalga "salom yo'llashyapti".

61-daqiqa. SHaxboz Jo'rabekov to'pni Sanjar Rashidovga uzatdi, Rashidovning xavfli zarbasi ancha noaniq

60. Buxoro jamoasi tarkibida ham o'zgarish: Izzatilla Abdullaev o'rniga Zoxir Pirimov maydonga tushdi. SHu o'rinda jizzaxliklar ham o'zgarish amalga oshirdi: SHavkat Mullajonov o'rniga Marko Kolakovich uchrashuvni davom ettiradi.

59-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! So'g'diyonaning chap qanoti "yonayotgani" haqida aytgandik, bu safar o'ng qanot! SHaxboz Jo'rabekov uzatgan to'pni Javohir Qahramonov bosh bilan darvozaga joylab qo'ydi.

56. So'g'diyona jamoasi tarkibida o'zgarishlar: Elivelto Dantas va Bahodir Nasimovlar o'rniga Sanjar Rashidov va Javohir Qahramonovlar maydonga tushishdi.

55-daqiqa. Jizzaxliklarning chap qanoti "yonyapti". Bu safar Hasanov. To'pni uzatdi, ammo uni darvoza yo'llaydigan futbolchi yo'q

54-daqiqa. Nimalar bo'lmoqda Buxoro jarima maydonchasida?! Sanat SHixov to'pni uzatdi, So'g'diyona futbolchisi oyoq bilan yaqin masofadan zarba berdi, darvozabondan seyv!

52-daqiqa. Yana Sanat SHixov chap qanotdan to'pni uzatdi va bu safar ham Norxonovning zarbasiga aniqlik etishmadi

51-daqiqa. Sanat SHixovning chap qanotdan uzatgan to'pini SHoxrux Norxonov bosh bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq

Biz birinchi bo'lim so'nggida ikkinchi bo'limda Buxoroliklardan faollik kutgan edik, ular bu umidimizni oqlashdi

 49-daqiqa. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Suxrob Nematovning burchakdan uzatgan to'pini Bobur Farhodov darvozaga joylab qo'ydi.

Ikkinchi bo'limga start berildi.


So'g'diyona hujumlariga boy birinchi bo'lim o'z yakuniga etdi va Buxoroliklardan ikkinchi bo'limda yanada faollikni kutgan holda tanaffusga yo'l olamiz.

Uchrashning dastlabki 45 daqiqasiga hakam yana 1 daqiqa qo'shib berdi.

Birinchi bo'limni Ulug'bek Baqoev shogirdlari uchun atalgan bo'lim desak mubolag'a bo'lmagan bo'ladi!

43-daqiqa. Elivelto Dantas darvozaga bir necha metr uzoqlikdan zarba berdi yana Buxoro darvozaboni faollik ko'rsatdi

42-daqiqa. DAXSHAAAAT ZARBAAAA!!! Jasur Hasanov chap qanotda garchi burchakda bo'lsa ham zarba berdi, darvozabondan seyv

Birinchi taym davomida hakam ko'p hushtak chalib o'yinni to'xtatmoqda, balki futbolchilarga kurashishga berish kerakdir...

41-daqiqa. Bekzod Sayidovga ham sariq kartochka ko'rsatildi.

37-daqiqa. Yana bir kartochka va yana bir qo'pollik uchun. Gol muallifi SHoxruz Norxonov ogohlantirildi.

35-daqiqa. SHaxboz Jo'rabekov fol ishlatdi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi.

30-daqiqa. Burchak to'pidan uzatilgan to'pga SHaxboz Jo'rabekov zarba berdi. Xavfli ammo ancha noaniq

29-daqiqa. So'g'diyona ijrosida yana jarima zarbasi. Elivelto Dantasning zarbasi darvozaga kirishni istamayui, lekin burchak zarbasi

27-daqiqa. ZARBAAAAAA!!! SHaxboz Jo'rabekovning jarima zarbasidan bergan zarbasini Buxoro darvozaboni mushtlari bilan urib yubordi

26-daqiqa. Bobur Farxodov ogohlantirildi

24-daqiqa. Yana bir hujum So'g'diyonada. Yana Norxonov. Bu safar to'pni uzatdi biroq Nasimov to'pga etib kela olmadi

22. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHohruz Norxonov - 1:0. Jasur Hasanovning uzatmasidan keyin SHohruz Norxonov boshning orqa qismi bilan chalg'ituvchi zarba berdi va o'yinda hisobni ochdi.

21. Buxoro jamoasi tarkibidi o'zgarish: 26-raqamda maydonda harakat qilgan Abror Xosinov o'rniga Javohir SHodmonov maydonga tushdi

20-daqiqa. Iskandar SHaykulovdan xavfli zarbaaaaaa. Darvozabon to'pni urib yubordi

19-daqiqa. Maydon egalari dastlabki daqiqalarni faollik bilan boshlagan bo'lsalar ham, hozir to'p asosan maydon markazida kechmoqda. Hujumga o'tishda xatolar mavjud ikki jamoada ham.

10-daqiqa. Suxrob Nematovning zarbasi rekashet bo'lib So'g'diyona darvozabonining qo'liga kelib tushdi

6-daqiqa. So'g'diyona jamoasi darvozaboni SHirinboy Abdullaevning ueksi, Buxoro jamoasi azosi Izzatilla Abdullaevning bergan kuchli zarbasiga biroz aniqlik etishmadi

5-daqiqa. Jizzaxliklarning Braziliyalik futbolchisi Elivelto Dantasning chamasi 18 metrlardan bergan zarbasi noaniq

4-daqiqa. Yana jizzaxliklar hujumda. Bu safar o'ng qanotdan. SHoxruz Norxonovning uzatmasiga zarba beradigan So'g'diyona azosi topilmadi

2-daqiqa. So'g'diyona jamoasi dastlabki daqiqalardanoq faollikni qo'lga olishdi va burchak zarbasi ishlashdi. Uzatilgan to'pga zarba bergan Elyor Orifov to'pni darvozaga yo'llashda biroz adashdi

1. Uchrashuv boshlandi!

Jamoalar PFL sadolari ostida maydonga chiqib kelishdi

Assalomu alaykum qadrli futbol muxlislari! Championat.asia Sizlarni Coca Cola Superliga-2020 yil mavsum, 8-tur doirasidagi "So'g'diyona" - "Buxoro" uchrashuvining matnli translaciyasini kuzatishga taklif etadi!



Coca Cola Superliga. 8-tur
7 iyul, seshanba
20:00 - SO'G'DIYONA – BUXORO 3:1 
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Timur Galeev, Doniyor Saylavov, Komil Rasulov
Nazoratchi: Sayfiddin Ermatov
Komissar: Zohirjon Akramxonov 

Gollar: SHohruz Norxonov 22, - 1:0 (Jasur Hasanov). Boburbek Farhodov 49, - 1:1 (Suhrob Nematov). Javohir Qahramonov 59, - 2:1. Sahob Rashidov 80, - 3:1 (Ayubxon Nomanov).

 "So'g'diyona": 1.SHirinboy Abdullaev, 3.Iskandar SHoyqulov, 4.Elyor Orifov, 8.Jamshid Boltaboev (21.Sahob Rashidov, 79), 10.SHohruz Norxonov (5.Ayubxon Nomanov, 79), 11.Jasur Hasanov, 12.Sanat SHixov, 18.SHavkat Mullajonov (93.Marko Kolakovich, 60), 20.Bahodir Nasimov (19.Javohir Qahramonov, 56), 22.SHahboz Jo'rabekov, 80.Elivelto Ribeyro (7.Sanjar Rashidov, 56).
Zaxira: 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 17.Ivan Nagaev, 30.Dian Talxatov.

"Buxoro": 91.Zafar Safoev, 4.Mirjalol Jumaev, 5.Boburjon Amanov, 7.Suhrob Nematov (17.Behruz Sadilloev, 71), 16.Jasur Hasanov, 19.Bekzod Sayidov, 26.Abror Xusinov, 28.Ergash Ismoilov, 40.Azizbek Amonov (9.Jasur Hakimov, 71), 60.Bobur Farhodov, 77.Izzat Abdullaev (11.Zohir Pirimov, 60).
Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 25.SHohjahon Nasimov, 14.Muhammad Siddiq Timurov, 33.Javohir SHodmonov, 54.Ohunjon Sayfiddinov, 98.Solibek Karimov.

Ogohlantirishlar: Boburbek Farhodov 26, SHahboz Jo'rabekov 35, SHohruz Norxonov 37, Bekzod Sayidov 41, Elyor Orifov 67,


 

So'g'diyona

Shohruz Norxonov - 22', ZHavohir Qahramonov - 59', Sahob Rashidov - 80'

Superliga. 8-tur

07/07/2020, 20:00

1
:
3
Tugadi

Buxoro

Bobur Farhodov - 49'

45'
90'
22'  Shohruz Norxonov
22'  Jasur Hasanov O
35'  SHahboz Jo'rabekov
37'  Shohruz Norxonov
56'  Elivelto Ribeyro (Sanjar Rashidov)
56'  Bahodir Nasimov (ZHavohir Qahramonov)
59'  ZHavohir Qahramonov
59'  SHahboz Jo'rabekov
60'  SHavkat Mullazhonov (Marko Kolakovich)
67'  Elyor Orifov
79'  Shohruz Norxonov (Ayubxon Nomanov)
79'  Jamshid Boltaboev (Sahob Rashidov)
80'  Sahob Rashidov
90'  ZHavohir Qahramonov
26'  Bobur Farhodov
41'  Bekzod Sayidov
49'  Bobur Farhodov
49'  Suhrob Ne’matov
60'  Izzat Abdullaev (Zohir Pirimov)
71'  Suhrob Ne’matov (Behruz Sadilloyev)
71'  Azizbek Amonov (Jasur Hakimov)

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика