So’nggi yangiliklar

16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  0 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  2 15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  1 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  9 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  9 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  16 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2

Coca Cola Superligasi. AGMK Jizzaxda g'alaba qozondi. "So'g'diyona"ning g'alabasiz seriyasi davom etadi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. AGMK Jizzaxda g'alaba qozondi. "So'g'diyona"ning g'alabasiz seriyasi davom etadi

Coca Cola Superligasi 20-turidan o'rin olgan bahsi bo'lib o'tdi.

Coca Cola Superligasi. 20-tur

30 sentyabr, juma

"So'g'diyona" – AGMK 0:2 (TUGADI)

Jizzax. "So'g'diyona" SM. 18:30

Hakamlar: Akobir SHukurullaev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Damir Iskanderov, Komiljon Rasulov

VAR hakami: Ilya Ilin

AVAR hakami:  Aleksandr Sidorov

Nazoratchi: Rashid Aytikov

Komissar: Sardor Qudratullaev

Gol: Martin Boake (SHohruh Gadoev) 18, 0:1, Xurshid G'iyosov 81, 0:2

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 5.Ayubxon No'monov (9.SHavkat Salomov, 73), 10.SHohruz Norxonov (28.Samandarjon Mavlonqulov, 65), 11.Jasur Hasanov, 19.Javohir Qahramonov,  21.Abdujalil Manazarov, 26.Vitaliy Denisov, 31.Luka CHermel, 44.Yuriy Obshivac (12.Xislat Xalilov,  46), 93.Marko Kolakovich

Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 3.Dian Talxatov,  17.Husniddin G'ofurov, 20.Bahodir Nasimov, 32.Nodirjon Soyibov

AGMK: 1.Botirali Ergashev, 7.Dilshod Ahmadaliev (13.Eldor Begimov, 90+4), 3.Sardor Rahmonov, 16.Artyom Filiposyan, 2.Akrom Komilov, 15.Giorgi Papava ( 8.Abdulla Abdullaev, 89), 4.Mirjamol Qosimov (17.Sanjar Tursunov,90+2) (s), 88.Ciyavash Haqnazariy (63.Alisher Jalilov, 90+2), 22.SHohruh Gadoev, 10.Xurshid G'iyosov, 27.Martin Boake ( 99.Mirjahon Mirahmadov, 90+2), 

Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 5.Anzur Ismoilov, 9.Dan Spataru,  19.Muhammadanas Hasanov, 

Ogohlantirish: Artyom Filiposyan  (AGMK) 58, SHavkat Salomov 77, Abdujalil Manazarov ("So'g'diyona") 90


YANGILASH 



Uchrashuv yakunlandi 

90+4. O'ZGARISH. AGMK, Dilshodbek Ahmadaliev o'rniga Eldor Begimov tushdi. 

90+2. O'ZGARISH. AGMK, Mirjamol Qosimov o'rniga Sanjar Tursunov, Martin Boake o'rniga Mirjahon Mirahmadov, Siyavvash Haqnazariy o'rniga Alisher Jalilov tushdi. 

90. OGOHLANTIRISH. Abdujalil Manazarov 

90. Ikkinchi bo'limga 5 daqiqa qo'shib berildi. 

89. O'ZGARISH. AGMK, Giorgi Papava o'rniga Abdulla Abdullaev tushdi. 

84. "So'g'diyona"ning Superligadagi g'alabasiz seriyasi 5ta o'yinga etmoqda. 

83. Mirjalol Qosimov AGMK murabbiyi sifatida ilk bor Jizzaxda g'alaba qozonmoqda. 

81. GOOOOOOOOOOOL. Xurshid G'iyosov 11 metrlik nuqtadan zarbani xatosiz amalga oshirdi. 

80. PENALTIII. Xurshid G'iyosov to'p yonida. 

79. Bosh hakam VAR monitori oldiga keldi. 

79. Vitaliy Denisov AGMK futbolchisiga nisbatan jarima maydonchasi ichida qo'pollik ishlatdi. 

77. OGOHLANTIRISH. "So'g'diyona", SHavkat Salomov

73. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Ayubxon No'monov o'rniga SHavkat Salomov tushdi. 

65. O'ZGARISH. "SO'g'diyona", SHohruz Norxonov o'rniga Samandar Mavlonqulov tushdi. 

59. ZARBAAAAAAAA. YO'Q. Botirali Ergashev penaltini qaytardi. 

58. Penalti o'z kuchida qoldi. 

58. Bosh hakam VAR bilan gaplashmoqda. 

58. OGOHLANTIRISH. Artyom Filiposyan

57. PENALTIIIIII. AGMK darvozasi tomon penalti belgilandi. 

46. O'ZGARISH. "So'g'diyona", Yuriy Obshivac o'rniga Hislat Halilov tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus!

45. Jasur Hasanovning zarbasi noaniq ketdi. 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

41. ZARBAAAAAAA. Javohir Qahramonovning zarbasini Botirali Ergashev qaytardi. Mezbonlarning hujumlari ancha keskinlashdi. 

35. Maydon egalari hisobni tenglashtirish uchun hujumlarni ko'paytirdi. Biroq vaziyatlardan foydalanishda AGMK himoyachilari yo'l qo'ymadi. 

29. ZARBAA. "SO'g'diyona" futbolchisi Abdujalil Manazarovning zarbasi noaniq ketdi. 

22. Botirali Ergashev AGMKni muqarrar goldan qutqarib qoldi. "So'g'diyona" hisobni tenglashtirishga yaqin keldi. Zarba muallifi Ayubxon No'monov. 

18. GOL VIDEOSI. 

18. GOOOOOOOOOOOOOL. SHohruh Gadoev qanotdan yorib kirib, himoyachilar qarshiligini engib to'pni maydon markaziga uzatdi. Vaziyatga tezda etib kelgan Martin Boake darvozani ishg'ol qildi. U birinchi davrada ham "So'g'diyona"ga gol urgan edi. 

17. O'zaro o'yinlarga nazar tashlaydigan bo'lsak, jamoalar shu kungacha Jizzaxda Superliga doirasida 13 bor to'qnash kelishgan. Uydagi uchrashuvlarda mutloq ustunlik "So'g'diyona" tomonida. 7ta g'alaba, AGMK o'z tarixida faqat bir marotaba ortga g'alaba bilan qaytishga muvaffaq bo'lgan. 5ta o'yinda tomonlar murosa ko'chasini tanlashgan.

14. Qosimovning zarbasi mezbonlar himoyachisiga tegib maydonni tark etdi. 

9. ZARBAAAAAA. Jasur Hasanov to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi. Botirali Ergashev to'pni qaytardi, qaytgan to'pni Norxonov darvozaga aniq yo'llay olmadi. 

4. ZARBAAAAAA. Jasur Hasanovning o'tkir burchak ostida bergan zarbasini AGMK posboni qaytardi. 

- Uchrashuv boshlandi. 

Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика