So’nggi yangiliklar

10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  14 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  4 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  2 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  7 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  3 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0 01:32Бундеслига. "Бавария" меҳмонда "Айнтрахт"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  0 00:32Рўзиқул Бердиев: "Рақибга ҳеч қандай босим ўтказмадик"  7

Coca Cola Superligasi. Autsayderlar bahsida "Qizilqum" "Buxoro"ni kichik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Autsayderlar bahsida "Qizilqum" "Buxoro"ni kichik hisobda mag'lub etdi

Teglar :  Buxoro Qizilqum
Coca Cola Superligasining 10-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "Buxoro" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


YANGILASH


QIZILQUM – BUXORO 1:0 

Gol: Ibragim Gbadamosi 49 (pen.)
18 avgust. Toshkent. "Jar" stadioni. 17:00 (Sport TV)
Hakamlar
: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Aleksandr Davidenko

 "Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Vladislav Kasminin, 7.Oybek Qilichev, 6. Erkin Baydullaev, 10.Alisher Sanoev, 18. Jasur Azimov (77.Sunnatilla Abdullajonov 73) , 21.Muhsin Ubaydullaev, 23.SHerali Jo'raev, 44. Ibragim Gbadamosi (17.Salim Mustafoev 83), 75.Oleg Tolmasov, 99.Doston Ibragimov (11.Qadamboy Nurmetov 31).
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4. Mirjalol Qosimov, 14.Fayzullo Qambarov, 15.Vohid SHodiev, 20. Xurshidjon Olimov, 32.Ilhomjon Kenjaev.

"Buxoro": 91.Zafar Safaev, 4.Mirjalol Jumaev, 5.Bobir Amanov, 8.Anvar Jo'raev, 9.Jasur Hakimov (29.SHahzod Beshimov 75), 11.Zohir Pirimov (77.Izzatilla Abdullaev 70), 16.Jasur Hasanov, 19.Bekzod Saidov (7.Suhrob Nematov 61), 28.Ergash Ismoilov, 40.Aziz Amonov (17.Behruz Sadulloev 70), 98.Solibek Karimov.
Zaxira: 20.Sardor Qobuljonov, 25. SHohjahon Nasimov, 26.Abror Xosinov.


Qizilqum

Ibrohim Tomiva - 49'

Superliga. 10-tur

18/08/2020, 17:00

0
:
1
Tugadi

Buxoro

45'
90'
31'  Doston Ibragimov (Qadamboy Nurmetov)
49'  Ibrohim Tomiva
73'  Jasur Azimov (Sunnatilla Abdullazhonov)
83'  Ibrohim Tomiva (Salim Mustafoyev)
61'  Bekzod Sayidov (Suhrob Ne’matov)
70'  Zohir Pirimov (Izzat Abdullaev)
70'  Azizbek Amonov (Behruz Sadilloyev)
75'  Jasur Hakimov (SHahzod Beshimov)

90+5. UCHRASHUV YAKUNLANDI! Autsayderlarning zerikarli o'yinida "Qizilqum" g'alaba qozondi.

90+1. Abdullaevning bergan zarbasi xavfli ko'rinish oldi. Ammo noaniq. 

90. Ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 5 daqiqa vaqt qo'shib berildi. 

89. Yana bir to'xtalish. Bu safar SHerali Jo'raev maydonda yotibdi. 

86. SHerali Jo'raev hujumda o'yin qoidasini buzdi. 

83. Ibragim Tomiva o'rniga Salim Mustafoev maydonga tushirildi.

81. Xavfli vaziyattt! "Qizilqum" ajoyib hujum uyushtirgandi. Ammo Abdullajonovning bergan zarbasini raqib darvozaboni bartaraf etdi. 

75. "Buxoro" safida Jasurbek Hakimov o'rniga SHahzod Beshimov uchrashuvni davom ettiradi

73. "Qizilqum"da o'zgarish. Jasur Azimov o'rniga Sunnatilla Abdullajonov o'yinni davom ettiradi. 

70. "Buxoro"da ikkita o'zgarish. Zohir Pirimov o'rniga Izzatilla Abdullaev, Aziz Amonov o'rniga esa Behruz Sadilloev o'yinni davom ettiradi. 

67. "Buxoro" futbolchilarining navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. 

61. Bekzod Saidov o'rniga Suhrob Nematov maydonga tushdi.

60. "Buxoro"ning navbatdagi hujumi samarasiz yakunlandi. 

58. Oybek Qilichevning bergan zarbasi juda kuchsiz va noaniq chiqdi. 

53. Endi buxoroliklar oldinga o'tishmoqda.

49. GOOOL! Ibragim Gbadamosi penaltini aniq amalga oshirdi va hisobni ochdi!

47. "Qizilqum" futbolchilarining hujumidan so'ng penalti belgilandi! Bu vaziyatda navoiyliklar futbolchisi Ibragimga nisbatan qo'pollik ishlatilgandi.

Ikkinchi bo'lim boshlandi!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+3. Xavfli zarbaa! Jasur Hasanov jarima to'pidan zarba bergandi. Ammo to'p darvoza to'siniga tegib maydondan chiqib ketdi.

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun uch daqiqa qo'shib berdi. 

44. Aynan 44-daqiqaga kelib "Buxoro" futbolchisi darvoza tomon zarba berdi. Lekin shu ham juda-juda noaniq. 

42. Birinchi bo'limda jamoalar tayinli hujum uyushtirishmadi. Zerikarli o'yin.

37. "Qizilqum" futbolchisining jarima orqali boshlamoqchi bo'lgan hujumi samarasiz yakunlandi.

31. Ibragimov maydonni zambilda tark etdi. Uning o'rniga uchrashuvni Qadamboy Nurmetov davom ettiradi. 

31. Doston Ibragimovning oyog'i qayrilib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

29. "Buxoro" futbolchilari hujum qilishdi. Lekin Nesterov oldinga chiqib, xavfni bartaraf etdi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


27. Bu orada jamoalar bitta-bitta hujum uyushtirib olishdi. 

23. Uchrashuv davom etadi

21. Jamoalar tomoqlarini xo'llab olishmoqda. Kichik tanaffus elon qilindi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


16. Zohir Pirimov o'yindan tashqari holatda turgan vaziyatda raqib darvozasini ishg'ol qildi. U gol kiritgunicha yon hakam bayroqchasini ko'tarib ulgurgandi. Davom etamiz.

14. Hozircha maydonda teng kurashlar.

10. Navoiyliklar burchak zarbasini bartaraf etib, tezkor qarshi hujumga o'tishdi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)

9. "Buxoro" oldinga o'tmoqda. Biroq hujum burchak zarbasi bilan yakunlandi. 

5. "Qizilqum" hujum uyushtirdi. Ammo jamoa futbolchisi o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

1. Uchrashuv boshlandi!

-Jamoalar PFL madhiyasi sadolari ostida maydonga chiqib kelishmoqda.

-Assalomu alaykum Hurmatli futbol ishqibozlari. Superliga doirasida "Qizilqum" hamda "Buxoro" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv start olmoqda.



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика