So’nggi yangiliklar

02:43Лига 1. "Лион" ва ПСЖ ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди, Хакимидан дубль  1 02:39А Серия. Влаховичнинг голи меҳмонда "Ювентус"га ғалаба тақдим этди  0 00:53Киммих "Бавария"да қолишга яқин  0 00:24Абдуқодир Ҳусанов бугунги ўйинда қандай статистика қайд этди?  3 00:15АПЛ. "Манчестер Сити" "Ливерпуль"га мағлуб бўлди, Ҳусанов ўйинда тўлиқ ҳаракат қилди  1 23:35Бундеслига. "Бавария" ўз уйида "Айнтрахт"га жавобсиз 4та гол урди, мюнхенликлар энг яқин таъқибчиларидан 8 очко илгарилаб кетишди  2 23:29БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" кутилмаганда "Шаржа"дан устун келди, "Ал Ваҳда"дан йирик ғалаба  0 23:24АПЛ. "Манчестер Сити" ўз майдонида "Ливерпуль"га ютқазди. Ҳусанов ҳимоячилар орасида энг катта балл олди  181 23:00U-20 Осиё кубоги. Ўзбекистон ўз юришини чорак финалда тўхтатди  11 22:32"Челси" Ла Лигадаги ҳимоячи билан шартнома имзоламоқчи  1 22:10Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Жирона"ни мағлуб этиб, очколар бўйича "Барса"га етиб олди, 39 ёшли Модрич ўйинда ҳисобни очди  64 21:56Гризманн ўзининг "Атлетико"даги келажагини белгилаб олди  0 21:08Сон Хён Мин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин?!  5 20:01Тибо Куртуа Тедесконинг истеъфосидан сўнг Бельгия терма жамоасига қайтишни хоҳламоқда  7 19:39"Манчестер Юнайтед" ёзда "Барселона" футболчиси билан шартнома имзолашга уриниб кўради  8

Paxtakor Metallurgni qiyinchilik bilan mag'lub etib, turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi Yangiliklar

Paxtakor Metallurgni qiyinchilik bilan mag'lub etib, turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi

Coca Cola Superligasi 18-turidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.


"Paxtakor" – "Metallurg" 2:1 
Gol: 24 - Zabihillo O'rinboev, 34 - Pshemislav Banashak (Hojiakbar Alijonov), 56 - Abbos Fayzullaev (Hojiakbar Alijonov)
9 sentyabr 2022 yil. Toshkent, “Paxtakor” Markaziy stadioni. 19:30
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Olim Abduvosilov, Olim To'ychiboev
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Abbosxon Ahrorov

"Paxtakor": 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turg'unboev ( 63.Muhammadali O'rinboev, 68), 10.Dragan CHeran (28.Diyor Xolmatov, 83), 13.Iliya Martinovich, 17.Dostonbek Hamdamov (Abbos Fayzullaev, 46), 19.Pshemislav Banashak (46.SHahriyor Jabborov,90+2), 27.Sardor Sobirxo'jaev, 34.Farruh Sayfiev, 88.SHahzod Azmiddinov.
Zaxira: 33.Eldorbek Suyunov, 23.SHerzod Azamov, Behzod Nematov, Muhammadali Mansurov, 77.Dostonbek Tursunov.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 4.Kerim Palich, 9.Zabihillo O'rinboevn (19.Ergash Ismoilov, 63), 10.Bektemir Abdumannonov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev (7.Boburbek Farxodov, 63), 18.Anvar G'ofurov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 30.Ibrohim Ibragimov, 80.Farrux Ibrohimov, 97.Muhammadali Aliqulov.
Zaxira: 87.Akmal Ortiqov, 6.Xudoyshukur Sattorov, 16.Jasur Xolto'raev,  20.Daler SHaripov, 28.Nosirjon Abdusalomov, 90.Jasur Ashurov, 94.Farhod Bekmurodov

Ogohlantirish: 32 - Kerim Palich, 41 - Odiljon Hamrobekov, 58 - Aleksandr Lobanov, 62 - Farhod Bekmurodov, 88 - SHahzod Azmiddinov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! «Paxtakor» «Metallurg»ni qiyinchilik bilan mag'lub etib, turnir jadvalining birinchi pog'onasiga ko'tarilib oldi

90+2. O'zgarish: Banashakning o'rniga Jabborov maydonga tushdi

90+1. Boburbek Farxodov so'nggi daqiqalarda yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq bekobodliklar hujumchisining boshi bilan bergan zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi

Hakam ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi

88. Ogohlantirish: Azmiddinov ogohlantirildi 

87. «Paxtakor»ning beshta o'yinchisi «Metallurg»ning ikkita himoyachisiga qarshi qolgandi, biroq «SHerlar» yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi

83. O'zgarish: CHeraning o'rniga Xolmatov maydonga tushdi

81. Alijonovni bugun hech kim hech qanaqasiga to'xtata olmayati. Bu safargi uzatmasiga Banashak etib kela olmadi

75. Fayzullaev o'yinga ajoyib tarzda qo'shilib ketdi. Uning ajoyib uzatmasidan so'ng O'rinboev zarba yo'lladi, biroq zarbaga aniqlik etishmadi

72. CHeran Fayzullaevni juda qulay vaziyatga chiqarib yubordi, biroq Abbosning zarbasiga aniqlik etishmadi

68. O'zgarish: Turg'unboevning o'rniga O'rinboev maydonga tushdi

63. O'zgarish: Farxodov  va Ismoilov maydonga tushdi. Ular O'rinboev va Toshqo'zievni alishtirishdi

62. Ogohlantirish: Farhod Bekmurodov ogohlantirildi

58. Ogohlantirish: Lobanov ogohlantirildi

62. QUVVATOOOOOV! Urinboev va G'ofurbekovning juda kuchli zarbalarini darvozabon qaytarmoqda

56. GOOOOOOOOOL. Fayzullaev hisobni o'zgartirmoqda  

46. O'zgarish: Doston Hamdamov o'rniga Abbosbek Fayzullaev maydonga tushdi

Ikkinchi bo'lim boshlandi

Birinchi bo'lim yakunlandi. Jamoalar dastlabki 45 daqiqalikni ajoyib tarzda o'tkazishdi. Har ikki jamoa ham o'z omadini hujumdan qidirmoqda.  

Hakam birinchi bo'limga bir daqiqa qo'shib berdi 

45. Alijonovdan navbatdagi ajoyib uzatma, biroq bu safar Banashakning zarbasiga aniqlik etishmadi

41. Ogohlantirish: Odil Xamrobekov ogohlantirildi

39. QANDAY QILIB!!!! Dragan boshi bilan bo'sh darvozaning to'sini poyladi, qaytgan to'pga yana Dragan zarba berdi, bu safar Lobanovdan ajoyib seyv

34. GOOOOOOOOL. Alijonovdan ajoyib uzatma, uzatmani esa Banashak golga aylantirmoqda

32. Ogohlantirish: Palich hakam tomonidan ogohlantirildi

30. Hamdamovnin zarbasini darvozabon bartaraf etdi. SHundan so'ng mehmonlar tezkor qarshi hujumga o'tib ketishdi. Bektemir Abdumannonovning zarbasini darvozabon burchakka chiqarib yubordi

27. Sardor Sobirxo'jaevning zarbasini darvozabon ushlab oldi

26. Bektemir Abdumannonovning ajoyib zarbasini darvozabon ushlab oldi

24. GOOOOOOOOOL. Zabihillo O'rinboev hisobni ochdi

23. PENALTI. Hakam Quvvatov Urunboevni yiqitdi deb hisobladi.

21. Zabixillo O'rinboevni Sanjar Quvvatov ushlab oldi

19. Mezbonlar jarima zarbasini amalga oshirishdi. Lobanovdan qaytgan to'pni Banashak deyarli bo'sh darvozaga kirita olishmadi.

16. Turg'unboev va Sayfiev qanotda yaxshi harakat qilishdi va Azizbekdan kuchli zarba. Lobanovdan esa seyv

15. Bektemir Abdumannonovning zarbasini darvozabon ushlab oldi. Uchrashuvdagi ilk aniq zarba

14. Banashak yaxshi imkoniyatga ega bo'ldi, biroq Lobanov undan qachonroq harakat qildi va to'pni egallab oldi

6. Metallurgning xavfli qarshi hujumi. Abdumannonov oshirgan to'pni Iliya Martinovich qiyinchilik bilan maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

4. «Paxtakor» burchak zarbasini amalga oshirdi, biroq mehmonlar himoyachilari qiyinchiliksiz to'pni chiqarib yuborishdi


UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi.

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика