So’nggi yangiliklar

23:11Баҳром Ҳайдаров: "Футболчилар мураббийсиз ҳам ғалаба қозонса бўлади"  1 22:59Камолиддин Тожиев: "Фақат Сергеевга боғланиб қолмаганмиз"  1 22:36Вадим Абрамов: "Чемпионлик? Бу ҳақида сентябрь-октябрь ойларида гаплашамиз"  4 22:02Суперлига. "Динамо" 10 киши бўлиб Қўқонда ғалабага эришди  18 22:01Суперлига. "Пахтакор" сўнгги дақиқаларда "Насаф" дарвозасига иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолди  157 20:15"Эвертон" 16 йиллик футболчиси билан шартномани узайтирди  0 19:4438 ёшли Жиру Францияга қайтади  3 19:18Рубен Невеш: "Манчестер Сити"га қарши жипс бўлиб ўйнашимиз шарт"  1 18:28Ван Нистелрой "Лестер" бош мураббийлигидан кетди  0 18:00Қаршидаги "Марказий" стадиони "Насаф" – "Пахтакор" тўқнашувига тайёр!  11 17:31ПСЖ "Лион"га ёрдам қўлини чўзди  2 17:05Юрак хасталиги ортда қолди: Бове майдонга қайтади!  0 16:37"Арсенал" янги трансфер бўйича "Валенсия" билан келишувга яқин  2 16:11Ўзбекистон U-16 терма жамоасининг Хитой йиғинига йўл оладиган таркиби маълум  7 15:44"Барселона" Ямалга 10-рақамни беришга қарор қилди  7

Coca Cola Superligasi. Oltinchi turning eng yaxshilari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Oltinchi turning eng yaxshilari

Odatimizga ko'ra yakunlangan turning eng yaxshilarini elon qilamiz.

Tur darvozaboni - Zafar Safaev ("Buxoro")

"Buxoro" klubi mavsumni uchta mag'lubiyat bilan boshlagandi. Karantin boshlanishidan avval klub legionerlari o'z yurtlariga jo'nab ketishgandi. Bosh murabbiy Muhsin Muhammadiev ham Rossiyadan qaytib kelib, 14 kunlik karantindan keyin faqat 6-turda jamoani o'yinga boshlab tusha oldi. "Buxoro" Qarshida "Nasaf"ga etarli qarshilik ko'rsata oldi. "Ajdarlar" o'yin davomida juda ko'plab zarba berishdi, bu zarbalar yo'liga buxoroliklar posboni Zafar Safaev to'g'anoq bo'ldi va "Buxoro" bu mavsum safardagi ilk ochkosini qo'lga kiritdi. Safaev ikkinchi bor tur darvozaboni sifatida etirof etildi.

Tur goli - Farhod Bekmurotov ("Andijon")

Ko'pchilik bu turda "Andijon" Jizzaxda mag'lubiyatga uchrab qaytishini taxmin qilgani bor gap. Sababi "So'g'diyona" restartdan keyin "Paxtakor" va "Lokomotiv"ni mag'lub etgandi. SHu bois Baqoev jamoasi bu o'yinda so'zsiz favorit edi. Barchasi "So'g'diyona"ning g'alabasi bilan tugashiga hech kim monelik qila olmaydigandek edi. Biroq 90-daqiqada "burgutlar" sardori Farhod Bekmurotovning chamasi 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasi supergolga aylandi. Ushbu golni tur goli deb etirof etdik. Bu turda Selim Nurmuradov ("Bunyodkor"), Suhrob Berdiev ("Qo'qon-1912") va Azizbek Turg'unboev ("Navbahor") kabi futbolchilar ham chiroyli gollar urishganini takidlash lozim.

Tur futbolchisi - Azizbek Turg'unboev ("Navbahor")

Namanganning "Navbahor" klubi 6-turda Bekobodda "Metallurg"ni mag'lubiyatga uchratdi. SHipilov boshchiligidagi jamoa restartni ikkita ketma-ket g'alaba bilan boshlagandi. "Lochinlar" "Metallurg"ning mana shu yurishiga chek qo'yishdi. Bunda jamoa etakchisi Azizbek Turg'unboevning hissasi katta bo'ldi. Futbolchi birinchi taymning o'zida ikki bor Aleksandr Lobanov qo'riqlayotgan darvozani ishg'ol qilib dubl muallifiga aylandi. Turg'unboev 2017 yildan buyon ilk bor O'zbekiston chempionatida dubl qayd etdi.


Tur murabbiyi - Andrey Kanchelskis ("Navbahor")

Yuqorida aytganimizdek "Navbahor" bu turda Bekobodda "Metallurg"ni mag'lub etib qaytdi. Joriy mavsum "lochinlar" safarda umuman g'alaba qozona olishmagan edi. Andrey Kanchelskis boshchiligidagi jamoa "Metallurg"ni Bekobodda mag'lub eta oldi. Rossiyalik murabbiy saytimiz tomonidan haqli ravishda tur murabbiyi deb tan olindi.

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика