Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" Namanganda g'alaba qozondi
15 sen 2019 20:23
Yangiliklar


Coca Cola Superligasi. "Paxtakor" Namanganda g'alaba qozondi
O'zbekiston chempionatiga asos solinganidan buyon unda uzluksiz ishtirok etib kelayotgan ikkita klub o'rtasidagi bahs ko'plab futbol muxlislari qiziqishlariga sabab bo'ldi. Buni uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislar sonidan ham bilish qiyin emas, jami 17500 nafardan ziyod muxlis bugungi uchrashuvga tashrif buyurdi, stadiondagi muhit alo darajada edi.
Uchrashuvdan oldin estrada sanatkorlari ishtirokida kuy-qo'shiqlar, musiqali chiqishlar namoyish etildi.
Bellashuv ilk daqiqalardanoq shiddatli ruhda boshlandi. O'yin boshlandi. Birinchi bo'limning 10-daqiqadayoq mezbonlarda uchrashuvda hisobni ochish uchun qulay imkoniyat yuzaga keldi. Biroq bu vaziyatda "Navbahor"ning legioner futbolchisi Ivan Solovyovning zarbasidan so'ng to'pni mehmonlar posboni Eldorbek Suyunov qaytarishga erishdi. SHundan so'ng "Paxtakor" vakillari qarshi hujumga o'tishdi. Dostonbek Hamdamovning ajoyib uzatmasidan so'ng Marat Bikmaev birga-bir vaziyatga chiqib borib zarba yo'lladi, uning zarbasini mezbonlar posboni O'tkir Yusupov yuzi bilan to'pni qaytardi.
Uchrashuvning 25-daqiqasida "Paxtakor" vakillari o'z jarima maydonchalariga yaqin bo'lgan nuqtada mezbonlar futbolchisi Ivan Solovyovga nisbatan o'yin qoidasini buzishdi va uchrashuv bosh hakami jarima zarbasi belgiladi. Jarima zarbasini "Navbahor"ning 10-raqamli futbolchisi Azizbek Turg'unboev ijro etdi, uning zarbasini "Paxtakor" himoyachilari qaytarib qoldilar. Birinchi bo'lim 27-daqiqasiga kelib uchrashuvda hisob ochildi. "Navbahor"ning 66-raqamli futbolchisi Ilxom Alijonovning o'z jarima maydoni yaqinida yo'l qo'ygan xatosidan so'ng Dostonbek Hamdamov aniq zarba yo'llab, mezbonlar darvozasini ishg'ol qildi- 0:1. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng mezbonlar hujumkorlikni oshirdilar, biroq aksariyat hujumlar "Paxtakor" himoyachilari tomonidan bartaraf etildi.
Birinchi bo'limning 40-daqiqasida mehmonlar vakili Jaloliddin Masharipovning "Navbahor" darvozasi tomon yo'llagan zarbasi bir oz noaniq bo'ldi. SHu tariqa uchrashuvning birinchi bo'limi mehmonlarning hisobidagi g'alaba bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo'lim kutilganidek keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi.55-daqiqada "Paxtakor" vakillari tomonidan tashkil etilgan hujum xavfli chiqdi, bu vaziyatda mezbonlar posboni O'tkir Yusupov to'pni egallab oldi. "Navbahor" jamoasi azolari ikkinchi bo'limda hisobni tenglashtirishga astoydil harakat qilgan bo'lsalarda, biroq mehmonlar himoyani mustahkamlagan holda tashkil etilgan hujumlarni qaytarib qolishdi.
Uchrashuvning 85-daqiqasida yana Dostonbek Hamdamovda mezbonlar darvozasini ishg'ol etish uchun imkoniyat yuzaga kelgandi. Igor Sergeevdan to'pni qabul qilib olgan Hamdamovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasini mezbonlar himoyachisi qaytarishga erishdi. Bellashuvning 89-daqiqasida hisob tenglashishi hisob tenglashishi mumkin edi. Bu vaziyatda mezbonlarning legioner futbolchisi Ivan Solovevning kuchli zarbasi darvoza to'siniga tegib qaytdi.
Uchrashuv shu tariqa "Paxtakor" jamoasining kichik 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakuniga etdi.
Alohida takidlab o'tish o'rinli bo'lardiki, bugungi uchrashuvda "Navbahor" jamoasi himoyasida kamchiliklar bor ekanligi yaqqol ko'rinib qoldi.
SHu o'rinda bugungi uchrashuvni Namangan shahridagi "Markaziy" o'yingohdan turib yoritib borgan saytimiz vakillariga yaratib berilgan sharoit uchun "Navbahor" matbuot xizmatiga minnatdorchilik bildiramiz.
“Navbahor” – “Paxtakor” 0:1
15 sentyabr 2019 yil. Namangan, "Markaziy" stadioni. 17530 tomoshabin.
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Husniddin SHodmonov, SHavkat Rahmatov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Baxtiyor Mametov
Gol:
"Navbahor": O'tkir Yusupov, Mirzohid G'ofurov, Jahongir Mehmonov, Igor Golban, SHahzod SHaymanov, Amirbek Jo'raboev, Ilhom Alijonov (Azimjon Ahmedov, 80), Aziz Ibragimov (Abdulhay Ismoilov, 46), Azizbek Turg'unboev, Ivan Solovyov, Aleksandr Kasyan (SHerzod Hakimov, 76)
Zaxira: Dilshod Hamroev, Xojiakbar Yunusov, Komiljon Tojiddinov, G'iyos Komilov, Ayubxon No'monov, Nodir Mavlonov
"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Xojiakbar Alijonov, SHerzod Azamov, Egor Krimec (s), Farruh Sayfiev, Odiljon Hamrobekov, Sardor Sobirxo'jaev (Husniddin G'ofurov, 84), Dostonbek Hamdamov (Bobur Asqarov, 90+5), Dragan CHeran, Jaloliddin Masharipov, Marat Bikmaev (Vladimir Kozak, 77).
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Alisher Salimov, Igor Sergeev, Humoyunmirzo Iminov, SHohruh Mahmudhojiev.
Ogohlantirishlar: Xojiakbar Alijonov 28, Ivan Solovyov 29, Amirbek Jo'raboev 32, Mirzohid G'ofurov 37, Sardor Sobirxo'jaev 44, Abdulhay Ismoilov 81, Husniddin G'ofurov 90+4.
Navbahor |
Superliga. 19-tur 15/09/2019, 18:30 1
:
0
Tugadi
|
Paxtakor Dostonbek Hamdamov - 27' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar