So’nggi yangiliklar

16:05Олег Зотеев: "Иложи борича тезроқ қайтиб, "Андижон"га ёрдам беришга ҳаракат қиламан"  1 15:40Маркиньос биринчи марта EЧЛда ғолиб чиқди ва элит рўйхатдан жой олди. Унда атиги 15 футболчи бор.  0 15:15Қосимовдан Денисовгача: Россияда зафар қучган ўзбекистонлик футболчилар қаторига Файзуллаев ҳам қўшилди  3 14:34БАА кундалиги: Шаржада "йўқотилган" вақт  5 14:22Расман: "Андижон" икки легионер билан шартномани бекор қилди  9 14:00ПСЖ Чемпионлар лигаси бир мавсумида 148,4 миллион ишлаб топди. Нега бунча кўп?   2 13:23"Насаф" ўз футболчиси билан хайрлашганини эълон қилди  8 13:13"Крус Асул" - КОНКАКАФ Чемпионлар кубоги ғолиби  2 12:44Танаффусдаги тараддуд. "Шўртан" назорат учрашувида ғалаба қозонди  0 12:20Искандар Шойқулов: "Кўп очко йўқотдик. Умид қиламанки, тез орада ҳаммаси жойига тушади"  3 11:55Жалолиддин Машарипов: "Ҳаддан ташқари ортиқча мотивация ўйинга халақит бериши мумкин"  16 11:30Ҳамдан ибн Муборак БАА олдига Ўзбекистонга муносиб қаршилик кўрсатиш талабини қўйди  16 11:15Ўзбекистон миллий терма жамоаси кўтаринки кайфиятда БАА билан ўйинга тайёрланмоқда  6 10:50"Барселона" "Арсенал" футболчиси билан музокараларни бошлади  6 10:22ПСЖ яна бир талант учун курашга қўшилди  4

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" so'nggi soniyalarda g'alabani ilib ketdi

Coca Cola Superligasi 8-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH 


O'yin yakunlandi. "Nasaf" irodali g'alabaga erishdi.

90+4. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Akmal Mozgovoy raqib darvozasini ishg'ol etdi. 1:0!  

Ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. ZARBAAAAAAA! Marko Stanoevichning zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

86. "Metallarg"da o'zgarish: Evgeniy CHumak o'rniga Muhammad Isaev o'yinni davom ettiradi. 

85. "Nasaf"da so'nggi o'zgarish: Bobir Abdiholiqov o'rniga Javohir Esonqulov tushirildi. 

85. "Nasaf" o'ng qanotdan hujumga o'tdi. Norchaevning zarbasini Lobanov ushlab oldi. 

80. "Nasaf" tarkibida o'zgarishlar: Muhitdinov va Kenjaboev o'rniga Xo'jamberdiev va Norchaev tushishdi. 

79. Jarima madonchasi ichiga uzatilgan to'p "Metallurg" himoyachisining qo'liga tekkandek tuyuldi. 

78. O'yin teng kurashlar ostida kechmoqda, durang adolatlidek, lekin hali o'yin tugashiga 20 daqiqadan ko'p vaqt bor. 

75. Mezbonlarning faol hujumi Otaxonov va Aliqulov to'qnashuvi bilan yakun topdi.  

71. "Metallurg"da o'zgarish qilindi: SHahzod Ubaylullaev o'rniga Murodbek Bobojonov o'yinga qo'shildi. 

69. "Nasaf"da bira to'la 2 ta o'zgarish: Rahmatullvev o'rniga Mozgovoy, G'aybullaev o'rniga Mannonov maydonga tushdi. 

69. Maydondagi tortishuv uchun Kenjaboev va Tojievga sariq berildi. 

66. Kenjaboev hujumda qo'pollik ishlatdi. Lobanov to'pni oldinga tepib beradi. 

64. Uxx! CHumakdan kuchli, lekin noaniq zarba. 

63. Bahs qizg'in kurashlarga boy tarzda davom etmoqda. 

59. "Metallurg"da dastlabki o'zgarish: Abdurahmon Abdulhaqov o'rniga Abror Toshqo'ziev tushirildi.  

58. Abdurahmon Abdulhaqovga qo'pol o'yini uchun sariq ko'rsatildi. 

57. Andreevning chap qanotdan uzatgan pasini Qutiboev jarima madoni ichkarisida oldirib qo'ydi. 

56. O'ng qanotdan "Nasaf" futbolchisi amalga oshirgan uzatma kuchli ko'rinish oldi va maydonni tark etdi.  

52. ZARBA! Nasrullaevning ajoyib uzatmasidan keyin Rahmatullaev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo aniqlik etishmadi.

48. "Nasaf" ustunlikni o'z qo'liga olishga harakat qilmoqda. 

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

Birinchi bo'lim tugadi. Hisob esa hamon - 0:0. Tanaffus! 

45+2. Rahmatullaevning tushunarsiz uzatmasini jamoadoshlari ham tushunmadi.

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi. 

45. UXXXXX! "Nasaf" jarima zarbasini amalga oshirdi va raqibga bosim qilishga urindi. 

43. Stanoevichning uzatmasini Abdiholiqov tushunmay qoldi. 

40. ZARBA! Stanoevichning zarbasi "rikoshet" orqali Lobanovga etib keldi, darvozaobn qiyinchilikka uchramadi.  

38. ZARBA! Muhitdinovning zarbasi xavfli chiqdi, biroq noaniq. 

36. Stanoevichning zarbasi "rikoshet" orqali xavsiz zarbaga aylandi. CHumak maydonda ytibdi, tkroriy lavha ko'rsatdiki, Muhitdinov unga nisbatan qo'pollik ishlatgan. 

32. ZARBA! Kenjaboevning zarbasidan keyin Lobanov to'pni ushlab oldi. 

31. "Nasaf" qarshi hujumga o'tdi. Islom Kenjaboev o'ziga xos reydi bilan ichkariga kirib bordi, biroq tajribali Ismatullaev "podkat" orqali to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi. 

30. ZARBA! Ismatullaevning uzoqdan yo'llagan zarbasini Muhammadjonov qiyinchilik bilan bo'lsa-da, qaytara oldi. 

27. Uxxxx! Husniddin Aliqulovning o'ng qanotdan ichkariga uzatgan to'pi ajoyib chiqdi, ammo to'p hech kimga tegmasdan maydonni tark etdi. 

27. CHap qanotda Oybek Bozorov yiqitildi, jarima zarbasi o'yinga kiritildi. 

26. O'yin davom etadi. Himoyachilarning pasini Lobanov oldinga tepib yubordi. 

24. Kichik tanaffus elon qilindi. O'yinchilar suv ichib olishlari mumkin. 

22. ZARBAAAAA! SHarof Muhitdinovning kuchli zarbasini Lobanov qaytara oldi. 

18. Marko Stanovechining uzatmasini Lobanov ushlab oldi. 

15. Bahs davom etadi. "Nasaf" to'pga egalik qilyapti. 

15. SHahzod Ubaydullaev maydonda yotibdi. Unga nisbatan qo'pollik ishlatilmadi deb hisoblandi. 

10. Doniyor Narzullaev jarima zarbasidan to'pni ichkariga oshirishga urindi, ammo himoyachilar to'pni qaytarib yuborishdi. 

9. SHahzod Ubaydullaevdan o'ta kuchsiz zarba va mezbonlar posboni to'pni osongina qo'lga kiritdi.  

6. Salamat Qutiboev G'olib G'aybullaevga nisbatan ishlatgan qo'polligi uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

5. Stanislav Andreev jarima zarbasidan uzatgan to'pni Mashhur Muhammadjonov hech bir qiyinchiliksiz qo'liga ushlab oldi. 

1. O'yin boshlandi! 

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Assalomu alaykum, qadrli futbol ixlosmandlari! Qarshida Superliganing 8-turi doirasida navbatdagi uchrashuv boshlanmoqda. Bugun "Nasaf" o'z uyida "Metallurg"ni mehmon qiladi. Uchrashuv boshlanishiga bir necha daqiqa vaqt qoldi.

- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.


Coca Cola Superliga. 8-tur


6 iyul, dushanba
20:00 - NASAF – METALLURG 1:0
Hakamlar:
Aziz Asimov, SHohruh Azamov, Sardor Nishonboev, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Jahongir Rahmatullaev 

Gol: Akmal Mozgovoy 90+4, - 1:0.

"Nasaf": 21.Mashhur Muhammadjonov, 4.Husniddin Aliqulov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Dilshod Rahmatullaev, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 20.Islom Kenjaboev, 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov, 88.Marko Stanoevich, 92.Umar Eshmurodov.
Zaxira: 35. Abduvohid Nematov, 6.Murodbek Xo'jamberdiev, 8.Dilshod Saitov, 9.Xaris Dilaver, 15.Jo'rabek Mannonov, 18.Javohir Esonqulov, 19.Husain Norchaev, 22.Akmal Mozgovoy, 70.Abubakrizo Turdaliev.

"Metallurg": 12.Aleksandr Lobanov, 5.Abbosjon Otaxonov, 7.Doniyor Narzullaev, 8.Salamat Qutiboev, 10.SHahzod Ubaydullaev, 21.Kamoliddin Tojiev, 23.Abdurahmon Abdulhaqov, 27.Ixtiyor Toshpo'latov, 28.Stanislav Andreev, 55.Akbar Ismatullaev, 88.Evgeniy CHumak.
Zaxira: 1.Akmal Tursunboev, 4.Odilbek Abdumajidov, 11.Murodbek Bobojonov, 14.Abror Toshqo'ziev, 15.Zohid Abdullaev, 20.Xudoyshukur Sattorov, 22.SHahzodbek G'ofurbekov, 43.Davron Anvarov, 77.Muhammad Isaev.


Nasaf

Akmal Mozgovoy - 90'

Superliga. 8-tur

06/07/2020, 20:00

0
:
1
Tugadi

Metallurg

45'
90'
69'  Islom Kenzhaboev
69'  Dilshod Rahmatullayev (Akmal Mozgovoy)
69'  G'olib G'aybullaev (ZHo'rabek Mannonov)
80'  Sharof Muhitdinov (Murodbek Rahmatov)
80'  Islom Kenzhaboev (Husayin Norchaev)
85'  Bobir Abdixoliqov (Javohir Esonqulov)
90'  Akmal Mozgovoy
6'  Salamat Qutiboev
57'  Abduraxmon Abdulxaqov
60'  Abduraxmon Abdulxaqov (Abror Toshqo'ziev)
69'  Kamoliddin Tojiyev
71'  Shahzod Ubaydullayev (Murod Bobojonov)
86'  Evgeniy CHumak (Muhammad Isaev)
90'  Aleksandr Lobanov

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика