So’nggi yangiliklar

23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  4 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  3 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11 18:45Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" ва "Ньюкасл" ўртасида Сингапурдаги ўйинда 5 та гол урилди  2 17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  2 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  5 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  7 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" - "Bunyodkor". Markaziy uchrashuvda jangovar durang Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Nasaf" - "Bunyodkor". Markaziy uchrashuvda jangovar durang

Coca Cola Superligasining 12-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Bunyodkor" uchrashuvi yakunlandi.

Coca Cola Superliga. 12-tur
NASAF — BUNYODKOR 2:2

Gollar: Norchaev 20, Abdixoliqov 57, Izzatov 67, Erkinov 85.
24 avgust 2020 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 19:00 ("Sport TV")
Hakamlar
: Asker Najafaliev, Timur Gaynullin, Andrey Capenko, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Jamshid Imomov

 "Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 5.G'olib G'aybullaev (4.Husniddin Aliqulov 81), 8.Dilshod Saitov, 10.Bobir Abdixoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 19.Husain Norchaev (20.Islom Kenjaboev 65), 22.Akmal Mozgovoy (7.Dilshod Rahmatullaev 88), 34.SHerzod Nasrullaev, 77.Oybek Bozorov (15.Jo'rabek Mannonov 89), 88.Marko Stanoevich, 92. Umar Eshmurodov.
Zaxira: 1.Umidjon Ergashev, 21.Mashhur Muhammadjonov, 17.Faysal Traore, 25.Muhriddin Zoirov, 50.SHoxmalik Komilov.

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 6.Anvar G'ofurov (34.Suhrob Izzatov 55), 7.Dilshod Ahmadaliev (37.Muhammadodil Qahramonov 84), 10.Xurshid G'iyosov (77.Selim Nurmuradov 84), 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 48.Valeriy Akopov (14.Mirjahon Mirahmadov 36, 90.SHahboz Erkinov 84), 49.Farrux Ikromov.
Zaxira: 25.Akobir Qayumov, 4.Davronjon Ergashev, 21.G'ulom-Haydar G'ulomov, 24.Bahodir Pardaev. 

Ogohlantirishlar: Nasrullaev 2, Bozorov 75.

Nasaf

Husayin Norchaev - 20', Bobir Abdixoliqov - 57'

Superliga. 12-tur

24/08/2020, 19:00

2
:
2
Tugadi

Bunyodkor

Suhrob Izzatov - 67', Shahboz Erkinov - 85'

45'
90'
2'  SHerzod Nasrullaev
20'  Husayin Norchaev
57'  Bobir Abdixoliqov
65'  Husayin Norchaev (Islom Kenzhaboev)
75'  Oybek Bozorov
81'  G'olib G'aybullaev (Husniddin Aliqulov)
88'  Akmal Mozgovoy (Dilshod Rahmatullayev)
89'  Oybek Bozorov (ZHo'rabek Mannonov)
36'  Valeriy Akopov (Mirzhahon Mirahmadov)
55'  Anvar G’ofurov (Suhrob Izzatov)
67'  Suhrob Izzatov
84'  Mirzhahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov)
84'  Xurshid G’iyosov (Selim Nurmuradov)
84'  Dilshod Ahmadaliev (Muhammadodil Qahramonov)
85'  Shahboz Erkinov


Uchrashuvning matnli translyaciyasini shu sahifada kuzatib borish mumkin bo'ldi.


MATNLI TRANSLYACIYA


92. Qo'shimcha vaqtlarda ham jamoalar hujum qilishdan to'xtashmayapti. 

90. Hakam ikkinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 5 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

89. Oybek Bozorov o'rniga Jo'rabek Mannonov o'yinni davom ettirmoqda. 

88. "Nasaf" safida Akmal Mozgovoy o'rniga Dilshod Rahmatullaev maydonga tushdi. 

85. GOOOL! Hozirgina maydonga tushgan SHahboz Erkinov raqib darvozasini ishg'ol qilmoqda - 2:2! Erkinov burchakdan etkazib berilgan to'pni boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi!

84. "Bunyodkor"da birdaniga uchta o'zgarish. Mirahmadov o'rniga Erkinov, G'iyosov o'rniga Nurmurodov, Ahmadaliev o'rniga Qahramonov o'yinni davom ettiradi. 

81. G'olib G'aybullaev o'rniga Husniddin Aliqulov o'yinni davom ettiradi. 

81. O'yin asosan "Nasaf"ning darvozasi joylashgan qismda kechmoqda. 

78. "Qaldirg'ochlar" hujumi. Biroq, ushbu vaziyatda G'olib G'aybullaev ajoyib tarzda raqib hujumini bartaraf etdi!

75. Oybek Bozorov Yo'ldoshevga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi. 

71. "Bunyodkor" yana hujumga o'tmoqda. 

67. GOOOL! Suhrob Izzatov Mirahmadovning pasidan so'ng hisobni qisqartirdi - 2:1!

65. "Nasaf" safida Husayin Norchaev o'rniga Islom Kenjaboev maydonga tushdi. 

61. "Bunyodkor" o'tkazib yuborilgan ikkinchi goldan so'ng ketma-ket hujumga o'tdi. 

57. GOOOL! Bobir Abdixoliqov Saitovning o'ng qanotdan etkazgan to'pini raqib darvozasiga joylab qo'ydi - 2:0! 

55. "Bunyodkor" safida o'zgarish. Anvar G'ofurov o'rniga Suhrob Izzatov o'yinni davom ettiradi. 

55. Oybek Bozorov ajoyib tarzda oldinga borgandi. Ammo Stanoevich yakuniy zarbani berishda noniq harakat qildi. 

53. Stanoevichdan ajoyib zarbaaa! Abdujalilov bu safar mahorat ko'rsatdi!

(Foto: Tolibjon Qosimov)


Norchaevning golini TELEGRAMDAGI KANALIMIZda tomosha qiling!

47. Zarbaaa! Nurillo To'xtasinovning jarimadan bergan zarbasini Nematov qaytarib yubordi. Ajoyib zarba va ajoyib seyv!

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

(Foto: Tolibjon Qosimov)


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 1 daqiqa qo'shib berdi. 

40. Stanoevichning kutilmaganda uzoqdan bergan zarbasini "Bunyodkor" posboni qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.

36. "Bunyodkor"da o'zgarish. Akopov o'rniga Mirahmadov o'yinni davom ettiradi. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


35, Yana bir ajoyib zarba" Bu safar Marko Stanoevich ijrosida. Qarshilik futbolchilar burchak zarbasi tepishadi. 

29. Endi "Bunyodkor"da xavfli hujum! Biroq Ikromov to'pni o'ziga qulay tarzda to'xtata olmadi.

28. Xavfli vaziyattttt!!! "Nasaf" futbolchilari yana gol kiritishlari mumkin edi. Ammo Norchaevning bergan zarbasi raqib darvozasi tepasidan o'tib ketdi. 

24. "Bunyodkor" o'tkazib yuborilgan goldan so'ng oldinga bormoqda. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)



20. GOOOOL! Norchaev hisobni ochmoqda! Stanoevichning chap qanotdan etkazib bergan to'pini Husain Norchaev to'xtatmasdan raqib darvozasiga joylab qo'ydi - 1:0!

14. "Nasaf" qarshi hujumdan o'z omadini izlamoqda.

9. Farrux Ikromov raqib jarima maydonchasi ichida ajoyib reyd uyushtirdi. Afsuski, mana shunday ajoyib harakatlar golsiz yakunlandi. 

7. Abdixoliqovning bergan zarbasini himoyachi Anvar G'ofurov bartaraf etdi. 

4. O'yindagi ilk xavfli vaziyat!!! Akopovning bergan zarbasini Nematov qo'lidan chiqarib yubordi va "ajdarlar" darvozasi oldida xavfli vaziyat yuzaga keldi. 

2. Dastlabki daqiqalardanoq SHerzod Nasrullaev Akopovga qarshi o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. 

(Foto: Tolibjon Qosimov)


-UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Tez yordam etib keldi shekilli. 

-Hali maydonga tez yordam vakillari etib kelishmadi. SHuning uchun uchrashuv boshlanishi biroz kechikmoqda.

-O'yin boshlanishi biroz kechikmoqda.

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Turning markaziy uchrashuvidan matnli translyaciyani boshlaymiz.


Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика