So’nggi yangiliklar

19:29Ўзил "Эл Класико" даражаси тушишида "Барселона"ни айблади  3 19:05Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" – "Қўқон-1912" 0:0. Highlights  0 18:45"Камп Ноу"нинг очилиш санаси маълум бўлди  2 18:41Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ироқ – Ўзбекистон 0:2 (матнли трансляция)  3 18:25Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" Сирдарё ФАга 5 та гол урди, "Металлург" ишончли ғалабага эришиб, плей-оффга чиқди, "Қўқон-1912" сафарда "Пахтакор" билан дуранг ўйнади  20 18:20АПЛнинг икки жамоаси "Лейпциг" ҳужумчисига даъвогар  0 17:50Мерсон: "Манчестер Сити" "Реал"ни шарманда қилди"  20 17:23АПЛнинг топ-клублари "Кристал Пэлас" вингерига қизиқишмоқда  0 16:56"Бу буюк мамлакат – Ўзбекистондаги биринчи ФИФА турнири бўлади" — Жанни Инфантино  10 16:30"Барселона" мухлисларининг Париждаги хатти-ҳаракати учун жаримага тортилди  1 16:01"Барселона" Ханси Фликни эҳтимолий бош мураббий деб ҳисобламайди  2 15:32"Манчестер Юнайтед" 3 нафар ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 15:00Ибороҳимҳалил Йўлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  3 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  2 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  14

Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" "Navbahor"ni taslim etdi va uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. "Bunyodkor" "Navbahor"ni taslim etdi va uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.


Coca Cola Superliga. 8-tur

7 iyul, seshanba
20:00 - BUNYODKOR – NAVBAHOR 3:1
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Andrey Capenko, Timur Gaynullin, Alisher To'xtasinov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Laziz Qo'chqorov

Gollar: Ahmadaliev 24, Erkinov 28, Golban 57, Nurmuradov 87.

"Bunyodkor": 71. Sarvar Karimov, 3. Islomjon Qobilov, 5. Ibrohim Halil Yo'ldoshev, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 8. Jasurbek Jaloliddinov (49. Farrux Ikromov 61), 11. Rasul Yo'ldoshev (22. Sardor Abduraimov 83), 13. Lutfulla To'raev, 17. Sanjar Qodirqulov, 30. Abdulla Abdullaev, 48. Valeriy Akopov ( 77. Selim Nurmuradov 61), 90. SHahboz Erkinov (24. Bahodir Pardaev 76).

Zaxira: 1. Abdumavlon Abduljalilov, 6. Anvar G'ofurov, 34. Suhrob Izzatov, 37. Muhammadodil Qahramonov, 92. Humoyun Murtazoev.


"Navbahor": 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov, 9. Ivan Solovev (70. Abbosjon G'ulomov 46), 10. Azizbek Turg'unboev, ‌11. Islombek Isoqjonov (88. Ruslan Bolov 46), ‌19. Mirzohid G'ofurov, ‌22. Igor Golban, ‌27. Islom Rashidxonov (25. SHohruh Mahmudhojiev 79), ‌28. Xurshidbek Muxtorov, ‌33. Tohirjon SHamsiddinov (15. Obid Jo'raboev 79), ‌95. Zabihillo O'rinboev (8. Javlon Ibrohimov 46).

‌Zaxira: ‌23. Dilshod Hamroev, ‌5. G'iyosjon Komilov, ‌20. Amirbek Jo'raboev, ‌72. Pavel Golishev.

Ogohlantirishlar: Solovyov 7, O'rinboev 10, Turg'unboev 37, Ahmadaliev 59, Ibrohimov 65, Yusupov 81.


MATNLI TRANSLYACIYA



90+4. Uchrashuv yakunlandi! "Bunyodkor" qimmatli uch ochkoni qo'lga kiritmoqda. "Navbahor" muxlislariga esa sabr tilaymiz. Ajoyib uchrashuv uchun har ikki jamoaga minnatdorchilik bildiramiz. 

90+3. Bolovning bergan zarbasi noaniq. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

90. "Navbahor" xavfli hujum uyushtirdi. Ammo bu samara bermadi.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


87. GOOOL! Selim Nurmuradov jarima maydoni ichida gol kiritmoqda. Bu gol haqiqatdan ham Nurmuradovniki. U raqibdan to'pni olib qo'ydi, hujumni qayta boshladi va gol kiritdi 3:1!

85. "Bunyodkor" futbolchilari burchak zarbasi orqali xavfli vaziyat yaratishdi. Ammo namanganliklar himoyachilar bexato harakat qilishdi. 

83. Rasul Yo'ldoshevning o'rniga Sardor Abduraimov o'yinni davom ettiradigan bo'ldi. 

82. Rasul Yo'ldoshevni maydondan olib chiqib ketishdi.

81. To'qnashuv joyiga etib kelgan O'tkir Yusupovga sariq kartochka ko'rsatildi. 

80. Maydon markazida yana to'qnashuv: Rasul Yo'ldoshev va hozirgina maydonga tushgan SHohrux Mahmudxojiev o'rtasida jiddiy kurash bo'ldi. Ular boshi bilan bir-biriga urildi. Tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.  

79. "Navbahor"da ikkita o'zgarish: Rashidxonov o'rniga Mahmudxojiev, SHamsiddinov o'rniga Jo'rabev maydonga tushdi. 

76. Abramov navbatdagi o'zgarishni amalga oshirmoqda: Erkinov o'rniga Pardaev o'yinni davom ettiradi. 

73. Xavfli vaziyatttt! Ruslan Bolovning boshi bilan bergan zarbasi darvoza tepasidan o'tib ketdi. Sal qolishiga sal qoldi. 

70. Davom etamiz!

68. Futbolchilarga tomoqni xo'llab olish uchun kichik tanaffus berildi.

65. Javlon Ibrohimovga esa sariq kartochka ko'rsatildi. 

65. Maydon markazida Ahmadaliev va Ibrohimov to'qnashuvi. Dilshod maydonda yotipti. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


61. "Bunyodkor"da ikkita o'zgarish: Jasur Jaloliddinov o'rniga Farrux Ikromov, Valeriy Akopov o'rniga Selim Nurmuradov o'yinni davom ettiradi. 

59. Ahmadalievga sariq kartochka ko'rsatildi

57. GOOOL! Golban hisobni qisqartirmoqda - 2:1. U Azim Ahmedovning etkazib bergan to'pini boshi bilan raqib darvozasiga yo'lladi va hisobni qisqartirdi.

52. Mehmonlarda burchak to'pi tepish imkoniyati yuzaga keldi. Biroq jamoa ushbu standart vaziyatdan unumli foydalana olmadi. Davom etamiz!

48. Kanchelskis birdaniga uchta o'zgarishni amalga oshirdi. Ko'ramiz, bu jamoaga foyda bera olarmikin?

46. "Navbahor" tarkibida o'zgarishlar: Solovyov o'rniga G'ulomov, Isoqjonov o'rniga Bolov, O'rinboev o'rniga Ibrohimov maydonga tushirildi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi!


TANAFFUS


(Foto: Jahongir Fayzullaev)


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI

45+1. Erkinov yana bir ajoyib imkoniyatdan foydalana olmadi. 

45. Hakam ikki daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

45. Rashidxonovning bergan zarbasini "qaldirg'ochlar" darvozaboni egallab oldi. 

44. Jaloliddinoovvvv! U o'ng qanotdan faol tarzda, ajoyib driblinglar evaziga yorib kirdi. Isoqjonovni ikki marotaba aldashga muvaffaq bo'lgan futbolchi raqib darvozasining yaqin burchagini nishonga oldi. Biroz noaniq!

42. "Navbahor"ning hujumi samarasiz yakunlandi. Ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat ham borga o'xshab tuyuldi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


37. Jasurbek Jaloliddinov Aziz Turg'unboevga nisbatan qo'pol o'ynadi va sariq kartochka bilan jazolandi.

36. Yana bir xavfli vaziyat!!! "Bunyodkor" futbolchilari ikki kishi bo'lib oldinga o'tishdi. Ammo "lochinlar" darvozaboni O'tkir Yusupov mahorat ko'rsatdi va jamoasini qutqardi. "Navbahor"ga bugun nima bo'lmoqda???

28. GOOOL! SHahboz Erkinov kuchli zarbasi bilan hisobni 2:0 ga etkazmoqda!

24. GOOOL! Dilshod Ahmadaliev 17-18 metrlardan bergan ajoyib zarbasini "Navbahor" posboni o'tkazib yubordi. Hisob ochildi - 1:0!

24. Hozircha asosan mezbonlar to'pni ushlab turishibdi. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


20. Xavfli vaziyattttt!!! Akopovning bergan zarbasini O'tkir Yusupov ajoyib tarzda qaytarib qolmoqda. Seyv! Mehmonlar posboni jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi desak adashmagan bo'lamiz. 

18. "Navbahor" futbolchilari hujum uyushtirishdi. Ushbu vaziyatda Turg'unboevga mezbonlar himoyachisi halal berib qoldi. 

15. To'p nazorati bo'yicha kichik ustunlik "Bunyodkor"da.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


13. Mezbonlar oldinga o'tishga harakat qilishmoqda.

10. Zabihillo O'rinboevga ham sariq kartochka ko'rsatildi. 

7. Ivan Solovyov raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. 

4. Rasul Yo'ldoshevning bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 

1. Ilk daqiqadayoq futbolchilar o'rtasida kichik to'qnashuv yuzaga keldi. Keskin o'yin ko'ramiz shekilli. 

 
(Foto: Jahongir Fayzullaev)


-Uchrashuv boshlandi. 

-Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

-Jamoalar o'yin oldidan chigalyozdi mashg'ulotlarni yakunlashdi. Bahs boshlanishiga oz vaqt qolmoqda.

-Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi. 

Bunyodkor

Dilshod Ahmadaliev - 24', Shahboz Erkinov - 28', Selim Nurmuradov - 87'

Superliga. 8-tur

07/07/2020, 20:00

1
:
3
Tugadi

Navbahor

Igor Golban - 57'

45'
90'
24'  Dilshod Ahmadaliev
28'  Shahboz Erkinov
37'  ZHasur ZHaloliddinov
59'  Dilshod Ahmadaliev
61'  ZHasur ZHaloliddinov (Farrux Ikromov)
61'  Valeriy Akopov (Selim Nurmuradov)
76'  Shahboz Erkinov (Bahodir Pardayev)
83'  Rasul Yo'ldoshev (Sardor Abduraimov)
87'  Selim Nurmuradov
7'  Ivan Solovyov
10'  Zabihillo O’rinboyev
46'  Ivan Solovyov (Abbos G'ulomov)
46'  Islombek Isoqjonov (Ruslan Bolov)
46'  Zabihillo O’rinboyev (Javlon Ibrohimov)
57'  Igor Golban
57'  Azim Ahmedov
65'  Javlon Ibrohimov
79'  Islom Rashidxonov (SHohrux Mahmudhozhiev)
79'  Tohirjon Shamsiddinov (Obid Jo’raboyev)
80'  O’tkir Yusupov

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика