Coca Cola Superligasi. Bugun 25-tur o'yinlari bo'lib o'tadi
27 noy 2019 09:21
Yangiliklar


Coca Cola Superligasi. Bugun 25-tur o'yinlari bo'lib o'tadi
“Buxoro” – “Metallurg”
Hakamlar: Viktor Serazetdinov, Timur Galeev, Aleksandr Sidorov, Naim Qosimov
Nazoratchi: Arslon Xotamov
Komissar: Oybek Yunusov
O'z maydonida 4ta o'yindan buyon g'alaba nimaligini bilmay kelayotgan "Buxoro" 25-turda o'z muxlislari qarshisida safarda 3ta bahsdan beri yutqazmayotgan "Metallurg" klubi bilan bellashadi.
Bu jamoalar shu kunga qadar O'zbekiston chempionatida 43 marta to'qnash kelishgan. 20 marta "Metallurg", 18 bor "Buxoro" 3 ochko sohibiga aylangan. Qolgan 5ta uchrashuvda g'olib aniqlanmagan.
Faqat Buxorodagi o'zaro o'yinlarga etibor qilsak bo'lib o'tgan 21ta uchrashuvning faqat ikkitasida "Metallurg" g'alaba qozona olgan (2008 va 2015 yillarda). "Buxoro" o'z uyida oxirgi 4ta o'yinning hech birida bu jamoaga yutqazmagan.
Birinchi davrada Bekobodda o'tgan o'zaro uchrashuvda maydon egalari zafar quchishgan. Birinchi taymda Sergey Tumasyan, ikkinchi taymda Server Jeparov tomonidan urilgan gollar "Metallurg"ga 3 ochko keltirgandi - 2:0.
AGMK – “Qizilqum”
Hakamlar: Asker Najafaliev, Ravil SHoyaxmitov, Aleksandr Burov, To'rabek Suyunov
Nazoratchi: Noil Lutfullin
Komissar: Sardor Qudratullaev
Superligada to'rtta o'yindan buyon mag'lub bo'lmayotgan Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK o'z maydonida xuddi o'z kabi to'rtta turdan buyon yutqazmayotgan Hamidjon Aktamov boshchiligidagi "Qizilqum"ni qabul qiladi.
Bu ikki jamoa milliy chempionat doirasida hozirga qadar 25 marta o'zaro o'yin o'tkazishgan. 11ta uchrashuvda "Qizilqum", 10ta bahsda olmaliqliklar g'olib bo'lishgan. To'rt marta durang qayd etilgan.
"Qizilqum" safarda uchta o'yindan buyon bu raqibni mag'lub eta olmayapti. So'nggi bor AGMK o'z maydonida 2016 yilgi mavsumda "Qizilqum"ga imkoniyatni boy berib qo'ygandi. Umuman olganda aynan shu g'alaba "Qizilqum" uchun Olmaliqda qo'lga kiritilgan yagona g'alaba bo'lib turibdi.
Dastlabki davrada Navoiyda kechgan bahsda mezbonlar g'olib bo'lishgan. Medina Smit hisobni ochgan, birinchi taym oxirida Dilshod Jo'raev hisobni tenglashtirgandi. Ikkinchi taymda Elguja Grigalashvili ikki bor AGMK darvozasiga gol urgandi - 3:1. Etiborlisi ayni paytda Grigalashvili aynan AGMK safida o'ynamoqda.
OKMK Elguzha Grigalashvili - 9', Zafar Polvonov - 56', Zafar Polvonov - 68', Zafar Polvonov - 77' |
Superliga. 25-tur 27/11/2019, 16:00 1
:
4
Tugadi
|
Qizilqum Mate Vatsadze - 15' |
“Dinamo” – “Surxon”
Hakamlar: Hasan Ro'ziev, Olim Abduvosilov, Doniyor Saylavov, Rahimbek Karimov
Nazoratchi: Timur Abdullaev
Komissar: SHoxrux Said
Ketma-ket 12ta turdan buyon faqat mag'lub bo'layotgan "Dinamo" klubi Samarqandda safardagi oxirgi ikki uchrashuvda mag'lub bo'lgan Termizning "Surxon" klubini qabul qiladi.
Bu klublar hozirga qadar chempionat doirasida 21 marta o'zaro bahs olib borishgan. Natijalar tenglikni ko'rsatmoqda. Ikkala jamoa ham 8tadan g'alabani qo'lga kiritgan va 5ta uchrashuvda durang kuzatilgan.
"Dinamo" o'z maydonida hech qachon "Surxon"ga mag'lub bo'lmagan - 7 g'alaba va 3 durang. Bu jamoalar o'rtasidagi o'yinlarda so'nggi bor 1999 yilda durang qayd etilgan ekan, shundan keyin bo'lib o'tgan o'yinlarda mezbon jamoa har safar g'olib bo'lavergan.
Birinchi davrada Samarqandda o'tgan o'zaro uchrashuv taqdirini bitta gol hal qilgandi. 2-daqiqada SHerzod Hakimov mehmonlar darvozasini ishg'ol qilib "Surxon"ga g'alaba keltirgandi - 1:0. O'sha o'yinda termizliklar yarim himoyachisi SHerzod Karimov penaltidan gol ura olmagandi.
Dinamo Bahodir Nasimov - 66', Ixtiyor Toshpo’latov - 74' |
Superliga. 25-tur 27/11/2019, 16:00 1
:
2
Tugadi
|
Surxon Abdulaziz Yusupov - 72' |
“Navbahor” – “Lokomotiv”
Hakamlar: Timur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Akmal Rahimov
Nazoratchi: Sulton Zaylobiddinov
Komissar: SHerzod Rajabov
Superligada so'nggi 3ta turda umuman g'alaba qozona olmagan "Navbahor" o'z maydonida 10ta uchrashuvdan buyon hech kimga yutqazmayotgan "Lokomotiv"ni qabul qiladi.
Bu ikki jamoa bugungi kunga qadar o'zaro 31ta uchrashuv o'tkazishgan. Katta ustunlik "Lokomotiv" tomonida. 18ta bahsda "temiryo'lchilar" zafar quchishgan, 8ta o'yinda "lochinlar"ning qo'li baland kelgan bo'lsa yana 5ta uchrashuvda durang qayd etilgan.
Oxirgi o'zaro 4ta uchrashuvda (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Lokomotiv" bu jamoani 4 marta mag'lub etgan ekan.
Dastlabki davrada Toshkentda kechgan o'zaro bahsda "temiryo'lchilar" g'olib bo'lishgan. Ikkinchi taym o'rtalarida Temurxo'ja Abduxoliqov tomonidan urilgan gol "Lokomotiv"ga 3 ochko taqdim etgandi - 1:0.
Navbahor |
Superliga. 25-tur 27/11/2019, 16:00 1
:
0
Tugadi
|
Lokomotiv Sardor Mirzayev - 59' |
“Andijon” – “Qo'qon-1912”
Hakamlar: Vadim Agishev, Rasuljon Fozilov, Maksim Nexochin, Ahmad Ergashev
Nazoratchi: Rashid Aytekov
Komissar: Laziz Qo'chqorov
Uchta turdan buyon g'alaba qozona olmayotgan "Andijon" o'z uyida safardagi oxirgi ikki uchrashuvda g'olib bo'lgan "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi.
O'zaro o'yinlar tarixiga murojaat qilsak, 9ta uchrashuvda "Andijon", 8ta bahsda "Qo'qon-1912" g'olib bo'lgan. Yana 6ta uchrashuvda durang kuzatilgan.
Oxirgi o'zaro 5ta o'yinda (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Andijon" bu jamoani umuman mag'lub eta olmagan ekan. "Burgutlar" so'nggi bor 2003 yilgi mavsumda qo'qonliklarni mag'lub etishgan.
Birinchi davrada "Qo'qon-1912" mezbonligi ostida Farg'onada o'tgan o'zaro bahsda hisob ochilmagan edi - 0:0.
Andijon Ildar Mamatkazin - 90' |
Superliga. 25-tur 27/11/2019, 16:00 1
:
1
Tugadi
|
Qo’qon-1912 Quvondiq Ro'ziev - 41' |
“Paxtakor” – “Bunyodkor”
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Sultonmurod Ulfatov, Baxtiyorxo'ja SHavkatov, Elyor Tursunov
Nazoratchi: G'ayrat Karimov
Komissar: Diyor Imomxo'jaev
Superligada so'nggi 16ta turning barchasida g'olib bo'lgan "Paxtakor" Toshkent derbisida "Bunyodkor" bilan to'qnash keladi.
O'zaro o'yinlarda "Paxtakor" 10 marta, "Bunyodkor" 8 marta g'alaba qozongan. 9ta uchrashuvda esa g'olibni aniqlashning imkoni bo'lmagan. Oxirgi o'zaro 4ta o'yinda (xoh uyda, xoh safarda bo'lsin) "Paxtakor" bu jamoani to'rt marta mag'lub etgan ekan.
Birinchi davrada “Paxtakor” stadionida kechgan bu klublar o'rtasidagi o'yinda "sherlar" 2:1 hisobida g'olib bo'lishgan. O'shanda nominal mezbon “Bunyodkor” bo'lgandi. Dostonbek Hamdamov va Dragan CHeranning gollariga "qaldirg'ochlar" safida Mirjahon Mirahmadov javob bergandi. Qizig'i bu safargi bahs “Bunyodkor” stadionida bo'ladi va nominal mezbon “Paxtakor” bo'ladi.
Paxtakor Igor Sergeyev - 39', Igor Sergeyev - 67' |
Superliga. 25-tur 27/11/2019, 16:00 3
:
2
Tugadi
|
Bunyodkor Nurillo To'xtasinov - 11', ZHavohir Qahramonov - 24', Xurshid G’iyosov - 90' |
“So'g'diyona” – “Nasaf”
Hakamlar: Zokir Qodirov, Ruslan Samandarov, Obid Jumaev, SHuhrat Rajabov
Nazoratchi: Sayfiddin Irmatov
Komissar: Erkin Baxtiyorov
O'z maydonida 8ta o'yindan buyon hech kimga yutqazmagan "So'g'diyona" o'z uyida safardagi oxirgi 5ta uchrashuvda umuman yuta olmagan "Nasaf"ni qabul qiladi.
Bu ikki klub Superligada 39ta o'yinda o'zaro to'qnash kelishgan. 31ta uchrashuvda "Nasaf" g'olib bo'lgan, 7ta bahsda "So'g'diyona" zafar quchgan. Faqat bir marta bu jamoalar o'zaro durang o'ynashgan.
"So'g'diyona" bu jamoaga qarshi o'z maydonida o'tkazgan oxirgi 9ta o'yinning barchasida mag'lub bo'lgan ekan. So'nggi marta Jizzax klubi 2008 yilgi mavsumda o'z maydonida "Nasaf"dan ustun kelgan.
Qarshida o'tgan birinchi davradagi o'zaro o'yinda maydon egalari 3:1 hisobida zafar quchishgan. Mezbonlar safida Dilshod Saitov, Bobur Davlatov va Islom Kenjaboev to'p kiritishgan bo'lsa, jizzaxliklar tarkibida Nikola Milinkovich gol urgandi.
So'g'diyona Shohruz Norxonov - 63' |
Superliga. 25-tur 27/11/2019, 16:00 1
:
1
Tugadi
|
Nasaf Humoyun Murtozaev - 9' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar