So’nggi yangiliklar

14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  1 13:37Ла Лига энг кўп маош олувчи футболчилар ТОП-10 — рўйхатда "Атлетико"дан битта футболчи бор  0 12:53"Бавария" ва "Ювентус" Англия термаси марказий ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи   0 12:32Миллатлар Лигаси доирасидаги баҳсда Бельгия Исроилни Венгрияда қабул қилади  3 11:56"Интер" "Зенит" ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 11:27Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон бугун Қирғиз Республикасига қарши кураш олиб боради  2 10:53МЮдан навбатдаги юриш. Инглизлар 90 миллион евролик трансферни амалга оширишга тайёр  10 10:25«Барселона» Дани Ольмо бўйича музокараларни бошлади. Каталонияликлар қанча таклиф қилгани маълум  9 09:57«Атлетико» икки нафар Европа чемпионлари билан шартнома тузмоқчи  0 09:28Месси ХХI асрнинг энг яхши спортчилар рейтингининг ТОП-3лигидан жой олди. Роналду эса…  28 09:00Слот «Ливерпуль» бошқарувидаги дебют ўйнида Чемпионшип вакилига мағлуб бўлди  2 08:31«Пахтакор»нинг яна бир футболчиси «Металлург»га ижарага берилди  2 08:05АПЛ. Ким энг кўп ойлик олади?  1 07:37«Манчестер Юнайтед» олти нафар футболчисини сотишга тайёр  4

Coca Cola Superligasi. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Birinchi davraning esda qolarli lahzalari

SHunchaki zavq oling.

"Olimpik" hujumchisi Ruslan Jiyanov 1-turning 7-daqiqasida "Paxtakor" darvozasi tomon belgilangan 11 metrli jarima zarbasini amalga oshirmoqda.

1-turdan o'rin olgan "Surxon" — OKMK uchrashuvida Silvanus Nimeli va Abdulla Abdullaev havodagi to'p uchun kurash olib bormoqda.

"Turon" klubining jajji muxlisi "Buxoro"ga qarshi o'yinni tasvirga olmoqda.

"Olimpik" futbolchisi Abdurauf Bo'riev 2-tur doirasida "So'g'diyona"ga qarshi bahsda havodagi to'p uchun kurash olib bormoqda.

Rahimbek Karimov "Surxon" futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun "Andijon" futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatmoqda.

"Bunyodkor" sardori Davronjon Ergashev 2-tur doirasida OKMKga qarshi o'yinda jamoasining g'alabasini nishonlamoqda.

"Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeran "Navbahor" darvozasini ishg'ol qilmoqda.

"Bunyodkor" posboni Suhrob Sultonov "Andijon" futbolchisining 11 metrli jarimadan tepgan to'pi darvozasiga kirishiga yo'l qo'ymadi.

"So'g'diyona" va "Neftchi" futbolchilari to'p uchun yakkakurashda ishtirok etmoqda.

"Turon" futbolchisi Humoyun Murtozaev "Surxon"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"Buxoro" futbolchisi Fayzullo Jumanqo'ziev jarohat olganiga qaramasdan, "Surxon"ga qarshi o'yinni davom ettirmoqda.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi futbolchilari — Mahmud Mahamadjonov va Saidafzal Ahrorov "Bunyodkor" — "Turon" uchrashuvidan avval salomlashmoqda.

4-turdan o'rin olgan "Olimpik" — "Andijon" uchrashuvida havodagi to'p uchun kurash kechmoqda.

"Olimpik" futbolchilari "Turon"ga qarshi o'yinda "jonli devor" hosil qilishmoqda.

"Andijon" muxlislari "Neftchi" ga qarshi o'yinda jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun shay holatda turibdi.

"Navbahor" futbolchisi Jamshid Iskanderov OKMKga qarshi o'yinda penaltidan gol urib, hisobni ochmoqda.

"Qizilqum" futbolchisi Diyor Rahmatilloev "Paxtakor"ga qarshi o'yinda zaxiradan maydonga tushishga tayyorgarlik ko'rmoqda.

"So'g'diyona" bosh murabbiyi Ivan Boshkovich "Paxtakor"ga qarshi o'yinda to'pni to'xtatish bo'yicha shogirdlariga mahorat darsi o'tab bermoqda.

OKMK sardori Sanjur Tursunov "Metallurg" futbolchisi SHahzod Nematjonovga nisbatan qo'pollik ishlatdi va maydondan chetlatildi.

"Buxoro" darvozaboni Sardor Qobiljonov "Olimpik" futbolchisi Otabek Jo'raqo'ziev bilan to'p uchun kurashda ustun keldi.

"Bunyodkor" hujumchisi Jasur Hakimov va "Nasaf" himoyachisi Husniddin Aliqulov to'p uchun kurashmoqda.

"Bunyodkor" himoyachisi Muzaffar Olimjonovga nisbatan "Surxon"futbolchisi qo'pol o'yin namoyish etdi.

OKMK posboni Valijon Rahimov "Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeranning bosh bilan yo'llagan zarbasini qaytara olmadi.

"Turon" futbolchisi "Navbahor" vakili bilan to'p uchun kurashmoqda.

"Nasaf" posboni Abduvohid Nematov jamoadoshining "Olimpik"ga urgan golini nishonlamoqda.

"So'g'diyona"ning faxriy ishqibozi jamoasini qo'llab-quvvatlash uchun Andijonga bordi.

"Neftchi" hujumchisi Toma Tabatadze "Surxon" darvozasini ishg'ol qilmoqda.

FIFA prezidenti Janni Infantino 9-turdan o'rin olgan "Bunyodkor" — "Olimpik" uchrashuviga tashrif buyurdi.

OKMK himoyachisi Vitaliy Denisov "Qizilqum"ga qarshi bahsdan so'ng tomoshabinlar bilan "selfi" holatida suratga tushmoqda.

"Paxtakor" posboni Sanjar Quvvatov "Turon" hujumchisi Humoyun Murtozaevning penaltidan tepgan zarbasini qaytarmoqda.

"So'g'diyona" darvozaboni Milan Mitrovich "Turon"ga urilgan golni nishonlamoqda.

"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev "Paxtakor"ga qarshi o'yinda nimadandir norozi.

Taniqli sharhlovchi va boshlovchi Zafar Imomxo'jaev OKMK — "Andijon" o'yinida.

"Bunyodkor" yarim himoyachisi Suhrob Izzatov "Neftchi" hujumchisi Toma Tabatadzeni "minib oldi".

"Metallurg" darvozaboni Aleksandr Lobanov "Surxon"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan keyin ko'zyoshlarini tiya olmadi.

"Turon" muxlisi OKMKga qarshi bahsda jamoasini jon-jahdi bilan qo'llab-quvvatlamoqda.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec "Olimpik" — "Neftchi" uchrashuvini kuzatib bormoqda.

 "Bunyodkor" futbolchisi Igor Ivanovichning "Navbahor"ga qarshi o'yindagi yirik hisobdagi mag'lubiyatdan keyingi holati.

"Andijon"ga qarshi o'yinda "Qizilqum" "jonli devor"i.

OKMK azosi Siyavash Haqnazariy "Buxoro"ga urgan golini shunday nishonladi.

"Andijon" himoyachisi Ilhomjon Alijonov "Turon"ga qarshi o'yinda bosh bilan gol urmoqda.

"Olimpik" futbolchisi "Navbahor"ga qarshi o'yinda to'pni chiroyli to'xtatishga harakat qilmoqda.

O'zPFL vakili "So'g'diyona" — "Nasaf" uchrashuvida.

"Paxtakor" — "Surxon" uchrashuvi hakami Rahimbek Karimov VARga etibor qaratmoqda.

"Surxon" himoyachisi SHohjahon Sultonmurodov "So'g'diyona" yarim himoyachisi Xislat Halilovga nisbatan qo'pollik ishlatdi.

Jajji "Turon"chilar "Qizilqum"ga qarshi o'yinda.

"Nasaf" darvozaboni Abduvohid Nematov OKMKga qarshi o'yindagi g'alabani jamoa ishqibozi bilan birga nishonlamoqda.

"Bunyodkor" posboni Suhrob Sultonov "Paxtakor" hujumchisi Dragan CHeran tomonidan yo'llangan zarbani qaytarmoqda.

"Navbahor" futbolchisi Oston O'runov "Neftchi"ga qarshi o'yindan oldin oyning eng yaxshi futbolchisi sovrinini qabul qilib olmoqda. 

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayanning "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyingi holati.

"Andijon" hujumchisi Ruben Xebay "Paxtakor" darvozasiga urgan golini Toshkentga tashrif buyurgan muxlislari qarshisida nishonladi.

"Neftchi" — "Nasaf" uchrashuvidan kadr.

Sizga qaysi surat yoqdi? Izohlarda yozib qoldiring.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi. 

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика