So’nggi yangiliklar

20:01"Челси" "Ювентус" етакчиси учун 66 млн евро таклиф этди ва рад жавобини олди  1 19:39Гвардиола Родрининг янги жароҳати ҳақида: "Биз унга ғамхўрлик қилишга ҳаракат қилдик, аммо бўлар иш бўлди"  1 19:16Шенсни "Барселона"да биринчи марта мағлубиятга учради   1 18:55Уругвай терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин учун қайдномаси маълум  20 18:27Ўзбекистон терма жамоаси машғулотларга киришди   14 18:16Алонсо Килиан Мбаппе жароҳат олганини маълум қилди  6 17:51Вальверде Ўзбекистон билан ўйинда қатнашмайдими?  0 17:24Фабио Каннаваро: "Шуни айта оламанки, мунидалдаги темп шунчаки даҳшатли" (матбуот анжумани)  53 17:16Ўзбекистонда ФИФАнинг Марказий Осиёдаги офиси иш бошлайди  3 17:07ЎФА Лёв ва Бенту билан музокаралар ўтказганини очиқлади  3 16:39"Эвертон" япониялик ярим ҳимоячини сотиб олмоқчи  0 16:18Расман: Фабио Каннаваро – Ўзбекистон терма жамоаси бош мураббийи!  52 15:52Конте: "Бу йил "Наполи" учун қийин бўлади"  2 15:23Гвардиола: "Умид қиламанки, футболчилар терма жамоадан соғлом қайтишади"  0 14:55"Сўғдиёна" Ғузорда "Шўртан" устидан ғалабани тантана қилган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

Coca Cola Superligasi. AGMK 10 kishi bo'lib mag'lubiyatdan qutulib qoldi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. AGMK 10 kishi bo'lib mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Coca Cola Superligasining 15-turidan o'rin olgan AGMK - "So'g'diyona" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

AGMK – SO'G'DIYONA 1:1 

Gollar: Qahramonov 47, Vatsadze 82.
15 sentyabr 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 19:00
Hakamlar:
Asker Najafaliev, Ruslan Serazitdinov, Olim Abduvosilov, Husan Muzaffarov
Nazoratchi: Bobur Haydarov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev


AGMK: 12.Roman Abdulov, 2.Akmal SHorahmedov, 5.Dilshod Jo'raev, 3.Sardor Rahmonov (30.Jasur Umarov 81), 11.Murod Toshmatov, 23.Yovan Jokich, 17.Sanjar Tursunov, 18.Bahrom Abdurahimov (88.Igor Zonich 58), 94.Husniddin G'ofurov (10.SHahzod Nurmatov 83), 9.Zafar Polvonov (21.Mate Vatsadze 55), 77.Arslanmirat Amanov (7.Elguja Grigalashvili 55).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 4.Mirjamol Qosimov, , 20.Mirg'iyos Sulaymonov.

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 3.Iskandar SHoyqulov, 5.Ayubxon No'monov, 7.Sanjar Rashidov (30.Dian Talxatov 85), 8.Jamshid Boltaboev, 10.SHohruz Norxonov, 11.Jasur Hasanov, 18.SHavkat Mullajonov, 19.Javohir Qahramonov (21.Sahob Rashidov 85), 22.SHahboz Jo'rabekov, 93.Marko Kolakovich.
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 12.Sanat SHixov, 14.Daniel Nasriddinov, 20.Bahodir Nasimov, 24.Muhammad Yahyoev, 25.Nodirbek Kuybokov,  36.Elyor Sobirjonov.

Ogohlantirishlar: Jo'rabekov 43, Vatsadze 74, Norxonov 90.
CHetlatish: Jo'raev 51.


OKMK

Mate Vatsadze - 81'

Superliga. 15-tur

17/09/2020, 19:00

1
:
1
Tugadi

So'g'diyona

ZHavohir Qahramonov - 47'

45'
90'
51'  Dilshod Jo’rayev
55'  Arslanmirat Amanov (Elguzha Grigalashvili)
55'  Zafar Polvonov (Mate Vatsadze)
55'  Bahrom Abdurahimov (Igor Zonich)
73'  Husniddin G’ofurov (Shahzodbek Nurmatov)
74'  Mate Vatsadze
81'  Mate Vatsadze
81'  Sardor Rahmonov (Jasur Umarov)
43'  SHahboz Jo'rabekov
47'  ZHavohir Qahramonov
75'  Sanjar Rashidov (Dian Talxatov)
75'  ZHavohir Qahramonov (Sahob Rashidov)
90'  Shohruz Norxonov


MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH


O'YIN YAKUNLANDI!

90. Hakam 5 daqiqa qo'shib berdi.

90. Norxonovga sariq kartochka. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


86. AGMK bosmoqda. Jamoa kamchilik bo'lib qolganiga qaramay g'alaba uchun o'ynamoqda. SHorahmedovning zarbasi biroz noaniq. 


82. GOOOL! Vatsadze! Burchakdan etkazib berilgan to'pdan so'ng gruziyalik futbolchi boshi bilan to'pni raqib darvozasiga yo'llab qo'ydi - 1:1!

81. AGMK safida Sardor Rahmonov o'rniga Jasur Umarov maydonga tushdi.

75. "So'g'diyona"da ikkita o'zgarish. Sanjar Rashidov va Javohir Qahramonov o'rniga Dian Talxatov va Sahob Rashidov tushirildi. 

74. Vatsadze raqibga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun ogohlantirildi. 

73. AGMK tarkibida G'ofurov o'rniga Nurmatov o'yinni davom ettiradi.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


67. SHoxruz Norxonov kichik jarohat oldi shekilli. Unga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

65. Norxonovning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegdi. "So'g'diyona" qarshi hujumda o'z omadini izlamoqda.

60. Xavfli vaziyatttt! Boltaboevning bergan zarbasi darvoza ustuniga tegib maydondan chiqib ketdi.

59. "So'g'diyona" endi sondagi ustunlikdan foydalanishga urinadi. Jizzaxliklar oldinga o'tishmoqda.

55. Kutilganidek AGMKda uchta o'zgarish: Amanov, Polvonov, Abdurahimov maydonni tark etdi. Ularning o'rniga Grigalashvili, Zonich va Vatsadze o'yinni davom ettiradi.

54. Ana endi bir kishi kam bo'lib qolgan va ortda qolayotgan AGMK jamoasi xarakter ko'rsatishi talab etiladi. Mirjalol Qosimovdan ketma-ket o'zgarishlarni ko'rsak kerak. 




51. Dilshod Jo'raev so'nggi chora sifatida darvozabon bilan birga-bir ketayotgan raqibni to'xtatib qoldi va maydondan chetlatildi. Bizda o'yin antiqahramoni bor!




47. GOOOL! Ikkinchi taym "So'zdiyona"ning tezkor goli bilan boshlandi. Javohir Qahramonov Jo'raev va Abdulov o'rtasida yuzaga kelgan tushunmovchilikdan foydalanib hisobni ochmoqda - 0:1!

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45+1. AGMK futbolchilari oldinga o'tishmoqda. Lekin "So'g'diyona" himoyachilari darvoza dahlsizligini saqlab qolishmoqda.

45. Hakam ikki daqiqa qo'shib berdi.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


43. SHahboz Jo'rabekov Amanovga qarshi o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

42. Mehmonlar darvozaboni burchak zarbasini bartaraf etish vaqtida kichik jarohat oldi. Barchasi joyida.

41. O'yinda kichik to'qnashuvlar va to'xtalishlar ko'p bo'lmoqda.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


38. Jokichning bergan zarbasini Mitrovich bartaraf etdi.

36. AGMK futbolchisining jarimadan etkazib bergan to'pini "So'g'diyona" posboni Mitrovich qiyinchiliksiz egallab oldi. 

31. Mezbonlar futbolchisi Husniddin G'ofurovda yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Lekin noaniq zarba sabab hisob ochilmay qoldi.

29. O'yinda haliyam AGMK futbolchilari biroz faol. Ammo jamoalar hozircha golga tortadigan vaziyat tashkil etishmadi. 

24. Olmaliq shahrida kuchli yomg'ir boshlandi.

19. Umuman olganda hozircha o'yinda AGMK futbolchilari nisbatan faol harakat qilishmoqda. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


17. Olmaliqlik futbolchi yana "offsayd"da.

11. Kolakovich to'p uchun kurashda kichik jarohat oldi. Aniqrog'i uning tomiri tortishib qoldi. Jismoniy holat ustida yaxshigina ishlash lozim shekilli.

9. Zafar Polvonov o'yindan tashqari holatda qolib ketdi.

7. O'yin tempi biroz sust hozircha.

2. Mezbonlar darvozaboni Roman Abdulov kutilmaganda qo'pol xatoga yo'l qo'ydi. U to'pni qo'lidan chiqarib yubordi. Biroq uning baxtiga Jasur Hasanov o'tkir burchakdan bo'sh darvozani ishg'ol qila olmadi.

1. O'yinni mehmonlar faol boshlashdi.

UCHRASHUV BOSHLANDI!

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


-O'yin oldidan AGMK ustozi Mirjalol Qosimovning tug'ilgan kuni munosabati bilan kichik tadbir tashkil etilmoqda. AGMK klubi jamoa bosh murabbiyining tavallud kuni munosabati bilan etibor namoyish etdi. 

-Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun Superliga 15-turidan o'rin olgan AGMK - "So'g'diyona" uchrashuvining matnli translyaciyasini birgalikda kuzatamiz. 

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика