So’nggi yangiliklar

16:55Мбаппе Чемпионлар лигасининг фаворити ҳақида гапирди  0 16:25Швайнштайгер Германия терма жамоасини танқид қилди  2 16:13Муҳаммадрасул Абдумажидов легионерга айланмоқда  4 15:32Ўзбекистон миллий терма жамоаси Эронга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум бўлди  5 15:20Юлиан Нагельсманн: "Ҳар бир ўйинда ғалаба қозонишни истайман ва истеъфо ҳақида ўйламайман"  0 14:44Хайрия учрашуви. "Динамо" - Ўзбекистон фахрийлари беллашувидан галерея  0 14:20Лаутаро Мартинес: "Ҳеч қачон бундай оғриқни ҳис қилмаганман"  2 13:50Факт. Ўзбекистон Тошкентда Эронни ютмаган. Нохуш анъана тугайдими?  16 13:20Томас Тухель: "Идеал ўйин йўқ, аммо жамоам кўп яхши томонларни кўрсатди"  1 12:50Роберт Левандовский 2025/26 йилги мавсумдан сўнг "Барселона"ни тарк этиши мумкин  4 12:16ОЧЛ-2. "Аркадағ" - "Андижон" учрашувини сингапурлик ҳакам бошқаради  11 11:47U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон билан дуранг ўйнаган Ўзбекистоннинг гуруҳида вазият қандай?  17 11:20Ислом Исмоилов Канада билан ўйиндан сўнг: "Пенальтилар серияси доим режамизда бўлади"  1 10:45Саудия клублари Ҳарри Магуайрга қанча маош таклиф қилгани маълум  1 10:09Вильям Салиба қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3

Coca Cola Superligasi. Sanjar Tursunov maydon markazidan gol urgan o'yinda AGMK "Qo'qon-1912" ustidan g'alabaga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superligasi. Sanjar Tursunov maydon markazidan gol urgan o'yinda AGMK "Qo'qon-1912" ustidan g'alabaga erishdi

Coca Cola Superligasining 8-turidan o'rin olgan AGMK - "Qo'qon-1912" uchrashuvi o'z nihoyasiga etdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


YANGILASH


90+5. AGMK va "Qo'qon-1912" ishtirokidagi qiziqarli o'yin yakunlandi. 

90+3. Murod Holmuhammedov ijrosidagi jarima zarbasiga aniqlik etishmadi.  

2-bo'limga 5 daqiqa qo'shildi. 

90. GOOOOOOOOOOOOOOOOLLL! Yakuba Bamba hisobni 2:1 ko'rinishiga keltiruvchi golni urdi. 

90. ZARBA! Yakuba Bambaning zarbasiga himoyachilar to'g'anoq bo'lishdi. 

89. Grignlashvilining uzoqdan yo'llagan zarbasini Botirali Ergashev qaytardi. 

88. Mehmonlar tomonidan hujum tashkil etilmoqda. 

86. AGMKda o'zgarish: Sanjar Tursunov o'rniga SHahzod Nurmatov maydonga tushdi. 

84. "Qo'qon-1912"da o'zgarishlar: Aleksandr Merzlyakov o'rniga Suhrob Nurulloev, Quvondiq Ro'ziev o'rniga Yakuba Bamba tushirildi. 

83. Jokichning azoqdan yo'llagan zarbasi ancha noaniq ko'rinish oldi. 

80. Norbekovning zarbasi samara keltirmadi.  

78. Akbarov maydon markazida Polvonovga nsibatan qo'pollik ishlatdi va ogohlantirildi. 

75. O'yinda urilgan ajoyib gollarni telegram kanlimizda tomosha qilish mumkin: GOLLARNI KO'RISH

73. SHohnazar Norbekov o'ng qanotdan raqib jarima maydoni ichiga kirib borib pas berdi, Sultonov to'p yo'nalishini ozgina o'zgartirdi, ichkarida esa mehmonlardan hech kim topilmadi. 

69. AGMKda o'zgarish: Bahrom Abdurahimov o'rniga Igor Zonich tushdi. 

67. Jarima zarbasidan so'ng Suhrob Sultonov ajoyib seyv namoyish etdi!  

65. "Qo'qon-1912"da o'zgarishlar: Suhrob Berdiev va Filipp Raevac o'rniga Muhammadanas Xasanov va Xamidillo Abduxamidov tushishdi. 

64. Grigalashvilining zarbasini Botirali Ergashev qaytardi. 

61. AGMKda o'zgarishlar qilindi: Vatsadze o'rniga Polvonov, Qosimov o'riga Amanov tushirildi.

59. "Qo'qon-1912" safida o'zgarish: Iqbol Malikjonov o'rniga Muzaffar Muzaffarov tushdi.

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Qanday dahshatli gol! Sanjar Tursunov maydon markazidan gol urdi!  Hisob 2:0! 

54. GOOOOOOOOOOOOLOOLLLLL! Elguja Grigalashvili birga-bir holatga chiqib bordi va mohirona tarzda gol urdi. 1:0!  

51. Yo'ldoshevning say-harakatlari evaziga 

49. Uchrashuv har ikki jamoaning faolligi ostida davom etyapti.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.  AGMKda o'zgarish kuzatildi: Saydullo Rahmatov o'rniga Sardor Rahmonov tushdi.

Keskin kurashlarga boy o'yinda birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus! 

Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

43. Raevacga nisbatan qo'pol o'yin ko'rsatgani bois Bobur Yo'ldoshev ogohlantirildi. 

40. Berdiev yugurib ketayotgan chog'ida yo'l-yo'lakay Sulaymonovni yiqitib o'tib ketdi, qoida buzish qayd qilindi. 

37. Mirjamol Qosimov burchak to'pini golga aylantirishiga oz qoldi. To'p to'singa tegib qaytdi, undan keyin AGMK futbolchisining zarbasini Botirali Ergashev qaytara oldi. Qoyil! 

36. Jarima zarbasidan yo'llangan zarbani Botirali Ergashev qaytardi.

35.  Murod Holmuhammedovga sariq ko'rsatildi. U Sanjar Tursunovni qo'pol tarzda yiqitdi. 

34. AGMKda yaxshi kombinacion hujum boshlangandi, biroq barchasi Grigalashvilining to'pni yo'qotishi bilan tugadi.   

30. Raevacning bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi. 

28. Berdiev va Malikjonov hujumda bir-birlariga xalaqit qilib qolishdi. 

26. Hakam tomonidan o'yin to'xtitildm. O'yinchilar suv ichib olishlari uchun imkon berildi. 

25. Mehmonlar safida Suhrob Berdiev faol o'ynamoqda, u Raevacga pas berdi, hujumchi esa to'pni ofsaydda qolgan Merzlyakovga uzatdi.  

23. AGMK belgilangan jarima to'pini tezkorlik bilan o'ynab ketishga urindi, ammo buni mehmonlar o'z vaqtida payqab qolishdi, to'pga darvozabon egalik qildi. 

22. Quvondiq Ro'zievning uzoqdan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi. 

20. Uuuxxxx! Elguja! Sanjar Tursunovning o'ng qanotdan havolatib uzatgan to'pini Elguja Grigalashvila raqib darvozasi tomon yo'lladi, zarbaga bir oz aniqlik etishmadi. 

16. Bahrom Abdurahimovning zarbasi himoyailar tomonidan to'sib qo'yildi. 

14. Bugun jamoalar bir-birlariga jang taklif etmoqdalar. 

10. Holmuhammedovning jarimadan yo'llagan kuchli zarbasini Suhrob Sultonov qaytardi. 

9. Jarima maydonchasi ichiga kirib borayotgan SHohnazar Norbekov yiqitildi.  Saydullo Rahmatovga sariq kartochka ko'rsatildi. CHamasi 17 metr masofadan jarima zarbasi tepiladi. 

7. Hozircha bahs teng kurashlar ostida davom etyapti. 

4. Suhrob Berdievga nisbatan qo'pollik ishlatildi deb topildi, jarima zarbasi belgilandi. Murod Xolmuhammedov ijrosidagi uzatma xavfli ko'rinish olmadi. 

1. Uchrashuv boshlandi!


Coca Cola Superliga. 8-tur

7 iyul, seshanba
20:00 - AGMK – QO'QON-1912 2:1
Hakamlar:
Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, G'ayrat Jo'raev
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Axmed Tillaev 

Gollar: Elguja Grigalashvili 54, - 1:0.  Sanjar Tursunov 56, - 2:0. Yakuba Bamba 90,  - 2:1 


AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 23.Yovan Jokich, 44.Bobur Yo'ldoshev, 31.Saydullo Rahmatov (3.Sardor Rahmonov, 46) - 6.Erkin Baydullaev, 4.Mirjamol Qosimov (77.Arslonmirat Amanov, 61) - 17.Sanjar Tursunov (10.SHahzod Nurmatov, 86), 18.Bahrom Abduraximov (88.Igor Zonich, 69), 7.Elguja Grigalashvili - 21.Mate Vatsadze (9.Zafar Polvonov, 61).
Zaxira: 35.Valijon Raximov, 2.Akmal SHorahmedov, 5.Dilshod Jo'raev, 11.Murod Toshmatov

“Qo'qon-1912”:  1.Botirali Ergashev - 3.Bobur Akbarov, 7.SHohnazar Norbekov, 9.Suhrob Berdiev (22.Muhammadanas Hasanov, 65), 10.Quvondiq Ro'ziev (91.Yakuba Bamba, 84), 15.Oybek Rustamov, 20.Iqbol Malikjonov (17.Muzaffar Muzaffarov, 59), 23.Aleksandr Merzlyakov (8.Suhrob Nurulloev, 84), 33.Ivan Yosovich, 69.Filipp Raevac ( 19.Xamidullo Abduhamidov, 65), 70.Murod Xolmuhammedov.
Zaxira: 21.Muzaffar Abdullaev, 4.Sobit Sindarov, 13.Sardor Azimov, 14.Avazxon Mamatxo'jaev

Ogohlantirishlar: Saydullo Rahmatov 9, Murod Holmuhammedov 35, Bobur Yo'ldoshev 43, Bobur Akbarov 78





 

OKMK

Elguzha Grigalashvili - 54', Sanjar Tursunov - 56'

Superliga. 8-tur

07/07/2020, 20:00

1
:
2
Tugadi

Qo’qon-1912

YAkuba Bamba - 90'

45'
90'
10'  Saidullo Rahmatov
43'  Boburbek Yuldashev
46'  Saidullo Rahmatov (Sardor Rahmonov)
54'  Elguzha Grigalashvili
56'  Sanjar Tursunov
61'  Mate Vatsadze (Zafar Polvonov)
61'  Mirjamol Qosimov (Arslanmirat Amanov)
69'  Bahrom Abdurahimov (Igor Zonich)
87'  Sanjar Tursunov (Shahzodbek Nurmatov)
35'  Murod Xolmuhamedov
59'  Iqbol Malikzhonov (Muzaffar Muzaffarov)
65'  Suhrob Berdiyev (Muhammadanas Hasanov)
65'  Filip Rayevac (Hamidullo Abduhamidov)
78'  Boburjon Akbarov
84'  Aleksandr Merzlyakov (Sukhrob Nurulloyev)
84'  Quvondiq Ro'ziev (YAkuba Bamba)
90'  YAkuba Bamba

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика