So’nggi yangiliklar

22:03ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  43 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  0 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  4 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  10 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3 17:39"Ланс" "Челси" собиқ ҳимоячиси билан битим тузди. У Ҳусановга рақобатчи бўлади  5 17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  2 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  4 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  2 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  2

Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" kichik farq bilan "Lokomotiv"dan ustun keldi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "So'g'diyona" kichik farq bilan "Lokomotiv"dan ustun keldi

Coca Cola Superliganing 18-turidan o'rin olgan "So'g'diyona" - "Lokomotiv" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


Coca Cola Superliga. 18-tur
SO'G'DIYONA – LOKOMOTIV 2:1

Gollar: Boltaboev 20, Jo'rabekov 34, Turopov 64.
2 oktyabr. Jizzax. "So'g'diyona" stadioni. 17:00
Hakamlar
: Jasur Muxtorov, Avaz Abdullaev, Sardor Nishonboev, Sanjar Nazarov
Nazoratchi: Dmitriy Roman
Komissar: Laziz Qo'chqorov

"So'g'diyona": 27.Milan Mitrovich, 2.Sardor Qulmatov, 3.Iskandar SHoyqulov (5.Ayubxon No'monov 76), 7.Sanjar Rashidov (14.Daniel Nasriddinov 69), 8.Jamshid Boltaboev, 11.Jasur Hasanov, 18.SHavkat Mullajonov, 19.Javohir Qahramonov, 20.Bahodir Nasimov (21.Sahob Rashidov 61), 22.SHahboz Jo'rabekov, 93.Marko Kolakovich (4.Elyor Orifov 76).
Zaxira: 1.SHirinboy Abdullaev, 25.Nodirbek Kuybokov, 30.Dian Talxatov, 36.Elyor Sobirjonov, 70.Komiljon Qahorov.

"Lokomotiv": 35.Javohir Ilyosov, 3.Jahongir Abdumo'minov (4.SHahzod SHaymanov 71), 7.Kaxi Maxaradze, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 14.Azizbek Amonov (9.Kirill Pogrebnyak 82), 20.G'ulom Haydar G'ulomov, 26.Dilshodjon Komilov ( 5.Slavko Damyanovich 59), 28.SHuhrat Muhammadiev, 37.SHerzod Fayziev, 52.Jaloliddin Jumaboev, 77.Diyorjon Turopov.
Zaxira: 13.Rustam Nartadjiev, 17.Saveliy Abramov, 19.Avazbek O'lmasaliev, 23.Abdul Aziz Yusupov, 25.Javohir Alijonov, 80.Farruh Ibrohimov.

Ogohlantirishlar: Mitrovich 3, SHoyqulov 12, Abdumo'minov 17, Jo'rabekov, 57, Nasriddinov 90+1, Pogrebnyak 90+3.

So'g'diyona

Jamshid Boltaboev - 20', SHahboz Jo'rabekov - 34'

Superliga. 18-tur

02/10/2020, 17:00

1
:
2
Tugadi

Lokomotiv

Diyor Turopov - 64'

45'
90'
3'  Milan Mitrovich
12'  Iskandar SHaykulov
20'  Jamshid Boltaboev
20'  Jasur Hasanov O
34'  SHahboz Jo'rabekov
54'  SHahboz Jo'rabekov
61'  Bahodir Nasimov (Sahob Rashidov)
69'  Sanjar Rashidov (Daniel Nasriddinov)
76'  Iskandar SHaykulov (Ayubxon Nomanov)
76'  Marko Kolakovich (Elyor Orifov)
90'  Daniel Nasriddinov
17'  Jahongir Abdumo’minov
59'  Dilshod Komilov (Slavko Damyanovich)
64'  Diyor Turopov
71'  Jahongir Abdumo’minov (Shahzod Shaymanov)
82'  Azizbek Amonov (Kirill Pogrebnyak)
90'  Kirill Pogrebnyak



MATNLI TRANSLYACIYA



UCHRASHUV YAKUNLANDI! "So'g'diyona" kichik hisobda "Lokomotiv"ni mag'lub etdi!

90+3. Pogrebnyakka sariq kartochka.

90+2. Temurxo'ja Abduxoliqovdan xavfli zarba ammo noaniq.

90+1. Daniel Nasriddinovga sariq kartochka ko'rsatildi

90. Ikkinchi bo'limga to'rt daqiqa qo'shib berdi.

88. "Loko"dan xavfli hujum. Ketma-ket darvoza tomon berilgan zarbalarni Mitrovich bartaraf eta bildi.

82. Azizbek Amanov o'rniga Kirill Pogrebnyak maydonga tushdi.

77. Azizbek Amanovning o'ng qanotdan jarima maydonchasi ichiga uzatgan to'pini Maxaradze bosh bilan darvoza yo'lladi, yana darvozabon o'z o'rnidaligini isbotladi.

76. "Co'g'diyona" jamoasi tarkibida o'zgarishlar: Iskandar SHoyqulov o'rniga Ayubxon No'monov, Marko Kolakovich o'rniga Elyor Orifov maydonga tushdi.

74. "Temiryo'lchilar" futbolchisi qarshi hujumga qochib ketdi. Diyor Turopov o'ng qanotdan shturm uyushtirib to'pni darvoza tomon yo'lladi, darvozabon o'z o'rnida.

71. "Lokomotiv" jamoasi tarkibida o'zgarish: Jahongir Abdumo'minov o'rniga maydonga SHaxzod SHaymanov tushdi.

69. "So'g'diyona" jamoasi tarkibida o'zgarish: Sanjar Rashidov o'rniga Daniel Nasriddinov maydonga tushdi.

68. SHuhrat Muhammadiev o'ng qanotdan to'pni uzatdi, Temurxo'ja Abduxoliqovning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq


64. GOOL! Diyor Turopov ikki himoyachi qurshovidan chiqib ketdi va hisobni qisqartirdi. "So'g'diyona" jamoasi himoyachilarining qo'pol xatosi tufayli Diyorjon Turopov darvozabon bilan deyarli birga bir vaziyatda qoldi va erlatib zarba berib hisobni qisqartirdi -  - 2:1!

61. "So'g'diyona"da o'zgarish: Bahodir Nasimov o'rniga Sahob Rashidov maydonga tushdi. 

60. Yana mehmonlar hujumda. Diyor Turopov darvozabon bilan yakkama-yakka holatga chiqib zarba berdi, yana Mitrovichdan seyv.

59. "Lokomotiv" jamoasi tarkibida o'zgarish: Dilshodjon Komilov o'rniga maydonga Slavko Damyanovich maydonga tushdi.

55. "Lokomotiv"da yaxshi hujum. O'ng qanotdan uzatilgan to'p darvozaga yo'naltirildi, Mitrovichdan seyv

54. So'g'diyona jamoasi burchak zarbasiga ega bo'ldi. Uzatilgan to'pni Ilyosov mushtlari bilan urib yuborgan bo'lsa qaytgan to'pga birinchi etib kelgan Rashidovning zarbasini himoyachilar qaytarib yubordi

54. SHahboz Jo'rabekov ogohlantirildi.

48. Jamoalar ikkinchi bo'limni faol boshlashdi.

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

41. Nasimov juda yaxshi vaziyatni ko'kka sovurdi.

40. SHuhrat Muhammadievda yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Ammo "So'g'diyona" posboni yaxshi harakat qildi.

37. Abdumo'minovning boshi bilan bergan zarbasini "So'g'diyona" posboni egallab oldi.



34. GOOOOL! SHahboz Jo'rabekovning jarimadan bergan zarbasi Ilyosov darvozasidan joy oldi - 2:0!

32. Jaloliddin Jumaboevning uzoqdan bergan zarbasi juda noaniq ketdi.

28. Abduholiqov raqib jarima maydonchasi ichida faol harakat qildi. Ammo yakunda ushbu hujum besamar yakunlandi.

27. Mitrovich va Kolakovich jarima maydonchasi ichida to'qnashib ketdi. Davom etamiz.

26. "So'g'diyona"ning hujumi. Ilyosov o'z vaqtida darvozani tashlab chiqdi va xavfni bartaraf etdi.

23. Mehmonlar o'tkazib yuborilgan goldan so'ng oldinga o'tishmoqda.


20. GOOOL! Jamshid Boltaboev burchakdan oshirib berilgan to'pni raqib darvozasiga kiritdi - 1:0!

19. Amonovning bergan zarbasi juda noaniq.

17. Jahongir Abdumo'minov maydon markazi oldida Rashidovga nisbatan qo'pol o'ynagani uchun ogohlantirildi.


14. Nasimov juda yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. 

13. Mezbonlar futbolchisining etkazib bergan to'pini Ilyosov egallab oldi.

12. Iskandar SHoyqulov G'ulomhaydar G'ulomovga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

7. "Loko" chap qanot orqali oldinga intilmoqda.

4. Abduholiqovning bergan zarbasi jonli devorga tegdi.

3. Xavfli vaziyattt! Milan Mitrovich jarima maydonchasi oldida Diyor Turopovni yiqitdi. Sariq kartochka. "Qizillik" vaziyat edi nazarimizda.

2. "Loko" futbolchilari xato qilishdi. Lekin bunga "So'g'diyona" futbolchilari ham xato bilan javob qaytarishdi.

- UCHRASHUV BOSHLANDI!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. Bugun biz birgalikda Superliga 18-turi doirasida "So'g'diyona" hamda "Lokomotiv" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni birgalikda kuzatamiz. 

- Uchrashuv soat 17:00da boshlanadi.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика