So’nggi yangiliklar

22:42А Серия учрашуви Австралияда ўтказилиши мумкин  0 22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  2 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  12 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  5 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  4 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  4 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  8 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2

Coca Cola Superliga. Sentyabr oyi taqvimi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Sentyabr oyi taqvimi

O'zPFL O'zbekiston milliy termasining sentyabr oyidagi o'yinlari uzil-kesil hal bo'lishi hamda “Paxtakor” klubining CHempionlar ligasidagi ishtirokidan kelib chiqib, Coca Cola Superliganing sentyabr oyida o'tadigan uchrashuvlari sanasiga aniqlik kiritib oldi.

O'zbekiston milliy termasining Eronga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi keyinroqqa qoldirildi. Ammo 3 sentyab kungi Tojikistonga qarshi bellashuv o'z vaqtida o'tadi. “Paxtakor” CHempionlar ligasi guruh bosqichini davom ettirish uchun Qatarga 10 sentyabr kuni yo'l oladi.

SHundan kelib chiqib, “Paxtakor” safar o'yiniga qadar rasmiy 3 ta uchrashuvda maydonga tushadi. Terma jamoaga “Navbahor” va “Paxtakor” klublaridan futbolchilar jalb qilinishi inobatga olinib, Terma jamoalar markazi “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvini Tojikistonga qarshi o'yindan keyin o'tkazishni so'radi. Qayd etish kerak, ikkinchi davra uchrashuvlari uy-safar tizimida davom etadi. So'nggi 4 tur uchrashuvlari qanday tartibda o'tishi keyinroq hal qilib olinadi.

1 sentyabr, seshanba
BUXORO — PAXTAKOR

5 sentyabr, shanba
NAVBAHOR — PAXTAKOR

8 sentyabr, seshanba
METALLURG — PAXTAKOR

“Paxtakor” xalqaro maydon uchun jo'nab ketgach, qolgan klublar ketma-ket uch turda maydonga tushadi. Bunda har kuni 2 tadan uchrashuv o'tkaziladi.

14-tur
10 sentyabr, payshanba

ANDIJON — LOKOMOTIV
NASAF — QIZILQUM

11 sentyabr, juma
SO'G'DIYONA — MASH'AL
BUXORO — QO'QON-1912

12 sentyabr, shanba

BUNYODKOR — SURXON
METALLURG — AGMK

15-tur
15 sentyabr, seshanba

LOKOMOTIV — NAVBAHOR
ANDIJON — NASAF

16 sentyabr, chorshanba
MASH'AL — BUNYODKOR
QO'QON-1912 — METALLURG

17 sentyabr, payshanba

AGMK — SO'G'DIYONA
SURXON — QIZILQUM

16-tur
20 sentyabr, yakshanba

NAVBAHOR — ANDIJON
BUXORO — LOKOMOTIV

21 sentyabr, dushanba
SO'G'DIYONA — QO'QON-1912
NASAF — SURXON

22 sentyabr, seshanba

QIZILQUM — MASH'AL
BUNYODKOR — AGMK

CHempionlar ligasida guruh bosqichi o'yinlari 23 sentyabr kuni yakuniga etadi. Nimchorak final uchrashuvlari 26-27 sentyabrda, chorak final esa 30 sentyabrda bo'lib o'tadi. SHundan kelib chiqib, Toshkent klubining “So'g'diyona”ga qarshi kechishi kerak bo'lgan 17-tur uchrashuvi oktyabr oyidagi FIFA kunlarida o'tkazish rejalashtirilgan. “Paxtakor”ning OCHLdagi ishtirokidan kelib chiqib, bu holat o'zgarishi mumkin.

17-tur
25 sentyabr, juma

ANDIJON — BUXORO
METALLURG — LOKOMOTIV

26 sentyabr, shanba
NAVBAHOR — NASAF
AGMK — QIZILQUM

27 sentyabr, yakshanba
QO'QON-1912 — BUNYODKOR
MASH'AL — SURXON

9 oktyabr, juma
PAXTAKOR — SO'G'DIYONA

O'zPFL milliy termaning oktyabr va noyabr oyidagi raqiblari aniq bo'lishi, uchrashuvlarning qaysi shaharda o'tishi, shuningdek, U-19 Osiyo chempionati sanasining o'zgarishi yoki o'zgarmasligiga qarab, oktyabr oyi taqvimini alohida elon qiladi. Ayni holatda Superliga va kubok uchrashuvlarini to'liq formatda o'tkazish imkoniyati saqlanib turibdi. Rejaga ko'ra, futbol 20 dekabrga qadar davom etadi.

Izoh. Superliga uchrashuvlari sanasini aniqlab olish uchun vaqt kerak bo'ldi. SHundan kelib chiqib, Pro liga, Birinchi liga va ayollar futboli taqvimini elon qilishning iloji bo'lmadi. Tez orada Pro liga klublarining ham sentyabr oyidagi o'yinlari masalasiga aniqlik kiritiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика