So’nggi yangiliklar

18:07Расман: Игорь Сергеев "Персеполис" футболчисига айланди  0 18:01"Манчестер Сити" Гвардиол жароҳат олгани туфайли ижарадаги ҳимоячисини ортга қайтарди  0 17:40Гонсало Гарсия Ван Нистелройнинг натижасини такрорлади  0 17:23"Машъал" афсонаси Жамшид Ҳасанов фаолиятини якунлади  3 17:07Гвардиола "Челси" билан ўйинда икки ҳимоячисидан айрилди  4 16:50"Бу клуб менинг уйим эди. Келажакда ҳам шундай бўлиб қолади". Сергеев "Пахтакор" билан хайрлашди  5 16:44Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  30 16:32Нурилло Тўхтасинов: "Вадим Абрамовнинг қўлида 3 йил ўйнаганман. Самарқандда мухлисларни хурсанд қилишимиз керак"  1 16:10"Сўғдиёна" Грузиянинг 2 карра чемпионига қарши баҳс юритади  1 15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  3 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  8 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  12 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  22 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  3

Coca Cola Superliga prevyusi. "Bunyodkor" - "Lokomotiv" Yangiliklar

Coca Cola Superliga prevyusi. "Bunyodkor" - "Lokomotiv"

Bugun Coca Cola Superligasi 18-tur bahslariga start beriladi. O'zbekistonning amaldagi chempioni "Lokomotiv" Toshkent derbisida "Bunyodkor" mehmoni bo'ladi.

Aytish mumkinki, bu turning eng markaziy uchrashuvi. Jamoalarni turnir jadvalida faqat 4 ochko ajratib turibdi. "Paxtakor" 47 ochko bilan ikkinchi o'rindagi "Lokomotiv"dan 13 ochkoga ilgarilab ketgan. "Loko" hisobida 34 ochko bor va ikkinchi o'rinda ketyapti. "Temiryo'lchilar"ni izma-iz taqib etib kelayotgan "Bunyodkor" esa 30 ochko bilan 3-o'rinni egallab turibdi.  

Ko'rib turganingizdek, bugun "Bunyodkor" stadionida yonma-yon o'rinlarda borayotgan ikki kuchli jamoa qarama-qarshiligi guvohi bo'lamiz. "Bunyodkor" mavsum boshidan beri uy uchrashuvlarini goh Olmaliqda, goh TTYMI stadionida o'tkazib keldi. Stadionga yangi yotqizilgan chim tayyor holatga kelgani uchun rahbarlar "Bunyodkor" stadionida hech bo'lmasa bitta o'yin o'tkazishga rozilik bildirishdi. 

Bugungi o'yin nimasi bilan muhim? Avvalo jamoalar o'rtasidagi ochkolar farqi yaqinligi bilan. CHunki to'rt ochko katta emas, shu bois ikkala jamoa ham faqat g'alabani ko'zlab harakat qiladi. "Bunyodkor" to'rt ochkolik farqni uchtaga qisqartirishga, "Loko" esa 7 ochkolik farqni yuzaga keltirib "Bunyodkor"dan yanada ildamlab ketishga harakat qiladi. 

Vaziyatga real qaraydigan bo'lsak, bu yil Paxtakor" chempion bo'lishi ehtimoli juda yuqori. Kurash asosan ikkinchi o'rin uchun kechmoqda va bunda aynan bugungi raqiblar kumush medallarga asosiy davogar hisoblanadi. Qolaversa bugun nafaqat ikki jamoa, balki o'ziga yarasha nom qozongan murabbiylarning ham o'zaro "dueli" guvohi bo'lamiz. Hozirda "Bunyodkor"da ishlayotgan Vadim Abramov uchun sobiq jamoasiga qarshi bahs olib borish alohida ahamiyat kasb etadi. "Loko" ustozi Samvel Babayan esa bugun safarda birinchi uch ochkosini qo'lga kiritishga harakat qiladi. 

"Bunyodkor" uydagi o'yinlarni ko'tarinki ruhda o'tkazyapti. Jamoa qatorasiga oxirgi uchta uy o'yinida g'alaba qozondi. "Qaldirg'ochlar" navbati bilan "Dinamo" (4:2), "Surxon" (3:0) va "Metallurg" (1:0) klublarini mag'lub etishdi. "Bunyodkor" oxirgi ikkita uy bahsida o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. Bilasizmi? "Bunyodkor" bu yil hisobidan "o'z maydonida" faqat bitta o'yinda mag'lub bo'lgan. Superliga 2-turida jamoa "Paxtakor" stadionida "Paxtakor"ga qarshi mezbon sifatida to'p tepib, 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan. 

"Lokomotiv" o'tgan turda "Nasaf"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi. "Loko" uydagi o'yinlarda g'alabaga erishyapti, biroq safarda negadir omad kelmayapti. "Temiryo'lchilar" safarda "Nasaf"ni mag'lub etib qaytishganidan beri uchta o'yinni safarda o'tkazib boshqa zafar qucha olishmadi: ikki mag'lubiyat va bir durang. "Lokomotiv" Samarqandda "Dinamo"ga 1:2, Jizzaxda "So'g'diyona"ga 0:1 hisobida yutqazib, Termizda "Surxon" bilan 1:1 o'ynadi. 

Albatta, safarda qatorasiga uchta g'alabasiz o'yin "Loko" uchun ko'plik qiladi, chunki jamoa oldiga yuqori vazifalar qo'yilgan. Bu ham bugungi bellashuv "Loko" uchun naqadar muhimligini ko'rsatmoqda. SHunday ekan, soat 19:15dan boshlab "Bunyodkor" stadionida ajoyib futbol guvohi bo'lsak ajab emas.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика