Coca-Cola Superliga o'tish o'yinida VAR tizimidan foydalaniladi
30 noy 2021 10:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/671026_original.jpg)
![](/upload/storage/671026_220.jpg)
Coca-Cola Superliga o'tish o'yinida VAR tizimidan foydalaniladi
Xabaringiz bor, Pro liga 2021-yilgi mavsumi yakunlariga ko'ra 3-pog'onani band etgan “Olimpik” jamoasi Coca-Cola Superligada 12-o'rinni egallagan “Mashal”ga qarshi o'tish o'yinida maydonga tushadi.
Coca-Cola Superliga o'tish o'yinini yuqori darajada tashkil etish, ayniqsa unda shaffoflikni taminlash maqsadida 2 dekabr kuni o'tkaziladigan uchrashuvda Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladigan bo'ldi. Uchrashuvda VAR tizimi ishlashi bo'yicha yuborilgan so'rovni FIFA tasdiqladi va o'yinni “Paxtakor” stadionida o'tkazishga ruxsat berildi. SHu tariqa Coca-Cola Superliga yo'llanmasi taqdiri hal bo'ladigan uchrashuv avvalboshidan reja qilinganidek, “Jar” stadionida emas, balki “Paxtakor” stadionida bo'lib o'tadi va 2 dekabr, payshanba kuni soat 16:00 da start oladi.
O'tish o'yini
2 dekabr, payshanba
16:00 OLIMPIK — MASH'AL
O’xshash yangiliklar
23:40
Qozog'iston Liga kubogi. "Turon" va "Ordabasi" o'rtasidagi o'yinda jangovar durang qayd etildi 0
17:21
Eshitdik-da! Sanjar Quvvatov "Neftchi"ni tark etdi, u Superliganing boshqa bir grandiga o'tadi 30
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar