So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Coca Cola Superliga. Olmaliqda 6ta gol urilgan bahsda OKMK yana "Metallurg"ga mag'lub bo'ldi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. Olmaliqda 6ta gol urilgan bahsda OKMK yana "Metallurg"ga mag'lub bo'ldi

Coca Cola Superliganing 19-turi doirasidagi OKMK - "Metallurg" bahsi boshlandi.

OKMK - "Metallurg" 2:4 (TUGADI)

Bosh hakam: Aziz Asimov

Yordamchi hakamlar: Avaz Abdullaev, Baxtiyorxo'ja SHavkatov

Zaxira hakami: Doston Rahmonov

VAR: Firdavs Norsafarov

AVAR: Sanjar SHoyusupov

Nazoratchi: Bobur Haydarov

Komissar: Qudrat Madraimov.

Gol: Rizo Yazdando'st (Sardor Abduraimov) 23, SHahzod Ubaydullaev 27. 0:2, Xurshid G'iyosov (penalti) 35, 1:2, SHahzod Ubaydullaev (Zabihillo O'rinboev) 48, 1:3, Akrom Komilov (Xurshid G'iyosov) 64, Zabihillo O'rinboev (SHahzodbek G'ofurbekov) 80

OKMK: 1. Botirali Ergashev, 4. Mirjamol Qosimov (15. Oybek Rustamov, 46), 5. Anzur Ismoilov (3. Sardor Rahmonov, 84), 7. Dilshod Ahmadaliev, 9. Ruben Sanches ( 2. Akramjon Komilov, 63), 10. Hurshid G'iyosov, 17. Sanjar Tursunov, 20. Islom To'xtaxo'jaev, 22. SHohruh Gadoev, 27. Martin Boake (14. Mirjahon Mirahmadov, 84), 88. Siavash Haqnazariy.

Zaxiradagilar: 12. Dilshod Yoqubov, 25. Valijon Rahimov, 19. Muhammadanas Hasanov, 24. Murat Ermatov, 34. Ulug'bek Sunnatov.

"Metallurg": 87. Akmal Ortiqov, 3. Danial Maxini, 4. Kerim Palich, 8. Iskandar SHayqulov, 9. Zabixillo O'rinboev (11. Damir Temirov, 90+8), 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 15. Sardor Abduraimov (23. Behruz SHodmonov, 90+8), 17. Rizo Yazdando'st (6. Xudoyshukur Sattorov, 75), 22. SHahzodbek G'ofurbekov, 77. SHahzodbek Ubaydullaev (20. Daler SHaripov, 75), 97. Muhammadali Aliqulov.

Zaxiradagilar: 12. Aleksandr Lobanov,  18. Sarvar Abduhamidov, 19. Ergash Ismoilov, 21. Muhammadaziz Ibrohimov, 70. Alisher Hayrullaev.

Ogohlantirish: Rizo Yazdando'st ("Metallurg") 53, Iskandar SHoyqulov 90, SHahzod G'ofurbekov 90+3, 90+4. 

CHetlatish: SHahzod G'ofurbekov 90+4. 


MATNLI TRANSLYACIYA


90+8. O'ZGARISH. "Metallurg", Sardor Abduraimov o'rniga Behruz SHodmonov, Zabihillo O'rinboev o'rniga Damir Temirov tushdi. 

90+4. CHETLATISH. SHahzod G'ofurbekov ikkinchi sariqni ham oldi va chetlatildi. 

90+3. OGOHLANTIRISH, "Metallurg" SHahzod G'ofurbekov

90. Ikkinchi bo'limga 9 daqiqa qo'shib berildi. 

90. OGOHLANTIRISH. Iskandar SHoyqulov, "Metallurg"

84. O'ZGARISH. OKMK, Anzur Ismoilov o'rniga Sardor Rahmonov, Martin Boake o'rniga Mirjahon Mirahmadov tushdi. 

80. GOL. "Metallurg" bugun Olmaliqqa astoydil gol uraman, deb kelgani aniq. G'ofurbekovning qanotdan bergan uzatmasini Zabihillo O'rinboev jarima maydonchasi ichida qabul qilib olib golga urdi. 

75. O'ZGARISH. "Metallurg", Rezod Yazdando'st o'rniga Xudoyshukur Sattorov, SHahzodbek Ubaydullaev o'rniga Daler SHaripov maydonga tushdi. 

74. ZARBA. Tursunovning zarbasi xavfli tus oldi. Hujumlar navbati tugamayapti.

73. O'yinning tempi yuqori. Intriga esa hali yo'qolmagan. 

66. GOL. Akramjon Komilov hisobni qisqartirdi. 

64. O'ZGARISH. Ruben Sanches o'rniga Akrom Komilov tushdi. 

53. OGOHLANTIRISH. "Metallurg", Rizo Yazdando'st. 

51. Gol inobatga olindi. O'yin davom etadi. 

50. VAR hakamlar guruhi vaziyatni ko'rib chiqmoqda. Ubaydullaevda o'yindan tashqari holat bo'lishi mumkin. CHiziq tortamiz. 

48. GOL. Zabihillo O'rinboev bitta uzatma bilan SHahzod Ubaydullaevni birga bir vaziyatga olib chiqdi. Xujumchi esa vaziyatdan foydalandi. 

46. O'ZGARISH. OKMK, Mirjamol Qosimov o'rniga Oybek Rustamov maydonga tushdi. 

Ikkinchi bo'lim boshlandi. 

Tanaffus

45+2. Gadoevdan yaxshi uzatma. Boake to'pga ulgurmadi. 

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi. 

40. ZARBA. OKMK katta kuch bilan hujumga o'tdi. Ruben Sanchesning zarbasi noaniq ketdi. O'yin tezlashdi. Temp oshdi. 

35. GOL. Xurshid G'iyosov 11 metrlik nuqtadan adashmadi, 1:2

33. PENALTI. Adolatli hakamlardan odilona qaror. OKMK penalti tepadi. 

32. Asimov VAR monitorida o'zi vaziyatni ko'radi. 

31. "Metallurg" darvozasiga penalti belgilanishi mumkin. To'p Abrorbek Toshqo'zievning qo'liga tegdi. VAR hakamlari qaror qabul qilish jarayonida. Asimov ham ularning fikrini kutmoqda. 

27. GOL. SUPER GOL. TUR GOLI. SHahzob Ubaydullaev 30 metrlardan belgilangan jarima zarbasini o'zi ijro etib hisobni 0:2 ko'rinishiga keltirdi. OKMK uyg'onishi kerak. 


23. GOL. "Metallurg" uchrashuvda hisobni ochdi. Mehmonlar futbolchisi Rizo Yazdando'st burchakdan oshirib berilgan to'pni boshi bilan golga aylantirdi.

21. Hujum qilish navbati OKMKga. Gadoevning zarbasi o'ta noaniq. 

19. ZARBA. SHahzod Ubaydullaev qarshi hujumda to'p bilan oldinga o'tdi va zarba yo'lladi. Noaniq. 

16. OKMKda hujumlar soni ko'proq. Lekin aniq zarbalar kam. 

12. O'yin harorati yuqori emas. To'p nazorati mezbonlar tomonida, 60/40

7. Gadoevdan "Metallurg" jarima maydonchasiga uzatma. Akmal Ortiqov xotirjam o'z o'rnida. 

1. ZARBA. Ubaydullaev bo'sh zonadan foydalanib to'pni yuqorilatib O'rinboevga uzatdi. Uning boshi bilan zarbasini Botirali Ergashev osonlikcha ushlab oldi. 

- Uchrashuv boshlandi. CHiroyli o'yin ko'ramiz, degan umiddamiz. 

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика