So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  8 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  2 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Coca Cola Superliga. OKMK Boakening dubli bilan ajoyib kambekni amalga oshirdi va "Andijon"ni mag'lub etdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. OKMK Boakening dubli bilan ajoyib kambekni amalga oshirdi va "Andijon"ni mag'lub etdi

Coca Cola Superliganing 10-turi doirasidagi OKMK - "Andijon" uchrashuvi yakunlandi.

OKMK – "ANDIJON" 2:1

Gollar: Rubin Xebay 35', Martin Boake 82’, 90+1’

14 may 2023 yil. Toshkent, "Jar" stadioni. 19:00

Hakamlar: SHavkat Nasibullaev, Andrey Sapenko, Timur Gaynullin, Sanjar Nazarov

Nazoratchi: Temur Abdullaev

VAR hakami: Rustam Lutfullin

AVAR: Rishat Nugmanov

VAR nazoratchisi: Vladislav Ceytlin

Komissar: Jamshid Imomov

OKMK: 1. Botirali Ergashev, 2. Akrom Komilov (29. Vitaliy Denisov 85’), 3. Sardor Rahmonov, 5. Anzur Ismoilov, 7. Dilshod Ahmadaliev, 4. Mirjamol Qosimov (22. SHohruh Gadoev 46’), 8. Abdulla Abdullaev, 10. Xurshid G'iyosov, 17. Sanjar Tursunov (15. Oybek Rustamov 73’), 88. Siavash Haqnazari (27. Martin Boake 46’), 9. Ruben Sanchez (14. Mirjahon Mirahmadov 73’).

Zaxira: 12. Dilshod Yoqubov, 11. Irakli Ruxadze, 13. Eldor Begimov, 19. Muhammadanas Hasanov.

"Andijon": 72. Igor Litovka, 4. Dilshod Komilov, 14. Abdurahmon Komilov, 15. Vladimir Bubanya, 66. Ilhom Alijonov, 9. Levan Arveladze (19. Suhrob Berdiev 90+7’), 10. Ilhom Abdug'aniev, 13. Sardor Azimov (88. Nodar Kavtaradze 52’), 26. Muhammadkarim Toirov, 17. Farhod Sohibjonov (7. Bobur Farhodov 90+7’), 99. Rubin Xebay.

Zaxira: 12. Mohirbek Komilov, 5. Abduvohid G'ulomov, 11. Sardor Abdunabiev, 28. Islom Mamatkazin, 91. Ahtam Nazarov.

Ogohlantirishlar: Sanjar Tursunov 44', SHoxruh Gadoev 63’


90+7. O'yin tugadi.

90+5. Mehmonlar nima qila olarkin, ko'ramiz…

90+1. GOOOOOOOOOOOOOL!Ahmadalievning uzatmasini Boake golga aylantirdi!

90. Uchrashuvni jonli efirda ko'rsatayotgan “Dunyo bo'ylab” kanalida translyaciya uzildi va xabarlar efirga uzatila boshlandi…

88. OKMK yana bir bor gol urdi, bu safar ham “offsayd”.

85. O'yin yakuni “yonadi”!

G'iyosovning boshi bilan bergan zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pga Boake zarba berdi va gol urdi.

82. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Boake hisobni tenglashtirdi!

78. Gadoevning uzoqdan yo'llagan zarbasi biroz noaniq bo'ldi.

66. Uchrashuv tobora qizib bormoqda.

63. Holat VAR orqali ko'rib chiqildi va “qizil” bekor qilindi. Gadoevga sariq kartochka ko'rsatildi.

61. SHoxruh Gadoevga qizil kartochka ko'rsatildi.

57. Gadoevning “Andijon” darvozasi tomon tepgan to'pi noaniq bo'ldi. 

51. Mehmonlar bo'limni faollik bilan boshlashdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

45+4. Birinchi bo'lim yakunlandi.

45+3. Haqnazariyning zarbasi golga aylanmadi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa vaqt qo'shib berildi.

39. Haqnazariy oldinga yurish qilib to'pni markazga uzatdi, OKMK futbolchisi gol urdi, biroq ushbu vaziyatda o'yindan tashqari holat bo'lgani qayd etildi. 

37. Mezbonlar yanada faollashdi.

Rubin Xebay o'ziga kelib tushgan to'pni kuchli zarb bilan darvozaga yo'lladi va gol urdi!

35. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Mehmonlar uchrashuvda hisobni ochdi!

29. Abduraxmon Komilovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi noaniq bo'ldi.

20. Bahs shiddati oshib bormoqda. OKMK anchagina faol.

10. Havolatib uzatilgan to'pga Bubanya zarba bera olmadi...

3. Abdulla Abdullaevning zarbasi rekoshetga uchradi.

2. Mehmonlar bahsni hujumlar bilan boshladi.

1. O'yin boshlandi!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

Stadionga tez yordam mashinasi etib keldi.

Soat 19:00 da start olishi kerak bo'lgan OKMK — "Andijon" uchrashuviga tez yordam mashinasi etib kelmagani sababli bahs boshlanishi kechikmoqda.

- Uchrashuv 19:00 da boshlanadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика