So’nggi yangiliklar

01:25Дилшод Раҳматов: "Гватемала бизга сўнгги сониягача курашиш кераклигини ўргатди. Мураббийларимиз яхши маънода жуда қаттиққўл"  0 00:53Париж-2024. Япония ва Ироқ ўз учрашувларида ғалаба қозонишди  4 00:50Хосе Венансио Лопес: "Бизга барқарорлик етишмаяпти. Ушбу муаммога имкон қадар тезроқ ечим топишимиз керак"  0 00:26Расман: Саидазамат Мирсаидов - “Навбаҳор” футболчиси!  1 23:53Тимур Кападзе: "Жамоа ўйинидан қониқдим. Рақибимиз дунёнинг энг кучли жамоаларидан бири эди"  17 23:34Расман: Санжар Қувватов "Навбаҳор" билан шартнома имзолади  2 23:17"Ҳаётим давомида бунақа циркни кўрмаганман" – Хавьер Маскерано  17 23:10Париж-2024. Аргентина - Марокаш 1:2, Аргентинанинг сўнги дақиқада урган голи ҳисобга олинмади  1 23:03Расман: Сардор Рашидов – "Навбаҳор" футболчиси!  17 22:50Париж-2024. Ўзбекистон - Испания 1:2, Шомуродов тарихий гол урди, Нематов пенальтини қайтарди  5 22:40Қандай қилиб?! Аргентинанинг 90+16-дақиқа урган голи икки соат ўтиб бекор қилинди. Марокаш ғалаба қозонди!  18 22:14Париж-2024. Миср ва Доминикан ўртасидаги ўйинда Ўзбекистон учун қулай ҳисоб қайд этилди  8 22:05"Mirabror Usmanov Cup-2024". Муросасиз кечган финалда Ўзбекистон Гватемалани мағлуб этди ва мусобақа ғолибига айланди  4 21:43Расман: "Насаф" грузиялик легионери билан шартномани бекор қилди  8 21:06Элдор Шомуродов: "Испанияни мағлуб эта олмаган бўлсак ҳам, ёмон ўйнамадик"  52

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" va "Qizilqum" jamoalari o'zaro durangga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Bunyodkor" va "Qizilqum" jamoalari o'zaro durangga erishdi

Coca Cola Superliganing 13-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Qizilqum" uchrashuvi yakunlandi.

BUNYODKOR – QIZILQUM 1:1

Gol: G'iyosov 43, Margiev 80.


28 avgust 2020 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30
Hakamlar:
Firdavs Norsafarov, Zufar Eliboev, Farhod Usmonov, Ravshan Abduvohidov
Nazoratchi: Aleksandr Popov
Komissar: Erkin Baxtiyorov

"Bunyodkor": 1.Abdumavlon Abduljalilov, 3.Islomjon Qobilov, 5.Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 7.Dilshod Ahmadaliev (11.Rasul Yo'ldoshev 68), 10.Xurshid G'iyosov (77.Selim Nurmuradov 86), 13.Lutfulla To'raev, 14.Mirjahon Mirahmadov (90.SHahboz Erkinov 46), 17.Sanjar Qodirqulov, 19.Nurillo To'xtasinov, 30.Abdulla Abdullaev, 49.Farrux Ikromov (34.Suhrob Izzatov 68).
Zaxira: 25.Akobir Qayumov, 4.Davronjon Ergashev, 6.Anvar G'ofurov, 20.Vladislav Nuriev, 37.Muhammadodil Qahramonov.

"Qizilqum": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Vladislav Kasminin, 6. Erkin Baydullaev, 7.Oybek Qilichev (14.Fayzullo Qambarov 92), 8.Ruslan Margiev, 17.Salim Mustafoev, 21.Muhsin Ubaydullaev (15.Vohid SHodiev 79), 23.SHerali Jo'raev, 44. Ibrohim Tomiva, 75.Oleg Tolmasov, 77.Sunnatilla Abdullajonov ( 10.Alisher Sanoev 46)
Zaxira: 22.Artyom Makosin, 4.Mirjalol Qosimov, 9.Humoyun Abdualimov, 11.Qadamboy Nurmetov,  20. Xurshidjon Olimov, 97.SHerzod Qodirov.

Ogohlantirishlar: Qilichev 28, Kasminin 33, To'raev 86, Baydullaev 89, Qodirqulov 90+1.

 

Bunyodkor

Xurshid G’iyosov - 43'

Superliga. 13-tur

28/08/2020, 18:30

1
:
1
Tugadi

Qizilqum

Ruslan Margiev - 80'

45'
90'
43'  Xurshid G’iyosov
46'  Mirzhahon Mirahmadov (Shahboz Erkinov)
68'  Dilshod Ahmadaliev (Rasul Yo'ldoshev)
68'  Farrux Ikromov (Suhrob Izzatov)
75'  Abdulla Abdullaev
86'  Xurshid G’iyosov (Selim Nurmuradov)
86'  Lutfulla To’rayev
90'  Sanzhar Qodirqulov
28'  Oybek Qilichev
33'  Vladislav Kasminin
46'  Sunnatilla Abdullazhonov (Alisher Sanayev)
79'  Muhsin Ubaydullaev (Vohid Shodiyev)
80'  Ruslan Margiev
89'  Erkin Baydullaev
90'  Oybek Qilichev (Fayzullo Qambarov)


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi.

YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI! Jamoalar o'rtasidagi uchrashuv 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlandi. 

90+2. Oybek Qilichev o'rniga Fayzulla Qambarov maydonga tushdi.

90+1. Qodirqulov Qilichevning tezkor hujumini to'xtatdi va ogohlantirildi. 

90. Hakam ikkinchi bo'limga uch daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

89. Erkin Boydullaev Nurillo To'xtasinovga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

88. Xavfli vaziyatttt! Islom Qobilovning bergan zarbasini Ignatiy Nesterov bartaraf etdi. Ushbu vaziyatda Nesterov jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi. 

86. Lutfullo To'raevga sariq kartochka. 

86. G'iyosov o'rniga Nurmuradov uchrashuvni davom ettiradi. 

85. Oybek Qilichev Qodirqulovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi. 

83. Xurshid G'iyosovda "fol v atake". U raqib jarima maydonchasida Tolmasovga nisbatan o'yin qoidasini buzdi.

80. GOOOL! Ruslan Margievning chamasi 25 metrdan bergan zarbasi raqib himoyachisiga tekkan holda rikoshet hosil qildi va "Bunyodkor" darvozasidan joy oldi - 1:1!

79. Muhsin Ubaydullaev o'z o'rnini Vohid SHodievga bo'shatib berdi. 

75. Abdulla Abdullaev Tomivaga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

74. "Qaldirg'och"larning hujumini raqib himoyachisi bartaraf etdi. 

68. "Bunyodkor"da ikkita o'zgarish: Ahmadaliev o'rniga Yo'ldoshev, Ikromov o'rniga Izzatov maydonga tushdi. 

67. Erkinov raqib darvozasi tomon zarba berdi! Ammo ushbu vaziyatda Nesterov mahorat ko'rsatib, to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. 

63. Zarbaaa! Sanoevning aylantirib bergan zarbasi biroz noaniq. 

61. Ruslan Margievning chap oyoqda bergan zarbasi raqib darvozasi tepasidan o'tib ketdi. 

52. Salim Mustafoevning bergan zarbasi biroz noaniq. Futbolchi raqib darvozasi tomon yaxshigina reyd amalga oshirgandi.  

46. "Bunyodkor" tezkor hujum tashkil etdi. Lekin Nesterov o'z o'rnida.

Tanaffusda har ikki jamoa tarkibida bittadan o'zgarish bo'ldi. "Bunyodkor" safida Mirahmadov o'rniga Erkinov maydonga tushdi. "Qizilqum" tarkibida esa Abdullajonov o'rniga Sanoev uchrashuvni davom ettiradi. 

IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!


BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

45. Hakam birinchi bo'limdagi to'xtalishlar uchun 1 daqiqa vaqt qo'shib berdi. 


(Foto: Jahongir Fayzullaev)


43. GOOL! Hurshid G'iyosov 11 metrlik jarima zarbasini aniq amalga oshirdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi - 1:0!

41. Penalti! "Qizilqum" futbolchilari jarima maydonchasi ichida Xurshid G'iyosovga qarshi qo'pollik ishlatdi. 

36. O'yinning uchdan bir qismi orda qoldi. Jamoalar esa hozircha ko'zga ko'rinadigan tayinli hujum tashkil etishgani yo'q. Bir so'z bilan aytganda zerikarli o'yin.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


33. Vladislav Kasminin raqib bilan bahslashgani uchun ogohlantirildi.

32. SHerali Jo'raevning bergan zarbasini Abdujalilov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

28. Oybek Qilichev maydon markaziga yaqin joyda raqib futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzdi va sariq kartochka bilan jazolandi.

19. Mirahmadovning boshi bilan bergan zarbasi biroz noaniq bo'ldi. 

14. Zarbaaa! To'xtasinovning uzoqdan bergan zarbasini Nesterov qaytarib yubordi. 

11. Tomivaning bergan zarbasi noaniq. 

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


10. "Qizilqum" futbolchilari ikkita hujum tashkil etishdi. Ammo ularning har ikkisi ham samarasiz yakunlandi.

5. "Bunyodkor"ning chap qanot orqali tashkil etgan hujumi Nesterov to'pni egallab olishi bilan yakunlandi.

3. "Qizilqum"ning hujumi. Lekin to'pga xech kim etib bora olmadi.

(Foto: Jahongir Fayzullaev)


-UCHRASHUV BOSHLANDI!

-Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. 

-Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun Superliga 13-turi doirasida "Bunyodkor" hamda "Qizilqum" jamoalari o'rtasidagi o'yinni kuzatib boramiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика