So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  2 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Coca Cola Superliga. "Nasaf" "Bunyodkor"ni mag'lub etdi va kumush medalni naqd qildi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Nasaf" "Bunyodkor"ni mag'lub etdi va kumush medalni naqd qildi

Superliganing 25-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" - "Nasaf" uchrashuvi yakunlandi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


BUNYODKOR – NASAF 0:1 

Gol: Stanoevich 8.


29 noyabr 2020 yil. Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 14:30 (Madaniyat va Marifat TV LIVE)
Hakamlar:
Zokir Qodirov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, SHuxrat Rajabov
Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev
Komissar: Jahongir Rahmatullaev

"Bunyodkor": 1. Abdumavlon Abduljalilov, 3. Islomjon Qobilov, 4. Davronjon Ergashev, 5. Ibrohimhalil Yo'ldoshev, 10. Xurshid G'iyosov (77. Selim Nurmuradov 74), 11. Rasul Yo'ldoshev (34. Suhrob Izzatov 74), 13. Lutfulla To'raev, 14. Mirjahon Mirahmadov (90. SHahboz Erkinov 74), 17. Sanjar Qodirqulov, 19. Nurillo To'xtasinov (49. Farrux Ikromov 66), 26. Ulug'bek Abdullaev.
Zaxira: 71. Sarvar Karimov, 6. Anvar G'ofurov, 7. Dilshodbek Ahmadaliev, 35. Ibrohim Ibragimov, 37. Muhammadodil Qahramonov.

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 4. Husniddin Aliqulov, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Dilshod Rahmatullaev, 10. Bobur Abduxoliqov, 14. SHarof Muhiddinov, 15. Jo'rabek Mannonov, 20. Islom Kenjaboev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich, 92. Umarbek Eshmurodov.
Zaxira: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 21. Mashhurjon Muhamadjonov, 17. Faysal Faysal Traore, 18. Javohir Esonqulov, 19. Husayn Norchaev, 25. Muhriddin Zoirov, 50. SHohmalik Komilov, 70. Abubakr Rizo Turdaliev.

Ogohlanirishlar: Ergashev 71, Eshmurodov 74.

CHetlatish: Ergashev 88.



YANGILASH

UCHRASHUV YAKUNLANDI! Ushbu g'alaba orqali "Nasaf" kumush medal sohibiga aylandi!

94. Mezbonlar jon-jahdlari bilan oldinga intilishmoqda.

92. Nurmuradovning bergan zarbasi juda noaniq!

90. Hakam ikkinchi bo'limga besh daqiqa vaqt qo'shib berdi. 

89. "Nasaf"da ikkita o'zgarish: Muhitdinov o'rniga Turdialiev, Bozorov o'rniga Traore.


88. Ergashev raqib futbolchisiga qo'pol o'ynagani uchun qizil kartochka bilan jazolandi.

85. "Nasaf" futbolchisining jarimadan bergan zarbasi samarasiz yakunlandi. 

84. Sanjar Qodirqulov o'rniga Dilshod Ahmadalie maydonga tushdi.

82. Toshkentliklarda qarshi hujum. Ammo ushbu vaziyatda "ajdarlar" himoyachilari "ikkinchi qavat"da raqib futbolchisiga halal berib qolishdi. 

82. Zarbaaa! Abdumavlon jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi! Aks holda mehmonlar ikkinchi golni kiritishlari mumkin edi.

76. Bobur Abduxoliqov o'rniga Javohir Esonqulov o'yinni tugatib qo'yadi. 

75. Zarbaaa! Davron Ergashevning kuchli zarbasini Nematov qiyinchilik bilan qaytardi.

74. "Bunyodkor"da uchta o'zgarish: Mirjahon Mirahmadov - SHahboz Erkinov, Xurshid G'iyosov - Selim Nurmuradov, Rasul Yo'ldoshev - Suhrob Izzatov.

74. Eshmurodovga sariq kartochka. 

71. Davronjon Ergashev raqib futbolchisiga nisbatan o'yin qoidasini buzgani uchun sariq kartochka bilan jazolandi. 

68. "Nasaf"da o'zgarishlar. Islom Kenjaboev - Husayn Norchaev, Dilshod Rahmatullaev - SHohmalik Komilov.

66. Mezbonlar safida Nurillo To'xtasinov o'rniga Farrux Ikromov maydonga tushdi. 

65. "Bunyodkor" futbolchilari juda yaxshi qarshi hujum tashkil etishgandi. Ammo hujum samarasiz yakunlandi.  

60. "Nasaf" jarima maydonchasi ichidahar ikki jamoa futbolchilari to'qnashib ketishdi. Ularga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

55. Abdixoliqovga to'p etkazib berilgandi. Ammo u to'pni to'xtata olmadi. 

51. "Bunyodkor" yana oldinga o'tmoqda. 

47. Mezbonlar tezkor hujum bilan boshlashdi. 

46. IKKINCHI BO'LIM BOSHLANDI!

TANAFFUS!

45. BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI!

42. "Nasaf" chiroyli hujum tashkil etdi. Ammo mehmonlarning hujumini Abdujalilov buzib qo'yib, to'pni egallab oldi. 

41. Lutfulla To'raev maydon markazida raqib futbolchisiga nisbatan qo'pol o'ynadi.

38. Endi mehmonlar oldinga o'tishmoqda.

31. "Bunyodkor" ketma-ket hujumlar uyushtirmoqda.

26. Yana bir ajoyib zarba! Qodirqulovning uzoq masofadan bergan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 

22. Zarbaaa! Mezbonlar standart vaziyatdan foydalana olishmadi. 

15. Xavfli vaziyatttt! "Bunyodkor"da ajoyib imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo mehmonlar himoyachisi xavfni bartaraf etdi. 

11. O'yinda temp yuqori. Jamoalar ketma-ket hujumlar uyushtirishmoqda.




8. GOOOL! Marko Stanoevich jarima zarbasidan hisobni ochmoqda!

2. Uchrashuvni mezbonlar faol boshlashdi.

O'YIN BOSHLANDI!

- Assalomu alaykum hurmatli futbol ishqibozlari. 25-turning markaziy uchrashuvi "Bunyodkor" - "Nasaf" o'yinidan matnli translyaciyani boshlaymiz. 

- Uchrashuv soat 14:30da boshlanadi.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика