So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  1 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" Olmaliqda yirik g'alabaga erishdi Yangiliklar

Coca Cola Superliga. "Paxtakor" Olmaliqda yirik g'alabaga erishdi

Coca Cola Superliganing 3-turidan o'rin olgan AGMK - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin.


Coca Cola Superliga. 3-tur

AGMK – PAXTAKOR - 0:3
18 mart 2021 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 18:30
Hakamlar:
Vadim Agishev, Abduhamidullo Rasulov, Aleksandr Sidorov, Lochin Dolimov
Nazoratchi: Mamur Saidqosimov
Komissar: Bekzod Aripov

Gollar: Azizbek Turg'unboev 27, - 0:1 (Sardor Rashidov). Eren Derdiyok 33, - 0:2 (Azizbek Turg'unboev). IbrohimHalil Yo'ldoshev 90+1, - 3:0 (Dragan CHeran).

AGMK: 32.Suhrob Sultonov - 20.Mirg'iyos Sulaymonov, 8.Bobur Yo'ldoshev, 15.Abbos Otaxonov, 2.Akrom Komilov - 4.Mirjamol Qosimov (22.Sanjar SHoahmedov, 70), 23.Yovan Jokich - 94.Elvin Fortes, 17.Sanjar Tursunov (30.Jasur Umarov, 79), 10.Husniddin G'ofurov - 18.Aleksandr Kasyan (9.Zafar Polvonov, 68).
Zaxira: 35.Valijon Rahimov, 5.Dilshod Jo'raev, 7.Sardor Rahmonov, 11.Murod Toshmatov.

"Paxtakor" — 35.Sanjar Quvvatov - 34.Farruh Sayfiev, 23.SHerzod Azamov, 5.Anzur Ismoilov, 6.Ibrohimhalil Yo'ldoshev - 19.SHarof Muhiddinov, 27.Sardor Sobirxo'jaev (14.Humoyunmirzo Iminov, 87) - 8.Azizbek Turg'unboev, 10.Dragan CHeran, 7.Sardor Rashidov (18.Hojimat Erkinov, 69) - 9.Eren Derdiyok (17.SHerzod Temirov, 87).
Zaxira: 25.Eldorbek Suyunov - 16.Marlen CHobanov, 28.Diyor Xolmatov, 88.SHahzod Azmiddinov.

Ogohlantirishlar: Hojimat Erkinov 86.


YANGILASH



90+3. Uchrashuv yakunlandi. AGMK - "Paxtakor" 0:3

90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! IBROHIMHALIL YO'LDOSHEV 0:3. CHerandan to'pni qabul qilib olgan Yo'ldoshev jarima maydoni ichidan kuchli zarba bilan hisobni yiriklashtirdi! 



90. Uchrashuvga 3 daqiqa qo'shildi

90. GOOOOOOOOOOOOOL. Boburbek Yo'ldoshev boshi bilan gol urdi, ammo o'yindan tashqari holat qayd etildi

87. O'zgarishlar. "Paxtakor". Sobirxo'jaev va Derdiyok o'rniga Iminov va Temirov tushdi

86. Ogohlantirish. "Paxtakor". Hojimat Erkinov

79. O'zgarish. AGMK. Tursunov o'rniga Umarov tushdi

76. ZARBAAAAAAA! SHoahmedovning chiroyli to'p uzatishidan keyin G'ofurov deyarli birga bir vaziyatga chiqdi, uning zarbasi darvoza ustidan o'tib ketdi!

73. ZARBAAAA! CHeranning zarbasidan keyin Sultonov to'pni ushlab oldi

70. O'zgarish. AGMK. Qosimov o'rniga SHoahmedov tushdi

69. O'zgarish. "Paxtakor". Rashidov o'rniga Erkinov tushdi

68. O'zgarish. AGMK. Kasyan o'rniga Polvonov tushdi

66. ZARBAAA! Elvin Fortesning jarima maydoni ichidan yo'llagan zarbasidan keyin Quvvatov ajoyib seyv qildi!

63. ZARBAAAAAAAAAAAAAA! CHap qanotdan G'ofurov uzatgan to'pni Quvvatov qaytardi, Jokichning kuchli va aniq zarbasidan keyin to'pni Anzur Ismoilov qaytardi!

57. ZARBAAAAAAAAAA! Husniddin G'ofurovdan chiroyli pas va Fortesdan zarba, to'p darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi 

50. AGMKda jarima to'pi, Mirjamol Qosimovning uzatgan to'pini CHeran qaytardi.

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 0:2  

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

40. UXXXX! Quvvatov! Kasyanning yaqin masofadan tepgan to'pini Sanjar mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi! Kasyan yiqildi, bosh hakam bu vaziyatda penalti yo'q deb hisobladi

33. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! EREN DERDIYOK 0:2. Azizbek Turg'unboevning ajoyib reydidan keyin Eren Derdiyok gol urdi! 




27. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! AZIZBEK TURG'UNBOEV 0:1. Sardor Rashidovning burchakdan uzatgan to'pini Turg'unboev boshi bilan darvozaga yo'lladi!





18. ZARBAAAA! Fortes o'ng tomondan to'pni markazga uzatdi, hech kimga tegmagan to'p Jokichga bordi, Yovanning zarbasi himoyachilarga tegib qaytdi, G'ofurovning keyingi zarbasi Anzur Ismoilov tomonidan qaytarildi!

17. UXXXXX! Turg'unboev himoyada xatoga yo'l qo'ydi, Husniddin G'ofurovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi! Tursunovning zarbasidan keyin to'pni Quvvatov ushlab oldi

14. ZARBAAAAA! "Paxtakor"ning hujumi, Muhitdinovning chap qanotdan uzatilgan to'pni Azizbek Turg'unboev darvozaga aniq yo'llay olmadi

11. Uchrashuvni kuzatish uchun stadionga O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ham tashrif buyurgan

10. "Paxtakor"ning hujumi, chap qanotdan uzatilgan to'pni Sultonov qaytardi, qaytgan to'pni Muhitdinov darvozaga yo'lladi, to'p yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi


6. Sulaymonovning o'ng qanotdan uzatgan to'pi darvoza to'riga tashqi tomondan tegdi

6. Mezbonlarning qarshi hujumi, Kasyan birga bir vaziyatga chiqishga urindi, Quvvatov jarima maydonini tark etib to'pni qaytardi

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика