Coca Cola Superliga. 5-turda tomoshabin soni bo'yicha yana "Navbahor" chempion
11 apr 2021 15:44
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/630422_original.jpg)
![](/upload/storage/630422_220.jpg)
Coca Cola Superliga. 5-turda tomoshabin soni bo'yicha yana "Navbahor" chempion
"Turon" - AGMK uchrashuvi 10 may kuniga qoldirilgan.
PFL malumotiga ko'ra, turning oltita o'yinini tomosha qilish uchun stadionlarga jami 36177 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Bu har bir bahsga o'rtacha 6029 tomoshabin kelganini anglatadi.
Eng ko'p muxlis Namanganda o'tgan "Navbahor" - "Paxtakor" uchrashuviga keldi - 15992. Bu borada ikkinchi natija Bekobodda qayd etildi. "Metallurg" - "Andijon" uchrashuviga 6340 nafar muxlis tashrif buyurdi. Uchinchi natija esa Navoiydagi "Qizilqum" va "Nasaf" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tegishli bo'ldi. SHu kuni "Yoshlar" sport majmuasiga 6165 kishi keldi.
Turning eng kam muxlisi Termizda o'tgan "Surxon" - "Lokomotiv" bahsiga keldi - 1254.
Coca Cola Superliga. 5-turdagi tomoshabinlar tashrifi:
"Navbahor" - "Paxtakor" - 15992
"Metallurg" - "Andijon" - 6340
"Qizilqum" - "Nasaf" - 6165
"Bunyodkor" - "So'g'diyona" - 5100
"Mashal" - "Qo'qon-1912" - 1326
"Surxon" - "Lokomotiv" - 1254
"Turon" - AGMK qoldirilgan
2021 yil eng ko'p tomoshabin to'plagan o'yinlar (1-5-turlar):
1."Navbahor" - "Nasaf" (3-tur) - 19358
2."Navbahor" - "So'g'diyona" (1-tur) - 17558
3."Navbahor" - "Paxtakor" (5-tur) - 15992
4."Andijon" - "Surxon" (2-tur) - 13800
5."Nasaf" - "Paxtakor" (1-tur) - 11812
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar