So’nggi yangiliklar

13:21"Арсенал" жамоанинг эҳтимолий янги ўйинчисидан хафа  1 12:52"Тоттенхэм" 45 млн евролик харидни амалга ошириши мумкин  0 12:12Санчо Италиянинг қайси клубига ўтмоқчи?  1 11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  3 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  9 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  3 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  32 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  1 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  9 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  33

Coca Cola Superliga. 5-tur yakunlari (faqat raqamlar) Yangiliklar

Coca Cola Superliga. 5-tur yakunlari (faqat raqamlar)

19-21 iyun kunlari Coca Cola Superligasida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.


0 - Bekobodning "Metallurg" klubi bu mavsum safarda ketma-ket ikkita o'yinda gol o'tkazmagan yagona jamoa bo'lib turibdi. Andrey SHipilov shogirdlari o'tgan tur "Lokomotiv"ni 3:0 hisobida mag'lub etishgandi, bu turda "Andijon" 2:0 hisobida taslim etildi.

2:0 - "Navbahor" bu yilgi mavsum ikkinchi bor o'z maydonida o'yin o'tkazdi va ikkinchi bor 2:0 hisobida g'alabaga erishdi. "Lochinlar" bu turda "Buxoro"ni mag'lub etishgan bo'lsa, 2-turda "Lokomotiv" xuddi shunday hisobda taslim qilingandi.

3 - "Lokomotiv"ning rossiyalik hujumchisi Kirill Pogrebnyak bu mavsum hozirga qadar 3ta gol urishga erishdi. Etiborlisi hujumchi uchala golni ham boshi bilan raqiblar darvozasiga yo'lladi.

3 - Muborakning "Mashal" jamoasi bu mavsum Superligada ketma-ket uchta durang qayd etgan birinchi klubga aylandi. "Gazchilar" 3-turda "Qizilqum", 4-turda "Surxon" va 5-turda "Nasaf" bilan murosa ko'chasini tanlashdi.

5 - Toshkentning "Bunyodkor" klubi "Paxtakor"ga qarshi o'yinda O'zbekiston chempionatida birinchi marta bir o'yinda 5ta gol o'tkazib yubordi. 2007 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan "qaldirg'ochlar"ning eng yirik mag'lubiyati 0:4 edi. O'sha mag'lubiyat ham 2018 yilgi mavsum "Paxtakor"dan qabul qilib olingan edi.

- Olmaliqning AGMK klubi dastlabki 5ta turda mag'lubiyatga uchragani yo'q. Mirjalol Qosimov shogirdlari 3ta g'alaba va 2ta durang qayd etishdi. 2008 yildan buyon O'zbekiston chempionatida ishtirok etib kelayotgan klub hozirga qadar faqat bir bor mavsumning dastlabki 5ta turini mag'lubiyatsiz o'tkazgan edi. 2013 yilda olmaliqliklar 2ta g'alaba va 3ta durang qayd etishgandi. 



9 - Navoiyning "Qizilqum" klubining Coca Cola Superligasidagi g'alabasiz seriyasi 9ta o'yinga etdi. Klub o'tgan mavsum so'nggi 4ta turda raqiblarini mag'lub eta olmagandi. Bu yil ham dastlabki 5ta uchrashuvda navoiyliklar zafar qucha olishmadi.

9 - "Metallurg" bunga qadar o'z tarixida bir marta Andijonda g'alabaga erishgan edi. Bu voqea 2011 yilgi mavsumda kuzatilgandi. Oradan 9 yil o'tgach Bekobod klubi "Andijon"ni safarda taslim qildi.

10 - Toshkentning "Lokomotiv" klubi O'zbekiston chempionatida o'z maydonidagi ketma-ket ikkita o'yinda mag'lubiyatga uchradi. "Temiryo'lchilar" 2010 yilgi mavsumdan buyon bunday yomon natija qayd etishmagan edi. 



11 - Stadioni hali tayyor bo'lmagan "Buxoro" klubi dastlabki 5ta turning 4tasini raqib maydonida o'tkazdi. Mana shu 4ta o'yinda "Buxoro" o'z darvozasidan 11ta gol olib chiqdi va umuman gol ura olmadi.

17 - "Qo'qon-1912" so'nggi bor O'zbekiston chempionatida 2003 yilda 4:0 hisobida g'alabaga erishgan. 17 yil davomida qo'qonliklar milliy chempionat doirasidagi o'yinlarda bunchalik yirik g'alabani qo'lga kirita olishmagan edi.



32 - "Paxtakor" legioneri Dragan CHeran "Bunyodkor"ga qarshi o'yinda dublga erishdi va klub safida urgan gollari sonini 32taga etkazib oldi. SHu tariqa, CHeran legionerlar orasida "Paxtakor"ning O'zbekiston chempionatidagi to'purari bo'lib oldi. Bungacha CHeran va nigeriyalik Ixeruome Uche hisobida 30tadan gol bor edi.

41 - "Paxtakor" - "Bunyodkor" uchrashuvining 41-soniyasida mezbonlar yarim himoyachisi Sardor Sobirxo'jaev gol urishga erishdi. Bu ortda qolgan 5ta turda urilgan eng tezkor gol bo'ldi. 



92:21 - "Qo'qon-1912" yarim himoyachisi Sobit Sindarov "Qizilqum" darvozasiga gol urgan paytda tabloda 92:21 raqamlari porlab turgandi. Bu 5-turning eng kech urilgan goli bo'ldi.

100% - Karantindan keyingi ikkita turda uchta klub 100 foizli natija qayd etdi. Bular: "Metallurg", "So'g'diyona" va AGMK. Ikkala turda mag'lub bo'lgan klublar esa ikkita: "Lokomotiv" va "Qizilqum".

180 - "Andijon" klubi bu yilgi mavsum o'z maydonida ikkita o'yin o'tkazdi va ikkalasida ham gol ura olmadi. Jamoaning uydagi "quruq seriyasi" 180 daqiqaga etdi. Ayni paytda 2020 yilgi Coca Cola Superligasida o'z maydonida gol ura olmagan yagona klub "Andijon" bo'lib turibdi.

598 - "So'g'diyona" yarim himoyachisi Jasur Hasanov "Lokomotiv" bilan o'yinda gol urdi. SHu tariqa futbolchi 598 kundan so'ng O'zbekiston chempionatida raqib darvozasini ishg'ol qildi. So'nggi bor Hasanov 2018 yilgi mavsum AGMK safida "Neftchi"ga gol urgandi.

1829 - "Metallurg" azosi Stanislav Andreev "Andijon" bilan o'yinda dublga erishdi. Futbolchi faoliyatida ikkinchi bor O'zbekiston chempionatida dubl qayd etdi. Birinchi holat bundan 5 yil avval (1829 kun oldin) sodir bo'lgandi. O'shanda Andreev "Paxtakor" safida "Mashal" darvozasiga ikkita gol urgandi.

Narzulla Saydullaev tayyorladi

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика