Coca Cola Superliga. 4-turda tomoshabin bo'yicha "Andijon" etakchi, Toshkentda esa antirekord yangilandi
05 apr 2021 12:39
Yangiliklar
Coca Cola Superliga. 4-turda tomoshabin bo'yicha "Andijon" etakchi, Toshkentda esa antirekord yangilandi
PFL malumotiga ko'ra, bu o'yinlarni tomosha qilish uchun stadionlarga jami 28 634 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Bu har bir bahsga o'rtacha 4 090 tomoshabin kelganini anglatadi.
Eng ko'p muxlis Andijonda o'tgan "Andijon" - "Mashal" uchrashuviga keldi - 8 524. Bu borada ikkinchi natija Qo'qonda qayd etildi. "Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" uchrashuviga 6 542 nafar muxlis tashrif buyurdi.
Uchinchi natija esa Qarshidagi "Nasaf" va "Turon" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tegishli bo'ldi. SHu kuni "Markaziy" o'yingohga 5 878 kishi keldi.
Turning markaziy uchrashuvi Olmaliqda o'tkazilgan bo'lib, unda AGMK va "Navbahor" jamoalari to'qnash kelishdi. Mazkur bahsga 4 411 nafar tomoshabin kelgan.
O'tgan turda bo'lgani kabi bu turda ham 2021 yildagi eng past ko'rsatki yangilandi. Toshkentdagi "Paxtakor" - "Metallurg" bahsida 413 kishi bevosita stadiondan o'yinni kuzatdi.
Coca Cola Superliga. 4-turda tomoshabinlar tashrifi:
"Andijon" - "Mashal" - 8 524 tomoshabin
"So'g'diyona" - "Surxon" - 1 842 tomoshabin
"Qo'qon-1912" - "Bunyodkor" - 6 542 tomoshabin
"Paxtakor - "Metallurg" - 413 tomoshabin
AGMK - "Navbahor" - 4 411 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Qizilqum" - 1 024 tomoshabin
"Nasaf" - "Turon" - 5 878 tomoshabin
Fikrlar