So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Oq-tepa" va "SHo'rtan" guruh bosqichiga chiqdi Yangiliklar

Coca Cola O'zbekiston kubogi. "Oq-tepa" va "SHo'rtan" guruh bosqichiga chiqdi

Bugun, 28 iyun kuni Coca Cola O'zbekiston kubogi saralashining ikkinchi bosqich uchrashuvlari bo'lib o'tdi.

G'uzorda Asror Aliqulov boshchiligidagi "SHo'rtan" klubi Abdusamad Do'rmonov boshchiligidagi "Neftchi"ni qabul qildi. Toshkentning "Oq-tepa" klubi esa Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo'ldi. Mazkur o'yinlarda g'olib bo'lgan ikki klub Coca Cola Superliganing 14 klubiga qo'shilib, kubokning guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi.


Ushbu sahifada o'yinlarning eng asosiy vaziyatlari va natijalarini onlayn kuzatib borish mumkin. 

YANGILASH



90+3. Uchrashuv tugadi. "SHo'rtan" - "Neftchi" 2:1. 

80. Bir kishi ko'p bo'lib o'ynayotgan mehmonlar hujumni kuchaytirishga harakat qilishmoqda

77. O'yinda to'xtalish. Xudoyorxon Sagdullaevga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda

75. QIZIL KARTOCHKA! Hujumda raqib darvozaboniga qo'pollik qildi deb topgan hakam Jasur Xolto'raevga ikkinchi ogohlantirishni ko'rsatdi. Bu esa qizil kartochkaga aylandi. "SHo'rtan" 10 kishi bo'lib qoldi!

71. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHiroyli hujumdan keyin SHokir Yo'ldoshev "SHo'rtan"ni oldinga olib chiqdi - 2:1

68. "Neftchi" jamoasida o'zgarishlar. Saidov o'rniga S.Zokirov hamda I.Karimov o'rniga D.Toshmatov maydonga tushdi

62. "SHo'rtan" jamoasida o'zgarishlar Qurbonboev o'rniga Sagdullaev hamda Murodov o'rniga SHodmonov maydonga tushdi

60. "Neftchi" safida o'zgarish Bobojonov o'rniga Bikmaykin maydonga tushdi

60. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Jasur Xolto'raev hisobni tenglashtirdi - 1:1

55. "SHo'rtan"ning hujumlari samarasiz yakunlanmoqda...

52. ZARBAAAAAA! Jasur Xolto'raevning boshi bilan bergan zarbasi darvoza yonidan utib ketdi

49. Ogohlantirish. "Neftchi". Islomjon Toshpo'latov

48. Qarshi hujumda "SHo'rtan", Jasur Xolto'raev ajoyib vaziyatdan foydalana olmadi.

47. Ikkinchi bo'lim mehmonlarning hujumi bilan boshlandi.

46. Ikkinchi taym boshlandi.


45+1. Birinchi taym tugadi, "SHo'rtan" - "Neftchi" 0:1

45. "Neftchi" etakchisi Mansur Saidovga tibbiy yordam ko'rsatildi

44. "SHo'rtan"da chap va o'ng qanotlar ko'ngildagidek "ishlamoqda". Biroq jarima maydoni ichida "Neftchi" himoyachilari "SHo'rtan" hujumchisi Jasur Xolto'raevni zararsizlantirishni o'rniga qo'yishmoqda

42. To'p nazorati "SHo'rtan"da, "Neftchi" katta kuch bilan himoyalanmoqda. Tanaffusga oz qoldi

40. "SHo'rtan" safida o'zgarish Elyor Omonjonov o'rniga Sanjar To'raqulov maydonga tushdi

35. ZARBAAA! Dostonbek Bobojonovning zarbasini Mirzohid Mamatxanov katta qiyinchilik bilan qaytardi!

32. ZARBA! "SHo'rtan" gol o'tkazgach hujumkorlikni oshirdi, Samandar SHodmonovning zarbasi xavfli chiqdi.

31. GOOOOOOOOOOOOOOOL! Otabek Zokirov 11 metrli jarima to'pidan gol urdi - 0:1.

30. PENALTI! "SHo'rtan" darvozasi tomon! 

29. Xavfli vaziyat. O'ng qanotdan mehmonlar jamoasi darvozasi tomon jarima to'pi belgilandi. Jahongir Qurbonboevning zarbasini darvozabon ushlab oldi.

28. O'yin biroz zerikarli kechmoqda.

20. Endi mehmonlar jarima to'pi tepishadi. Otabek Zokirovning zarbasi noaniq ketdi, hozircha hisob ochilgani yo'q.

17. "SHo'rtan" jarima zarbasiga ega bo'ldi. ZARBAAA! Samandar SHodmonovning yo'llagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi!

15. "Neftchi" safida tajribali Mansurjon Saidov faol harakat qilmoqda.

8. Ogohlantirish. "SHo'rtan". Jasur Xolto'raev

1. G'uzordagi o'yin boshlandi.



Coca Cola O'zbekiston kubogi. Saralash ikkinchi bosqichi
28 iyun, yakshanba

18:00 SHO'RTAN – NEFTCHI 2:1

Hakamlar: Rustam Lutfullin, Farruh Yo'ldoshev, Otabek Qosimov, Nayim Qosimov

Nazoratchi: Andrey Snetkov

Komissar: Jamshid Imamov

Gollar: Otabek Zokirov 31 penalti, - 0:1. Jasur Xolto'raev 60, - 1:1. SHokir Yuldashev 71, - 2:1.

"SHo'rtan": 25.Mirzohid Mamatxanov, 2.Nurali Padarov, 7.Olimjon Karimov, 8.SHamsiddin Sagdullaev, 10.Maruf Murodov (27.Islom SHodmonov, 62), 11.Jasur Xolto'raev, 14.SHokir Yuldashev, 17.Elyor Omonjonov (28.Sanjar To'raqulov, 40), 18.Samandar SHodmonov, 22.Sardor Sadullaev, 29.Jahongir Qurbonboev (9.Xudoyorxon Sagdullaev, 62).
Zaxira: 1.Asadulloxon Polvonov, 5.Elbek Otaqulov, 24.Bekzod Suvonov, 34.SHahboz Jo'raev, 77.Salohiddin Sanaqulov, 97.Faxriddin Alimov.

"Neftchi": 35.SHerzodbek Abduraimov, 3.Timur Sultonov, 5.Eldor Ergashev, 7.Mansur Saidov (77.Sanjarbek Zokirov, 68), 8.Islom Karimov (17.Dostonbek Toshmatov, 68), 9.Otabek Zokirov, 10.Islomjon Toshpo'latov, 13.Jamshid Qobulov, 20.Dilyorbek Irmatov, 70.Doston Bobojonov (23.Idris Bikmaykin, 60), 88.Jafar Ismoilov.
Zaxira: 96.SHuhratillo Rahmonov, 22.Asilbek G'oyibjonov, 25.Doniyor Madaminov, 99.Ilhomjon Vahobov.

Ogohlantirishlar: Jasur Xolto'raev 8, Islomjon Toshpo'latov 49,

CHetlatish: Jasur Xolto'raev 75 (2SK).




90+5. Uchrashuv tugadi. "Dinamo" - "Oq-tepa" 3:4


90+1. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SHohruh Abdurahmonov uzoq masofadan ajoyib gol urdi - 3:4.

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

86 - Dinamochilar hisobni qisqartirish uchun shoshilishmoqda. Oqtepa jamoasi esa hujumlarni maydon markazidayoq to'xtatishga urinmoqda

82 - «Dinamo» butun jamoa bo'lib hujumga o'tmoqda. Raqib esa yana qarshi hujumni poylamoqda. O'yinning oxirgi o'n daqiqaligi ancha shiddatli kurashlarga boy bo'layapti.

80. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Burchak uzatmasini Amirjon Safarov darvoza tomon boshi bilan burib qo'ydi, ammo to'p darvoza ustuniga qaytgach, Hakimxon Alamxonov kuchli zarba bilan darvozaga joyladi - 2:4.

78. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Himoyachilar xatosidan keyin Samandar Ochilov hisobni yana yiriklashtirdi - 1:4.

75. GOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Amirjon Safarov yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib yo'llagan zarbasini darvozabon qaytardi, qaytgan to'pni SHobirov darvozaga kiritdi - 1:3

73 - Nuriddinov o'ng qanotdan hujumga o'tib, Amirjon Safarovga uzatdi. Amirjonning bosh bilan yo'llagan zarbasini darvozabon Erkin Jabborov qaytarib qoldi.

72. "Dinamo"da o'zgarishlar. Alisher Yusupov o'rniga Bunyod Isroilov, Nizom Norov o'rniga SHarofiddin SHobirov to'p suradi.

68. Bo'ldi, bugun Ibrahim Tomiva boshqa gol urmaydi. Sababi uning o'rniga Vladislav Fomin tushdi

63 - GOOOOOOOOOOOOOOOL! 0:3! Ibrahim Tomivadan xet-trik! Bu safar unga Sarvar Jumaniyozov to'pni uzatgandi

60 - Mehmonlarning navbatdagi xavfli hujumi. Jamshid Yusupovning kuchli zarbasi biroz noaniq chiqdi

59 - "Dinamo" hisobni o'zgartirish uchun oldinga bormoqda, biroq aniq hujumlar va vaziyatlar ko'p emas

55 - O'zgarish. Dinamo. M.Rahimberganov o'rniga SHahboz Nuriddinov tushdi

53. ZARBA! Alisher Yusupovning zarbasini Erkin Jabborov qaytardi

51 - O'zgarish. Oq-tepa. Temur Hakimov o'rniga Sunnatilla Mamadaliev tushdi

48 - Ibrohim Tomiva navbatdagi marta yakkama-yakka holatga chiqdi. Bu safar Eshbo'taev jamoasini muqarrar goldan qutqarib qoldi!

46 - O'zgarish. Dinamo. Damir Temirov o'rniga - Azamat Allaniyozov. Komil SHarofutdinov o'rniga Jasur O'rinov tushdi

46. Ikkinchi taym boshlandi


45+1. Birinchi taym tugadi, "Dinamo" - "Oq-tepa" 0:2

45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shildi

44 - Abdurahmonov SHarofutdinovni qanotdan qulay vaziyatga chiqardi, Komil ofsaydda...

 41. Ikkinchi goldan keyin «Dinamo» ketma-ket ikkita hujum uyushtirdi, samarasiz...

37. GOOOOOOOOOOOOOOL! Samandar Ochilov oshirgan to'pni darvozaga yo'llagan Ibrahim Tomiva dublini rasmiylashtirdi - 0:2

35 - Mehmonlarning navbatdagi qarshi hujumi! Eshbo'taevdan seyv! SHohruh «to'qqizlik»ka borayotgan to'pni qaytarib qoldi!

33 - XAVFLI VAZIYAT! Alisher Yusupov himoyada xatoga yo'l qo'ydi, Temur Hakimov va Ibrahim Tomiva Eshbo'taevga qarshi yakkama-yakka holatga chiqib kelishgandi, so'nggi pallada Hakimxon Alamxonov Hakimovning uzatmasini qaytarib qoldi!

30. Ogohlantirish. "Oq-tepa". Akbar Alisherov

29. "Dinamo"chilar hisobni tenglashtirish uchun shoshilishmoqda, mehmonlar esa Tomiva va Temur Hakimov orqali xavfli qarshi hujumlar uyushtirishmoqda

28. Bosh hakam Komil SHarofutdinov yiqitilgani uchun jarima to'pi belgiladi. Avaz Agalievning zarbasi noaniq chiqdi.

24. Gol bo'lgan vaziyatda raqibning afrikalik hujumchisi katta tezlikda Alisher Yusupov va darvozabon SHoxruh Eshbo'taevni dog'da qoldirib, bo'sh darvozani ishg'ol etdi...

23. GOOOOOOOOOOOOOL! Ibrahim Tomiva baribir niyatiga etdi va hisobni ochdi - 0:1.

19. ZARBAAA! Yana o'sha Tomiva raqib himoyachilarini aldab zarba berdi, biroz noaniq! 

17. Ogohlantirish. "Dinamo". Jasur Azimov

15. Xavfli vaziyat! "Dinamo" himoyachisi Komil SHarofutdinovning qo'pol xatosidan Ibrahim Tomiva foydalana olmadi, uning zarbasini Eshbo'taev qaytardi! Ajoyib seyv! 

11 - Har ikki jamoa ham to'p uchun kurashni asosan maydon markazida olib bormoqda

8 - Alisher Yusupovning jarima zarbasidan yo'llagan to'pi kuchsiz chiqdi, Erkin Jabborov o'z o'rnida

6 - Xavfli vaziyat! Safarov deyarli yakkama-yakka holatga chiqdi, himoyachilar to'pni qaytarishdi!

5-daqiqada Yusupovning jarima maydoni tomon uzatgan to'piga Amirjon Safarov eta olmadi.

1. Samarqanddagi bahs start oldi.



18:00 DINAMO – OQ-TEPA 3:4

Hakamlar: Ilya Ilin, SHavkat Rahmatov, Damir Iskenderov, SHuhrat Rajabov

Nazoratchi: Baxtiyor Namozov

Komissar: Jahongir Rahmatullaev.

Gollar: Ibrahim Tomiva 23, - 0:1. Ibrahim Tomiva 37, - 0:2. Ibrahim Tomiva 63, - 0:3. SHarafiddin SHobirov 75, - 1:3. Samandar Ochilov 78, - 1:4. Hakimxon Alamxonov 80, - 2:4. SHarofidin 90+1, - 3:4.

"Dinamo": 1.SHohruh Eshbo'taev, 4.Hakimxon Alamxonov, 5.Avaz Agaliev, 7.Jasur Azimov, 9.Nizom Norov (17.SHarafiddin SHobirov, 72), 10.Amirjon Safarov, 11.Damir Temirov (27.Azamat Allaniyazov, 46), 19.Muhammadqodir Rahimberganov (20.SHahboz Nuriddinov, 55), 23.Alisher Yusupov (44.Bunyod Isroilov, 72), 26.Komil SHarofutdinov (24.Jasurbek O'rinov, 46), 34.SHohruh Abdurahmonov.
Zaxira: 30.Farhod Rahmatov, 2.Bekzod Ahmadjonov, 8.Timur SHaripov, 21.Muhammadqodir Hamraliev, .

"Oq-tepa": 1.Erkin Jabborov, 2.Farruh Sodiqov, 4.Sergey Proxorov, 8.Jamshid Yusupov, 9.Sarvar Jumaniyozov, 10.Islomjon Ismoilov, 11.Temur Hakimov (6.Sunnatilla Mamadaliev, 51), 17.Ibrahim Tomiva (23.Vladislav Fomin, 68), 20.Samandar Ochilov, 25.Akbar Alisherov, 33.Maksimilian Fomin.
Zaxira: 18.Elyorbek Baxtiyorov, 3.Doniyor Umarov, 7.SHerzod Qodirov, 15.Mirjalol Miryusupov, 77.Zafar To'raev.

Ogohlantirishlar: Jasur Azimov 17, Akbar Alisherov 30, Farruh Sodiqov 62, Jasur O'rinov 65,


Eslatib o'tamiz, jamoalar karantindan so'ng mashg'ulot o'tkazish uchun kam vaqtga ega bo'lganliklari bois, ularga engillik berish maqsadida saralash bahslarida 90 daqiqa ichida g'olib aniqlanmasa, to'g'ridan to'g'ri penaltilar seriyasiga murojaat etiladi.


YANGILASH

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика