So’nggi yangiliklar

20:08ПСЖ — "Бавария". Таркиблар маълум  1 20:00Суперлига. "Машъал" – ОКМК (матнли трансляция)  0 19:46Ўзбекистон ва Непал дуранг ўйнаса нима бўлади?  2 19:36"Андижон" — "Бунёдкор" 0:0 (Матнли транслация)  1 18:06Деку ва Флик ҳозирда Рэшфорд трансферини кўриб чиқмаяпти. "Барса" Диасга эътибор қаратмоқда  0 17:30"Сен буни ўқийсан". Жотанинг энг яқин дўсти ҳалок бўлган футболчига мактуб ёзди  4 16:40"Интер" ва "Галатасарой" Чалханоглу трансфери бўйича музокараларни бошлади  0 16:10Ўзини тополмаган ўнлик: Биринчи давранинг омадсиз трансферлари   11 15:51Расман: Кайл Уокер янги клубга ўтди  0 15:16Дюмфрис Англия топ клубига ўтиши мумкин  0 14:41Жота ва гуллар  8 13:46"Арсенал" баскетболчи учун 80 миллион евро тайёрламоқда   2 13:08Нико Уильямснинг товон пули миқдори маълум бўлди  10 12:27"Ливерпуль" Жотанинг оиласига футболчи билан шартнома бўйича тўлиқ суммани тўлаб беради  11 12:00Лунин қарор қилди  2

Coca-Cola bilan Jahon chempionatiga safar Yangiliklar

Coca-Cola bilan Jahon chempionatiga safar

Teglar :  JCH-2018Coca-Cola
Kecha, 5 iyul kuni Toshkentdagi Coca-Cola zavodida futbol bo'yicha Jahon chempionatiga chipta yutib olgan 20 nafar omadli insonlarni kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.

Akciyada g'olib bo'lgan 20 nafar ishtirokchi 3 iyul kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida, JCH-2018 nimchorak finali doirasidagi SHveciya - SHveycariya o'rtasidagi o'yinni "Zenit Arena" stadionidan tomosha qilish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Rossiyadan qaytib kelgach g'oliblarga zavod bo'ylab ekskursiya tashkil etildi. Ular o'z orzulari ushalishiga yordam bergan kompaniyaning tarixi, faoliyati bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.




«Coca-Cola» va «Coca-Cola Zero» markali ichimliklar yordamida o'tkazilgan akciya 9 apreldan 15 iyunga qadar butun O'zbekiston Respublikasi bo'ylab davom etdi. Akciyada jami 20 dona chipta va 0,5 litr hajmdagi 1,620,000 dona ichimlik o'ynaldi. Ushbu akciyada kumushrang qopqoqli, promo-kodli, maxsus reklama etiketkasiga ega bo'lgan 0,5 litrli «Coca-Cola Classic» ichimligi ishtirok etdi.



«O'zbekistonning 20 nafar fuqarosiga futbol bo'yicha Jahon chempionatining keskin o'tgan va hissiyotlarga to'la bo'lgan o'yinini tomosha qilish imkoniyatini yaratib berganimizdan xursandmiz. Ular unikal imkoniyatga ega bo'lishdi, sababi «Coca-Cola» - Jahon chempionatining global hamkori - ushbu akciyani bizning mintaqada hamma davlatlarda ham o'tkazgani yo'q. Undan oldinroq «Coca-Cola» FIFA bilan hamkorlikda Jahon chempionati kubogini Toshkent shahriga olib keldi hamda 2000ga yaqin muxlis uni yaqindan ko'rish va rasmga tushish baxtiga muyassar bo'ldi.

Kompaniyaning maqsadi – dunyodagi barcha insonlarning yuraklarini birlashtirish va ijobiy hissiyotlarni uyg'otish. Jahon chempionati va Olimpiada o'yinlari kabi global musobaqalarga homiylik qilish mana shu maqsad yo'lidagi ishlar hisoblanadi. O'zbekistonning barcha fuqarolariga bizning reklama kampaniyalarimiz va takliflarimizni kuzatib borishlarini tavsiya qilaman, axir «Coca-Cola» butun dunyoga o'zining yangiliklari bilan mashhur, hamyurtlarimizni yangiliklar bilan quvontirishda davom etamiz», deydi «Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston» bosh direktori o'rinbosari U.T.Turdiev.



Jahon chempionatiga chipta yutib olgan 20 nafar insonning yarmi Toshkentdan, qolgan yarmi esa Xorazm, Farg'ona, Samarqand, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlaridan edi. G'oliblar safar taassurotlari bilan o'rtoqlashishdi:

A.Mahmudov (Toshkent shahridan): «Coca-Cola» kompaniyasiga ajoyib safar, Sankt-Peterburgda futbol bo'yicha Jahon chempionatidek bayramda ishtirok etish va uni his qilish imkoniyatini yaratib bergani uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchasi yuqori darajada tashkil etildi!!!»

SH.G'aniev (SHahrisabz shahridan): «G'aroyib imkoniyat uchun «Coca-Cola» O'zbekiston kompaniyasiga rahmat aytaman. Sankt-Peterburgdagi stadionda tomosha qilgan o'yindan olgan taassurotlar va ajoyib hissiyotlar, unutilmas safar uchun minnatdorchilik bildiraman!!!»

D.Dadabaev (Toshkent shahridan): «O'zbekistondagi «Coca-Cola» kompaniyasi akciyasining birinchi g'olibi bo'lganimga haligacha ishongim kelmayapti. Hissiyotlarni so'z bilan tariflab bera olmayman. SHaxsan o'zim va barcha g'oliblar nomidan, Rossiyadagi mundialga va tarixiy Sankt-Peterburg shahriga sayohat uchun rahmat aytaman»

Quyida g'oliblarning Sankt-Peterburg shahridagi rasmlarini tomosha qilishingiz mumkin:

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика