So’nggi yangiliklar

16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да биттадан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  1 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  1 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  1 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  1 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  4 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  2 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  2 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  1 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1

CHordana. MTJ murabbiyi nima bo'ladi? Yangiliklar

CHordana. MTJ murabbiyi nima bo'ladi?

SHu kunlarda O'zbekiston milliy terma jamoasining yangi bosh murabbiy kim bo'lishi juda ko'p muhokama qilinmoqda.

Bu haqda muxlislar ham ko'p yozishyapti. Murabbiy nomi jahon chempionatidan keyin elon qilinadi deyilgandi, biroq hozircha O'FA bu borada rasmiy malumot berganicha yo'q.

Kecha saytimiz ofisida sayt xodimlari Xayrulla Xoliqov, SHahboz Beg'amov, Tolibjon Qosimov, Narzulla Saydullaev va Jasur Aslanovlar birgalashib o'zbekchasiga aytganda chordana qurib rosa shu mavzuda suhbatlashdik. Natijada o'zaro gaplarni qog'ozga tushirib buni "CHordana. MTJ murabbiyi nima bo'ladi?" deb nomladik va muxlislar hukmiga havola qilishni lozim topdik.      

X.Xoliqov: - Milliy terma jamoamizga yangi bosh murabbiy tayinlash masalasi ancha cho'zilib ketdi. Bugun shu haqda fikr yuritamiz. Bu borada kim qanday fikrda? Mening taxminimcha, O'FAda konkret bir nomzod bo'lmagan. To'g'ri, Karlush Keyrush haqida ko'p gap-so'zlar bo'ldi, lekin bu shunchaki taxminlardan biri bo'lsa kerak. Menimcha, O'FAning maqsadi shunday bo'lgan: oldin jahon chempionati o'tib olsin, keyin shunga qarab ish ko'ramiz.

SH.Beg'amov: - Bosh murabbiy tayinlash masalasi cho'zilib ketganiga asosiy aybdor bu O'FA. Hisoblab qarasak, 10 oydan beri terma jamoamiz bosh murabbiysiz qolmoqda va jahon chempionatidan so'ng elon qilamiz deyish bu shunchaki absurd. Buni men ishga bo'lgan noprofessionalizm deb qarayman. Oqibatda terma jamoa egasiz qolib ketdi. Bahordan beri to'rtta o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. To'g'ri, bu o'yinlar foydali bo'ldi, lekin birinchi navbatda futbolchilar uchun. Agar rasman bosh murabbiy qo'l ostida shu o'yinlar o'tganida yanada foydali bo'lardi deb o'ylayman.  

T.Qosimov: - Menimcha, futbol futbol bo'lib hali birorta terma jamoa o'n oy bosh murabbiysiz qolib ketmagan bo'lsa kerak.  

X.Xoliqov: - Osiyo Kubogi qurasidan keyin men ishtirokchi terma jamoalar haqida maqola yozgandim. Osiyo Kubogiga chiqqan qaysidir jamoalarda ham bosh murabbiy yo'q, lekin ular ancha kuchsiz jamoalar, shu bois etiborga arzimaydi. Gap hozir avvalo o'zimiz haqimizda.

T.Qosimov: - Masalan, Ispaniyani olaylik. Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli kun qolganida Lopetegi ishdan olinib o'rniga Fernando Yerro qo'yildi. Mundial ispanlar uchun muvaffaqiyatsiz yakunlangach, Yerro ham ketdi va o'rniga ikki kun ichida Luis Enrikeni qo'yishdi.

SH.Beg'amov: - Ko'ryapsizmi, ispanlarda hozir murabbiy nimaga kerak degan savol yo'q. Ular kelajak uchun harakat qilaveradi. Biz esa baribir bu yil rasmiy o'yinlar yo'q-ku degan manoda jim yuribmiz.

T.Qosimov: - Yoki bo'lmasa Gollandiyani olaylik. Bu jamoa oxirgi ikkita yirik musobaqani o'tkazib yubordi (Evro-2016 va JCH-2018), shunga qaramay doim izlanishda. Tinim bilmay hamma bilan o'rtoqlik o'yinlari o'ynayapti. Bosh murabbiy Ronald Kuman ham aytdi: "Bizda hozir avlodlar almashinuvi ketyapti, kelajak uchun jamoa quryapmiz" deb.  

SH.Beg'amov: - Bizda eng yomoni shuki, terma jamoa bosh murabbiysiz qolayotganiga OAVda deyarli reakciya yo'q. Xuddi hamma etiborsizdek bo'lib qolgan. Oddiy misol, Rossiya Evro-2016da o'ta omadsiz qatnashganidan keyin terma jamoa Rossiyaga qaytib kelishi bilanoq o'sha paytdagi murabbiy Sluckiyni darhol televidenie studiyasiga olib kelib savol-javob qilishgandi. Bundan tashqari, har kuni "Match" TVda terma jamoaga oid ko'rsatuv berildi. Har safar navbati bilan mutaxassislar chaqirilib terma jamoani muhoakama qilishdi va bundan keyin kim boshqarishi kerakligini o'rtaga tashlashdi. 

Rossiya shuncha pul evaziga Fabio Kapelloni olib keldi, lekin u ham hech narsa qila olmadi. Sluckiy Kapello boshlab qo'ygan ishni davom ettirgan holda saralashdan olib chiqdi, lekin Evropa chempionati final bosqichida hech narsa qila olmadi. Keyin ruslar bizga futbolchilarimiz mentalitetini biladigan murabbiy kerak degan to'xtamga kelib oxiri mahalliy mutaxassis Stanislav CHerchesovni bosh murabbiy etib tayinlashdi. Bilasizmi, CHerchesov tayinlanishiga asosiy sabab ham jurnalistlar bo'ldi. CHunki ular tinmay gapiraveradi. 

To'g'ri, CHerchesovni ham ko'p tanqid qilishdi, lekin bu murabbiy jahon chempionatida o'zini ko'rsata oldi. Afsuski, bizda murabbiylar kengashi ham, terma jamoani chuqur muhokama qilib beradigan mutaxassislar ham, kuchli tasir o'tkaza oladigan jurnalistlar ham yo'q. SHu bois katta ehtimol bilan shunchaki nomiga qarab kimnidir olib kelamiz, u o'zbek futboliga nimadir bera oladimi-yo'qmi, bu ikkinchi masala. Yoki chetdan murabbiy kelmasa menimcha, SHota Arveladzeni qo'yishadi. 

Biz avvalo terma jamoaga qanaqa murabbiy kerak degan savolga javob bera olmaymiz. CHunki bu savolga javob beradigan mutaxassislar yoki murabbiylar kengashi yo'q. Axir murabbiyni o'rganish ularning vazifasi hisoblanadi. Hozir hamma Umid Ahmadjonovning bir og'iz gapiga mahtal bo'lib o'tiribdi, shu bois haligacha ish pishmayapti. Hamkasblarimiz xafa bo'lmasin-u, bizda jurnalistlar ham ishlay olmaydi. Masalan, "Sport" kanalini olaylik, bilamiz bugungi kunda televideniening kuchi katta, uyda hamma televizor ko'radi. Lekin nima uchun ular studiya tashkil qilib shu haqda gapirmaydi? Nimaga bizda murabbiylar ko'rsatuvga chiqib terma jamoa haqida o'z fikrini aytmaydi?

 Etibor bering-da, o'n oydan beri bosh murabbiy yo'q, lekin hammaning parvoyi falak.  Erta aytar, indin aytar deb kutib yuribmiz. SHuning uchun bu erda yuz foiz OAVning ham aybi bor. Agar hozir kimdir kelsa ham, Osiyo Kubogida yaxshi natija ko'rsata olmasa shaxsan men o'sha murabbiy aybdor deya olmayman. CHunki unga etarli vaqt berilmagan bo'ladi. To'g'ri, baribir qaysidir omadsiz o'yinlarda murabbiyning xatosi bo'ladi, lekin baribir yuz foiz aybdor bo'lib qolmaydi. Birinchi navbatda baribir O'FA aybdor bo'lib qolaveradi. 

X.Xoliqov: - Mening fikrimcha, O'FA nomi chiqqan xorijlik murabbiyni olib kelmoqchi. Umid Ahmadjonov ham shuning tarafdori deb o'ylayman. Lekin bu o'rinda hamma gap yangi murabbiyga pulni kim berishida. Oldin Mirabror Usmonov tadbirkorligidan foydalanib murabbiylarga maoshni o'zi berardi. Hozirgi rahbariyatda ham shunday katta pul bormi? Meni ko'proq shu o'ylantiradi. CHunki chetdan keladigan malakali mutaxassis arzon pulga kelmaydi.

SH.Beg'amov: - Mayli, puli bo'lmasa ham murabbiylar kengashini tuzib nimadir masalalarni muhokama qilib olsa bo'ladi-ku. Avvalo bizga Osiyo Kubogi kerakmi degan savolni ko'ndalang qo'yish kerak. Agar kerak deyilsa, unda shunga qarab ishlash kerak bo'ladi. Muammo shundaki, bizda aniq reja yo'q. Osiyo Kubogiga ham to'rt oy - besh oy vaqt qoldi, buyam bir pasda o'tib ketadi. Undan keyin-chi? Superliga ko'z ochib yumguncha o'tib ketadi. FIFA kunlari nima bo'ladi? Musobaqaga tayyorgarlik rejasi-chi? Bilishimcha, bitta Qatar bilan o'yinimiz bor, boshqa raqiblar-chi?

Hali qachon murabbiy keladi-yu, qachon reja tuzadi, bunisi qorong'i. Yangi murabbiy kelgani bilan jamoa bilan tanishishga ulguradimi?  Xullas, savollar ko'p. Osiyo Kubogi bu safar BAAda bo'ladi. Balki musobaqa boshlanishiga bir oy qolganida u erga borib sharoitlarni ko'rish, terma jamoa uchun bitta joy band qilib qo'yish kerak bo'lar. Lekin bunday reja ham yo'q. Ko'p ishlar xomligicha qolib ketyapti. Agar O'FAda xorijlik murabbiyga beradigan katta pul bo'lmasa, unda o'zimiznikilardan bosh murabbiy tayinlashi lozim. Har doim sharoitga qaraladi, to'g'rimi?

X.Xoliqov: - Bizda yana bitta muammo bor. Bu tashkilotlarni tizim emas, shaxslar boshqarishi. SHu bois ham hamma bir yo ikkita kishining og'ziga qarab qolgan. Aslida-ku, hammasini aniq belgilab qo'yilgan tizim boshqarishi kerak. Hozir hamma Umid Ahmadjonov nima derkin deya qarab turibdi. Hozir O'FAdagilardan kim bilan gaplashmang, terma jamoa murabbiyi haqida so'rasangiz, Umid aka biladi degan javobni eshitasiz. Vaholanki, Ahmadjonov ishda bo'lsa-bo'lmasa buyoqda tizim ishlayverishi kerak. Yana bir gap. SHu yilning 25 yanvar kuni o'tkazilgan qayta saylovda O'FA prezidenti Achilbay Jumaniyazovich Ramatov bir gapni aytgandi, yani bizda chet ellik nomdor murabbiyga beradigan pul yo'q, shu bois arzonroq murabbiyni qo'yamiz. Mana, qishdan beri Keyrush Keyrush deymiz, lekin savol tug'iladi: Keyrushga Eron qancha haq to'layapti? Bir million dollardan ziyodmi? Biz shuncha pulni bera olamizmi? Agar ha beramiz desak, unda kim to'laydi?  

SH.Beg'amov: - To'g'ri, chetdan murabbiy keldi degani - ishimiz hal, endi jahon chempionatiga chiqamiz degani emas. Bunga hech kim kafolat bera olmaydi. Senegal va Marokash bilan o'yinlarga ketishdan oldin Arveladze, Qosimov, Berdiev terma jamoada murabbiylar kengashi bo'ladi deb aytilgandi. Lekin buni ham noto'g'ri qaror deb hisoblayman. CHunki bu murabbiylarning ish joyi bor va ularning muammosi shundoq ham o'ziga etarli. 

Men murabbiylar kengashi deganda boshqa mutaxassislarni nazarda tutyapman. Masalan, Birodar Abduraimov, Rauf Inileev, To'lagan Isoqovga o'xshagan yoshi katta, ko'pni ko'rgan va eng asosiysi hech qaerda ishlamayotgan odamlardan tuzish kerak. CHunki klub murabbiylari baribir o'z ishidan ortmaydi. SHu bois boshqa mutaxassislarni bir joyga jamlab ularning maslahatiga ko'ra ish yuritish zarur deb o'ylayman. Ular o'yinlarni, murabbiylarning ishini tahlil qilib bersin. Balki bizga hozir chetdan murabbiy umuman kerakmasdir? Lekin shu savollarga javob berish uchun mutaxassis bo'lish kerak. 

Yana bir gap. Oldin terma jamoamizda individual kuchli futbolchilar bo'lardi, ammo hozirgi kunda shunaqa o'yinchilar yo'q. Jeparov faoliyatini yakunlash arafasida turibdi, Odil Ahmedov o'yinni boshqarishi mumkin-u, lekin bir o'zi hal qila olmaydi. Yoshlardan esa shunday o'yinchilar chiqmayapti. Hozirgi sharoitdan kelib chiqib biz faqat jamoaviy o'yin evazigagina nima ko'rsata olamiz. SHu bois bizga jamoaviy o'yinni yo'lga qo'ya oladigan murabbiy kerak. Bu murabbiy kim bo'ladi: o'zimizdanmi yo xorijdanmi degan savolga javob bera oladigan mutaxassisning o'zi yo'q. SHu bois faqat jahon chempionati tugashini kutaylik, o'z terma jamoasini jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy keladi deb hamma o'zini ovutib yuribdi. Menimcha, terma jamoa atrofida faqat piar gaplar aylanyapti, aslida esa nima ish qilinayotganidan bexabarmiz.

X.Xoliqov: - Mening fikrimcha, baribir chetdan murabbiy kelgani maqul. CHunki tegirmon navbati bilan deganlaridek, faqat o'zimizning murabbiylarni ko'raverib zerikdik. Futbolimizga yangi "qon quyish" kerak, buni esa faqat chet ellik murabbiygina amalga oshira oladi deb o'ylayman. 

SH.Beg'amov: - CHetdan kelishiga hamma rozi. Lekin faqat nomiga qarab qolish kerak emas. Avvalo ish uslubini churqur o'rganib chiqish talab etiladi. Murabbiyning ustun va kamchilik tomonlarini o'rganish kerak. Bizda esa tahlil qilib beradigan mutaxassislar yo'q, yoki bor-u faqat ko'zdan panada yurishibdi. Keyin bizda yuzxotirlik tushunchasi juda avj olgan. Terma jamoa haqida gapirishga qo'rqamiz. Masalan, Rossiyada terma jamoa o'n oy murabbiysiz qolsa, bu haqda kerak bo'lsa klublar murabbiylari ham gapiradi. 

Bizda esa jim-jit. Superligada ishlayotgan istalgan murabbiydan so'rang, bu mening ishimmas, associaciya hal qiladi deydi. Vaholanki, terma jamoa - xalq jamoasi. CHunki ko'p murabbiylar noto'g'ri gapirib yana ishdan ketib qolmay degan hadik bilan yurishadi. Qachonki hamma o'z mustaqil fikrini bildirsagina O'Zbekistonda futbol rivojlanadi. Negaki asl haqiqat faqat bahs-munozaralarda yuzaga chiqadi. Hamma jim yuraversa futbol nima bo'ladi? Etibor bergan bo'lsangiz, hozir terma jamoa haqida faqat muxlislar bilan bazi jurnalistlar gapiryapti, xolos. Murabbiylar umuman gapirayotgani yo'q. Klublar murabbiylarining biz terma jamoa manfaati uchun ishlaymiz, u qilamiz bu qilamiz deyishi quruq balandparvoz gaplar. CHunki ichi kuygan odam jim o'tirmaydi.

N.Saydullaev: - Mana hozir Osiyo Kubogi deyapmiz-u, lekin erta-indin yangi murabbiy tayinlansa Superliga taqvimi o'zgarib ketmasligiga kim kafolat beradi? Aytaylik, murabbiy menga falon kunlar kerak, yig'in o'tkazmoqchiman desa, iloji yo'q yana o'zgarish bo'ladi. Mana, Urugvay bilan o'yindan oldin ham taqvim o'zgarib ketdi, Osiyo o'yinlariga qura aniq bo'lgandi, taqvim yana o'zgardi. Men hayron qolganim, nahotki ichki chempionat uchun puxta va pishiq taqvim ishlab chiqish shunchalik qiyin bo'lsa? Boshqa joylarda ko'ryapmiz-ku, deyarli hamma o'yinlar oldindan belgilab qo'yilgan kunda o'tkazilmoqda. Boshqa davlatlarda ham taqvim tuzishadi, ammo negadir ularda muammo ko'zga tashlanmaydi. Bizda esa doim shu ahvol.  Endi terma jamoa bosh murabbiyi haqida gapiradigan bo'lsam, mabodo bu lavozimga SHota Arveladze tayinlanadigan bo'lsa, unda men ham xuddi saytimiz ofisiga kelib intervyu bergan Furqat Esonbev kabi buni izohsiz qoldiraman.

T.Qosimov: - Hozirgi holat qisman bir yil oldingi voqealarni eslatib yuboryapti. Esingizda bo'lsa, o'tgan yil shu payt hamma Samvel Babayanning ketishini xohlab "to'lqin" yuzaga keltirgandi. Hozir bo'lsa muxlislar yangi murabbiy qani deb "to'lqin" yuzaga keltirishyapti. Eng qizig'i, o'tgan yil Babayan baribir istefoga chiqmagandi, bu yil esa yangi murabbiy kelmayapti.

SH.Beg'amov: - CHetdan murabbiy topish O'FA xalqaro bo'limining vazifasi hisoblanadi, to'g'rimi? Lekin bu bo'lim o'n oydan beri murabbiy topmagan bo'lsa, shu vaqt ichida nima ish qildi? So'rasangiz muzokaralar davom etyapti degan javobni olasiz. Bu muzokaraning oxiri bormi o'zi? Har qanday murabbiyga rasmiy taklif bilan chiqilsa, o'ylab ko'rish uchun ikki hafta yoki uzog'i bir oy ruxsat oladi. Lekin o'n oylab hech kim o'ylamasa kerak. Demak, O'FA xalqaro bo'limi ham o'z ishini yaxshi bajarmayapti.

X.Xoliqov: - Faraz qilamiz, terma jamoa to'liq Timur Kapadzega topshirildi. Unda nima bo'ladi?

N.Saydullaev: - Menimcha, bu ko'plab muxlislarning noroziligiga sabab bo'ladi. CHunki hamma mashhur murabbiyni kutmoqda. Kapadze esa endigina murabbiylik faoliyatini boshladi.

J.Aslanov: - Men uchun Timur Kapadze varianti maqulroq. CHunki u terma jamoada ko'p yillar o'ynagan va terma jamoa nimaligini yaxshi biladi. Ikkinchidan, terma jamoada hozir yoshartirish ishlari olib borilayotgan ekan, bu ishni Kapadze ham uddalay oladi. Va eng muhimi, yoshlar uni hurmat qiladi va quloq soladi.

Reyting: -128   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика