So’nggi yangiliklar

01:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" "Ювентус"ни "янчиб ташлади"  26 01:24"Арсенал" Родригога альтернатив топиб қўйди  0 00:35Суперлига. "Андижон"дан сафарда камбэк!  1 00:27"Ливерпуль" футболчиси учун уч топ-клуб курашади  3 23:43Тер Штеген Франция сари йўл олиши мумкин  1 23:21Ҳаким Фузайлов: "Бешта гол урадиган ўйинимизда учта гол ўтказдик"  4 22:59Максим Шацких: "Бундай голлар ўтказмаслик керак"  7 22:29Кристиан Эриксен: "Манчестер Юнайтед"га келиб, юраги ҳаста бўлган оддий одам эмас, ҳақиқий футболчи эканлигимни исботладим"  1 21:59Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  58 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  25 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  4 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  11 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  19

CHo'pon, quruvchi, pochtachi... Ukraina kecha qanday jamoaga mag'lub bo'ldi? Yangiliklar

CHo'pon, quruvchi, pochtachi... Ukraina kecha qanday jamoaga mag'lub bo'ldi?

EVRO-2016 doirasida kecha Ukraina terma jamoasi SHimoliy Irlandiyaga qarshi o'yin o'tkazib 0:2 hisobida mag'lub bo'ldi.

Maykl O'Nil boshchiligidagi SHimoliy Irlandiya Evropa chempionatida debyutant hisoblanadi. Ushbu jamoa qita chempionatidagi dastlabki g'alabani kecha qo'lga kiritdi. Qizig'i kecha maydonga tushgan bir qator futbolchilar bundan oldin boshqa turli sohalarda faoliyat olib borishgan.

Konor Uoshington – pochtachi

To'rt yil oldin u tonggi soat 5:30da uyg'onib xatlarni o'z egalariga tarqatib chiqardi. U ko'p bor velosipeddan yiqilaverib tizzalari shikastlab olar va jamoasining o'yiniga arang ulgurardi.



Styuart Dallas – quruvchi

Besh yil oldin u futbolchi bo'lishiga ishonmasdi ham. Ertalab soat 7da sovuqda qurilish maydonida mehnat qilardim. Agar o'sha paytda menga Evropa chempionatiga borishimni aytishsa uni ahmoqqa chiqargan bo'lardim. Aynan qurilish menga hayotni qadrlashni o'rgatdi, – deydi Dallas.




Konnor Maklaflin – yuristlikka o'qigan

To'rt yil oldin Konnor futbolni tugatishni istagandi. Ko'plab jarohatlar va yomon sport formasi tufalyi Prestondan ketishi mumkin edi. Hayotini o'zgartirish uchun yuridik universitetga kirdi. Barchasi yomon kechmayotgandi, ammo kutilmaganda Toshkentning Lokomotiv klubi hamkori hisoblangan Flitvud Taundan taklif tushadi va barchasi o'zgarib ketadi...




Peddi Makneyr – otasiga fermada yordam berardi

Bu yigitchani ko'pchilik tanisa kerak – u bazi bazida "Manchester Yunayted" klubi libosida maydonga tushib turadi, ammo Peddi oldinroq nima qilganini bilmasangiz kerak. Otamning katta fermasi bor, futbolga borishdan oldin men unga yordam berish orqali oylik olardim. Qoramollarga qarash vaqtincha ekanini bilardim, ammo o'sha paytda aynan shu orqali kun ko'rardim, – deydi Peddi.




Niell Makginn - gel futbolida o'ynagan (Gel futboli Irlandiya milliy sport turi. Unda Regbi va futbol aralashgan)

"Kunduz kuni soat 3da “Dangennon”da o'ynardim, kechqurun esa gel futboliga borardim, – deydi Niell. – Futbolni tanlaganimdan afsusda emasmanmi? Yo'q albatta, yomon futbolchi bo'lganim yo'qku".




Josh Majennis - regbi o'ynagan

Ammo bu sport turida ko'p qolmadi va futbolga o'tdi. Biroq dastlab 19 yoshli Josh... darvozada o'ynardi. 2009 yilda kutilmaganda hujumda o'ynashni istab qoldi. Meni o'smirlar terma jamoasiga darvozabon sifatida chaqirishgandi. Murabbiy menga qarab shunday degandi: “Qo'lqoplaring qani? Men javob berdim: ular yo'q, endi men hujumchiman. SHunday qilib faoliyatimdagi yangi sahifa ochilgandi, – deydi Madjennis.




SHeyn Fergyuson – cho'pon

Men kichik qishloqda tug'ilganman. 13 yoshgacha men sigirlarni pul evaziga boqardim”, – deydi futbolchi. SHeyn gel futbolida ham o'ynagan. Bu menga yordam bergan. Juda kichkina edim, bunday keskin mashg'ulotlardan so'ng meni yiqitishning imkoni yo'q edi.




Maykl O’Nil – moliyachi

Bosh murabbiy o'z vaqtida SHotlandiyaning Brixin Siti klubida moliyachi sifatida ishlagan. Bu ish asosiy hisoblanadi va futboldan farqli ravishda ko'proq foyda keltirardi. O’Nil futbolchilik faoliyatini tugatishi bilan moliya bilim dargohida talim olgan.



Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика