So’nggi yangiliklar

01:54Ла Лига. "Барселона" автогол эвазига меҳмонда "Леганес"ни мағлуб этди  43 01:47А Серия. "Интер" "Кальяри"га 3 та гол урди, "Ювентус" Туринда "Лечче"дан устун келди  0 01:05Саудия Арабистони Про лигаси. Роналдунинг дубли "Ал Насср"га "Ар Риёд" устидан ғалабани тақдим этди  9 00:43Силва ёзда "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  2 00:12"Манчестер Юнайтед" Эдерсонни харид қилмоқчи  0 00:05Суперлига. "Қўқон-1912" ғалаба қозонди, "Динамо" ва "Бунёдкор" эса ўз майдонларида дуранг ўйнашди  0 23:49Темурхўжа Абдухолиқов четлатилишига муносабат билдирди  2 23:30Бундеслига. "Байер" ўз уйида "Унион"га гол уролмади, "Бавария" ва "Боруссия" ўртасидаги "Дер Класикер"да эса жанговар дуранг қайд этилди  5 23:25АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Брентфорд" билан дуранг ўйнади  8 23:05Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Фейха" ўз уйида "Ал Қодисия"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Шукуров тўлиқ ҳаракат қилди  1 22:30"Ливерпуль" Бареллага қизиқиш билдирмоқда  2 22:13Озарбайжон Премьер-лигаси. "Сумқайит" ўз уйида мағлубиятга учради, Абдихолиқов 71 дақиқа ўйнади ва ассист қайд этди, Жалолиддинов захирадан ўйинга қўшилди  1 22:11Суперлига. "Қизилқум" сафарда бир киши кам бўлиб қолган "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  9 21:36Баҳром Ҳайдаров: "4 та турдан буён давом этаётган ғалабасиз серия босимидан ўтиб олдик"  6 21:03РПЛ. "Рубин" Қозонда "Локомотив"ни мағлуб этди, Ашурматов сўнгги сонияларда майдонга тушди  5

Chiroyli va ishonchli g'alaba. Chorak finaldagi raqibimiz kim bo'ladi? Yangiliklar

Chiroyli va ishonchli g'alaba. Chorak finaldagi raqibimiz kim bo'ladi?

Saudiya Arabistonida bo'lib o'tayotgan U-17 Osiyo chempionatida "A" guruhi bahslari o'z nihoyasiga etdi.

Islom Ismoilov shogirdlariga rahmat, kecha o'smirlarimiz mezbon Saudiya Arabistoniga qarshi 3-tur o'yinini ajoyib tarzda o'tkazishdi. Bungacha har ikki jamoa keyingi bosqich va Jahon chempionati masalasini hal qilgani bilan kechagi o'yin yuqori tempda kechdi. Har holda raqib jamoa ham g'alabani ko'zlab harakat qilgani shundoq ko'rinib turdi.

Birinchi bo'lim teng kurashlar ostida kechdi. Ikkinchi taym boshida hakam darvozamiz tomon penalti belgiladi, biroq mezbonlar o'yinchisi bu imkoniyatdan foydalana olmadi. Oradan ko'p o'tmay saudiyaliklar qo'pollik ishlatishi natijasida hakam endi mezbon jamoa darvozasi tomon 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi. To'p oldiga kelgan 17-raqamli futbolchimiz Jamshidbek Rustamov mo'ljaldan adashmay kuchli va aniq zarba berib hisobni ochdi.




Gol urilganidan 6 daqiqa o'tib vakillarimiz yana to'p kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bu paytga kelib 63-daqiqa o'tib borayotgandi va bu safar 22-raqamdagi o'yinchimiz Faridjon Abdullaev farqni ikkitaga oshirdi. 69-daqiqada esa yana Jamshidbek Rustamov o'zini ko'rsatib hisob 3:0 bo'lishini taminladi.

Ikkinchi goldan so'ng mezbonlar o'zlarini yo'qotib qo'ydi. Uchinchi gol esa raqibni umuman "sindirdi". Yakunda ishonchli va chiroyli g'alabani qo'lga kiritdik. Va bizni xursand qilgan yana bir jihat Saudiya Arabistonidan kuchsiz emasligimiz hamda ular bilan tengma-teng o'ynay olishimizni ko'rsatganimiz bo'ldi. Darvoqe kecha 2ta gol urgan Jamshidbek Rustamov Odil Ahmedov futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, Faridjon Abdullaev esa Toshkent shahar akademiyasidan etishib chiqqan.




Ana endi bemalol chorak final haqida o'ylasak bo'ladi. Raqibimiz kimligi esa bugun aniq bo'ladi. Musobaqa reglamentiga ko'ra, biz "A" guruhi peshqadami sifatida chorak finalni "B" guruhida 2-o'rinni olgan jamoapa qarshi o'tkazamiz. O'yin 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 22:15da start oladi. Narigi guruhda istalgan jamoa ikkinchi o'rinda bo'lib qolishi mumkin, chunki jadvalda murakkab vaziyatga yuzaga kelgan.

Yaponiya 4 ochko bilan peshqadam, BAA 3 ochko bilan ikkinchi o'rinda, Vetnam 2 ochko to'plagan hamda Avstraliya 1 ochko bilan oxirgi o'rinda boryapti. Bu degani hatto oxirgi o'rindagi Avstraliyada ham imkoniyat bor. Bugun "B" guruhda hal qiluvchi 3-tur bahslari start oladi.

10 aprel. 20:00. Yaponiya - Avstraliya
10 aprel. 20:00. Vetnam - BAA



Agar Yaponiya g'alaba qozonsa, unda 1-o'rin bilan keyingi bosqichga yo'l oladi va ular Saudiya Arabistoniga qarshi chorak finalda o'ynaydi. Shunda bizning raqibimiz Vetnam yoki BAA bo'ladi. Maboda Avstraliya yutib qo'ygudek bo'lsa, unda yana chalkash vaziyat vujudga keladi. En yaxshisi, o'yinlarni jimgina kuzatganimiz maqul.

Aslini olganda biz chorak finalda hech kimdan qo'rqayotganimiz yo'q. Ko'z tegmasin, o'yinimiz yaxshi. Futbolchilarimiz ishonch va dadil bilan harakat qilmoqda. Ammo buyog'i har bir bosqich faqat bitta o'yindan iborat bo'ladi va psixologik o'raga tushib qolmasak bo'lgani. Boshqa jamoalarni hurmat qilgan holda shuni aytishimiz mumkin, musobaqadagi eng kuchli jamoalardan birimiz, ammo havolanib ketishga hali erta.




Malumot o'rnida barcha guruhlardagi natijalarni keltirib o'tamiz.

A guruhi - Saudiya Arabistoni, O'zbekiston, Tailand, Xitoy.
3 aprel. 20:00. O'zbekiston - Tailand 4:1
3 aprel. 22:15. Saudiya Arabistoni - Xitoy 2:1
6 aprel. 20:00. Xitoy - O'zbekiston 1:2
6 aprel. 22:15. Tailand - Saudiya Arabistoni 1:3
9 aprel. 22:15. Tailand - Xitoy 0:2
9 aprel. 22:15. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 0:3

B guruhi - Yaponiya, Avstraliya, Vetnam, BAA.
4 aprel. 20:00. Avstraliya - Vetnam 1:1
4 aprel. 22:15. Yaponiya - BAA 4:1
7 aprel. 20:00. Vetnam - Yaponiya 1:1
7 aprel. 22:15. BAA - Avstraliya 2:0
10 aprel. 20:00. Yaponiya - Avstraliya
10 aprel. 20:00. Vetnam - BAA

C guruhi - Janubiy Koreya, Yaman, Afg'oniston, Indoneziya.
4 aprel. 20:00. Janubiy Koreya - Indoneziya 0:1
4 aprel. 22:15. Yaman - Afg'oniston 2:0
7 aprel. 20:00. Indoneziya - Yaman 4:1
7 aprel. 22:15. Afg'oniston - Janubiy Koreya 0:6
10 aprel. 22:15. Janubiy Koreya - Yaman
10 aprel. 22:15. Afg'oniston - Indoneziya

D guruhi - Eron, Tojikiston, Ummon, KXDR.
5 aprel. 20:00. Tojikiston - Ummon 2:1
5 aprel. 22:15. Eron - KXDR 1:1
8 aprel. 20:00. KXDR - Tojikiston 3:0
8 aprel. 22:15. Ummon - Eron 3:2
11 aprel. 22:15. Ummon - KXDR
11 aprel. 22:15. Eron - Tojikiston

X.Xoliqov


Reyting: +9   

Fikrlar

+7   
10 apr 15:20:39
Кобилжон Маьмуров
Бу маколани езган журналист футболга тушунмадими узи иккинчи голини хужумчи Асилбек Алиев урдику бирга бир чикиб 20 ракам у бошкасини езиб юрибди Э уяте сандаканги журналистга гол урган уйинчи ни кадрлашни урган хайф санга
+5   
10 apr 15:08:38
Chust futbol
Любойини ёриб қўйишяпти лекин қойил. Келажакка умид бор.
+4   
10 apr 16:52:06
Baki79
Кеча 2 чи голни Алиев урдику. Канаканги журналист бу узи. Аттанг.
+4   
10 apr 15:09:52
kurbonovxasan
Японларниям бир йиглатсак армоним йўқ эди,биииир мазза қилайлик
+3   
10 apr 21:24:58
Tinchliksevar
Damas Chevrolet foydalanuvchining fikriga javob berish
Ислом Исмоилов бир вактлар телевидение оркали узбек футболини сир асрорларини очган Тупое тренеримиди...
Tupoy emas mard murabbiy hali hech qaysi murabbiy ligadagi Noxaqliklarni ochiqchasiga gapira olmagan
+3   
10 apr 17:14:43
Burhonbek Abdumo'minov
Toʻgʻrisini aytsam har qanday yoshdagi hali biror bir jamoamizni Saudiyada Arab jamoasini bunday ishonchli va yirik hisobda yutganini eslolmadim rosti, bu yigitlarni keyingi taqdiri nima boʻladi bilmadimu lekin Saudiyani yutgani zoʻr natija boʻldi shaxsan men uchun
+3   
10 apr 16:05:46
Frend Uzbekistan
Nima endi odil axmedov akademiyasi reklamasiyam ketganmi maqolada!!! Hech bir o'yinlarda qaysi klub yoki akademiya bollari ekanini aytmay birdan esilarga tushib qoldimi. U20dayam odil ahmedov akademiyasi bollari boridi nega koreadan yengilganimzda bu haqida eslatmadiz?!!!
+3   
10 apr 15:10:57
Rasul Nabiyev
Adashmasam 100% natija bizda holos. Shunaqami
+2   
10 apr 21:21:59
Tinchliksevar
Rasul Nabiyev foydalanuvchining fikriga javob berish
Adashmasam 100% natija bizda holos. Shunaqami
Adashmadiz lekin Indoneziya ham kuchli ekan J.Koreyani yutgan hozir ularda 6 ochko va songi tur Afg‘onistonga qarshi va ularni ham bemalol yirik hisobda yutasi deb o‘yliman
+2   
10 apr 18:25:38
Bebetto Omadov
Мен U17 тренери Ислом Исмоиловни иктидорли ва профессиональ мураббий эканига гувох булдим! Футболчи ва мураббийларимизга Омад! "Чемпион" булиб кайтиш насиб килсин!!!
+2   
10 apr 17:40:44
Кобилжон Маьмуров
АЛИЕВ КУЗ ТЕГМАСИН ЗУР ХУЖУМЧИ ЭКАН УЧ УЙИН УЧТА ГОЛ ХИТОЙГА ГАЛАБА ТУПИНИ КИРИТИБ УЗБЕКЛАРНИ ЖАХОН ЧЕМПИОНАТИГА ОЛИБ ЧИКДИ УНИ ХИТОЙ ДАРВОЗАСИГА УРГАН ШЕДЕВР ГОЛИ МАНИ ЛОЛ КОЛДИРДИ ХАЙРУЛЛА ХОЛИКОВ БУЛСА БОШКА УЙИНЧИ ГОЛ УРДИ ДЕБ ЕЗЯБДИ КАНИ БЕТТА ХАКИКАТ УЙИНЧИЛАРНИ ШУ ЧАЛАСАВОД ЖУРНАЛИСТ ЛАР СИНДИРАДИ АХИР ЖУЖУЧИМИЗНИ ОТА ОНАСИ ЯКИНЛАРИ БУ МАКОЛАНИ УКИСА ХАФА БУЛМАЙДИМИ РЕСПЕКТ ХУЖУМЧИ ГА УНДАН ЯНА ГОЛЛАР КУТИБ КОЛАМИЗ ИНШАОЛЛОХ БУШ КЕЛМА АСИЛБЕК АЛИЕВ
+2   
10 apr 16:58:26
Bahodir
Shu yozmayman deymanu nima qilay. H. Holiqov maqola yozsa nuqul qovunni hidi keladiya. Qanaqa Faridjon Abdullayev 2golni Aliyev urdiku goldan keyin doʻppini kiydi oʻzi oʻyinni koʻrdilarmi okam. Yana ogʻzi koʻpirib O.Axmedov klubi tarbiyalanuvchisi deyishinichi. Uff Mendan rozi boʻling Hayrulla ak oldimda boʻganizda yuzizga aytardim.
+2   
10 apr 16:18:56
Umaraliyev Xurshidbek
Футболни кўрмай мақола ёзишни оқибатими бу, ким гол урганини билмайди. Админ хушёр бўлинглар!
+1   
10 apr 22:10:19
M Xolikov
Tinchliksevar foydalanuvchining fikriga javob berish
Avstraliya yutdi 2:3 ga vetnam BAA 1:1 o‘ynamoqda va 3 ta jamoada 4 ochkodan Yaponiya +2 Avstraliya va BAA da - 1 toplar nisbati 2 o‘rin kim endi 1 Yaponiya 2 kim
БАА Австралияни 2-0 га йутганакан БАА оладиёв 2 ни
+1   
10 apr 21:59:34
Tinchliksevar
Avstraliya yutdi 2:3 ga vetnam BAA 1:1 o‘ynamoqda va 3 ta jamoada 4 ochkodan Yaponiya +2 Avstraliya va BAA da - 1 toplar nisbati 2 o‘rin kim endi 1 Yaponiya 2 kim
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика