So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

CHin yurish yoxud Xitoy pulining evrofutbol tomon oqimi Yangiliklar

CHin yurish yoxud Xitoy pulining evrofutbol tomon oqimi

Teglar :  Xitoy
Xitoyliklar Evropa bozorini egallash bo'yicha keng ko'lamli operaciya o'tkazishmoqda. Masala mohiyati 100 milliardlab evroni o'z ichiga qamrab olmoqda.

Osmon-o'par yurt vakillari ko'zlariga nima ko'rinsa, o'shani sotib olishyapti - metallurgiya kompaniyalari, kimyoviy zavodlar, oziq-ovqat yo'nalishidagi  firmalar... SHuningdek, futbolchilar va futbol klublari ham CHin o'lkasi sarmoyadorlari nazaridan chetda qolmayapti. Futbol haftanomasi aynan xitoyliklar ixtiyoriga o'tgan elit chempionat klublariga etibor qaratdi va bitta xulosaga keldi: Agar ular evrofutboldagi o'z jamoalari ishtirokida alohida turnir tashkil etishsami, uning oldida hattoki, CHempionlar Ligasi ham xira ko'rinadi.

1. Atletiko (Ispaniya) - Wanda Group - 45 mln. evro

2015 yilning yanvar oyida Xitoyning yirik developer (taraqqiyotga qaratilgan) kompaniyasi - Wanda Group Atletikoning 20 foiz akciyasini sotib olish bo'yicha kelishuvga erishdi. Ushbu gigant kompaniya Xitoyning turli hududlarida naq 98ta biznes-markaz, 60ta besh yulduzli mehmonxona, 78ta savdo markaziga ega. Kompaniya raisi, xitoylik milliarder Van Czyanlin Madrid klubining 726707 dona  akciyasi uchun deyarli 45 mln. evro to'ladi. SHartnoma tuzish chog'i Xitoyda Atletikoga tegishli 3ta maktab ochish va matraschilarning Osiyo mamlakatlari bo'ylab maxsus turnega chiqishlari ham ko'zda tutildi. Tomonlar shuningdek, Madridda yoshlar markazi bunyod etish uchun 34 mln. dollar ajratishga kelishib olishdi. Rejaga ko'ra, ushbu markazda asosan xitoylik yosh futbolchilar shug'ullanishlari kerak.

So'z. Wanda Group Atletikoning taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shish va klub brendining Osiyoda targ'ib etish imkoniyatiga ega bo'lganidan juda xursand. O'ylaymanki, biz hamkorlik doirasida kadrlar tayyorlash yo'nalishida ham katta tajriba to'playmiz va bu Xitoyda futbolni yangi darajaga ko'tarishda ancha qo'l keladi, shubhasiz. Van CZYANLIN.

2. Espanol (Ispaniya) - Rastar Group - 14-18 mln. evro

Espanol ispan futbolining 115 yillik tarixida xorijlik sarmoyadorlar nazoratiga o'tgan ilk klub bo'ldi. Xitoylik milliarder CHen Yanshen joriy yilning yanvarida Kataloniya jamoasining 54 foiz akciyani sotib oldi. U bolalar uchun o'yinchoq avtomobillar va plastmassa jihozlar xom ashyosi ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Rastar Group (oldingi nomi  - Xinghui Auto Model) kompaniyasi xo'jayinidir. Espanolni rasman sotib olish kelishuvi bahosi 14-18 mln. evroni tashkil qildi. Xitoylik sarmoyadorlar zimmasiga tushgan asosiy vazifa 2ta - klubning tashqi qarzi (191 mln. evro)ni uzish va umumiy mablag' aylanmasini 90 mln. evrogacha ko'tarish.

So'z. Biz klubning tarixiy ananalari va biznes rivoji o'rtasida muvozanatni saqlab qolishga harakat qilamiz. Barcha hamkorlarimiz loyihaning ulkan potenciali borligini takidlashmoqda. Umid qilamanki, Xitoy sarmoyasi Espanolning yangi cho'qqilarni zabt etishiga yo'l ochadi. SHaxsan men kelishuvimiz tez orada samara berishi va jamoaning natijalari yaxshilanib, uning o'z oldiga CHLga chiqish vazifasini qo'yishiga shubha qilmayman. CHen YANSHEN.

3. Granada (Ispaniya) - Link International Sports Limited - 37 mln. evro

2009 yili Poccolar oilasi Granadani sotib olgan payt klub ikkinchi segundada bo'lib, tanazzul yoqasida edi.  SHundan 2 yil o'tib, jamoa primeroga chiqdi. Mana, joriy yozda Granada akciyalari nazorat paketi xitoylik Czyan Lijang tasarrufiga o'tdi. Uning kompaniyasi - Link International Sports Limited dunyo sportidagi yirik musobaqalarga sayohat uyushtirish bilan shug'ullanadi. Lijang klub rasmiy saytiga bergan intervyusida Jino Pocco va Granadaning sobiq prezidenti Kike Pine (aslida u ushbu kelishuvga qatiyan qarshi edi)ga qilingan ishlar uchun alohida minnatdorchilik bildirish barobarida muxlislarni kelajakka umid bilan qarashga chaqirdi.

So'z. Maqsadimiz tayin - klubning barcha yo'nalishlardagi ishlarini yaxshilamoqchimiz. Biz shu yo'l bilan ligada o'z tariximizni yaratamiz va imkon boricha yuqoriga intilamiz. Xullas, yorqin kelajakka umid bog'layvering. Czyan LIJANG.

4. Inter (Italiya) - Suning Commerce Group - 270 mln. evro

Yirik savdo tarmog'i - Suning Commerce Group shu yil iyun oyi boshida Inter klubining 68,55 foizdan ko'proq akciyasini chamasi 270 mln. evroga sotib olganini elon qildi. SHu zahoti italyan jamoasi direktorlar kengashiga Xitoy kompaniyasining 5 nafar vakili qo'shildi va endilikda neradzurralar taqdiri ularga ham bog'liq. Umuman, xitoyliklar zudlik bilan klub ravnaqi uchun kattagina mablag' ajratishga vada berib, qora-ko'klar muxlislarini tinchlantirishdi. Savdo tarmog'i boshqaruv raisi CHjan Czindun esa doimiy ravishda sarmoya kiritilishi Interga iqtidorli futbolchilarni ko'proq jalb etish imkonini berishini takidladi. Kelishuv natijasiga ko'ra, klubning sobiq prezidenti va xo'jayini Massimo Moratti rasman chetga chiqdi, unga tegishli Internazionale Holding xoldingi ham akcionerlar ro'yxatidan o'chirildi. Indoneziyalik biznesmen Erik Tohir esa Inter prezidenti sifatida qoldi, ammo uning akcionerlar sarmoyasidagi ulushi 31 foizga tushdi. Hamkorlik samarasi o'laroq, oldinga qadam tashlab,  Interni jahon futbolida o'ziga munosib joyga qaytaramiz. CHunonchi, Osiyo, xususan, Xitoyda futbol tobora ommalashyapti. Demakki, Suning Group kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma yordamida Xitoy va butun Osiyodagi muxlislarimiz armiyasiga ancha yaqinlashamiz. Umid qilamanki, bu kelishuvdan haddan ziyod ko'p manfaat ko'ramiz, - deya bayonot berdi Tohir.

So'z. Xitoy Interning ikkinchi uyiga aylanadi, Suning sarmoyasi esa butun dunyodan eng sara yulduzlarni taklif etish va klubning avvalgi obro'sini tiklashga yordam beradi. CHjanCZINDUN.

5. Milan (Italiya) - Europe Sports Investment Management Changxing - 198 mln. evro

Inter ortidan Milan ham xitoyliklar ixtiyoriga o'tdi. Silvio Berluskoni 2005 yili klubni sotishga qaror qilgandi va uzoq vaqt real xaridorlar bilan muzokaralar olib bordi. Tabiiyki, bu jarayon murakkab kechdi, lekin xitoyliklar jiddiy vadalar bilan Silvio boboni savdoga ko'ndirishdi. Xullas, ular avvalo, Milanni Evropaning top-klublari qatoriga qaytarish niyatidalar. Bunga ilk isbot sifatida 740 mln. evroli chekka imzo chekishdan tashqari, klubning 220 mln. evroga teng qarzini ham o'z bo'ynilariga olishdi. Taxmin qilinishicha, belgilangan summa 3 yil davomida bo'lib-bo'lib beriladi. Yani har yili chamasi 350 mln. evro to'lanadi. Aytish joiz, yangi sarmoyadorlar orasida Xitoyning taraqqiyot va investiciya bo'yicha hukumat  korporaciyasi - SDIC, shuningdek, Haixia Capital kompaniyasi va Sino-Europe Sports Investment Management Changxing raisi Xan Li bor. Aynan Xan Li asosiy sarmoyador sifatida ko'rsatilmoqda.

So'z. Mana, nihoyat, o'ta muhim to'xtamga keldim. Men Milanni ishonchli qo'llarga topshirishni istagandim. O'ylaymanki, klubni uning avvalgi shuhratini tiklashga qodir insonlarga sotdim. Silvio BERLUSKONI.

6. Nicca (Franciya) - CHen Li va Aleks Jeng boshqaruvidagi Xitoy-Amerika konsorciumi - summa noaniq

Nicca klubining 80 foiz akciyasi xaridi bo'yicha kelishuv murakkab strukturaga ega. Zero, shuncha akciya birdaniga 4 nafar sarmoyador tomonidan sotib olindi. Xitoy-Amerika konsorciumini NewCity Capital asoschisi va bosh direktori CHen Li hamda Plateno mehmonxonalar tarmog'i prezidenti Aleks Jeng birgalikda boshqarishadi. Uning tarkibiga shuningdek, amerikalik biznesmenlar - Pol Konvey va Elliot Xeys ham kirishdi. Kelishuvning moliyaviy shartlari oshkor etilmadi. 80 foiz akciya 4 nafar xaridor o'rtasida qanday taqsimlangani ham nomalum. Klubning qolgan 20 foiz akciyasi sohibi sanalgan Jan-Per River prezident lavozimida ishini davom ettiradi.

So'z. Franciya chempionatida xorijlik yangi sarmoyadorlarni ko'rish yoqimli. Bizda jamoa tarkibiga xitoylik futbolchilarni taklif etish rejasi yo'q. Lekin Xitoyning ulkan mamlakat ekanligi barchaga malum va uning futbol hamjamiyatiga ham katta tasir o'tkaza olishi muqarrar. Niccani barcha yo'nalishlar bo'yicha rivojlantirib boramiz. Xususan, klubimiz endi transferlar bozorida ham o'zini dadil tutishi mumkin. Jamoa brendi butun dunyoga mashhur bo'lishi uchun bor tajribamiz va imkoniyatlarni ishga solamiz. Sarmoyadorlar kamida yana 3 yil boshqaruvda qolishimizni so'rashdi va biz bunga tayyormiz. Jan-Per RIVER.

7. Sosho (Franciya) - Ledus - 7 mln. evro

Franciyaning Sosho klubi Evropada birinchi bo'lib, xitoyliklar nazoratiga o'tdi. Pejo avtomobil kompaniyasi va klubning sobiq sohibi o'z ulushini atigi 7 mln. evroga sotib yubordi. Yangi xo'jayin maqomini olgan Ledus kompaniyasi elektron jihozlar va diodli lampalar texnologiyasi ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Sosho ayni payt Franciya ikkinchi divizionida o'ynamoqda va yaqin orada mo'jizaviy xaridlarga qo'l urmoqchi emas. To'g'ri, jamoa muxlislari yangi xo'jayinlarning hozirgi poziciyalarini maqullamayaptilar. Ular hattoki, klub prezidenti Ving Sang Lini futbolda hech narsani tushunmaslikda ayblab, kelajakka katta xavotir bilan qarashyapti.

So'z. Biz savdogar emasmiz. CHunonchi, uzoq muddatga mo'ljallangan rejamiz bor. Birinchi navbatda, klub akademiyasini rivojlantirishimiz kerak. Nicca vakili.

8. Lion (Franciya) - IDG Capital Partners - 100 mln. evro

Xitoy investicion fondi - IDG Capital Partners shu yil avgust oyida Lionning 20 foiz akciyasi uchun 100 mln. evro to'ladi. Asosiy sohib sifatida qolgan OL Groupe kompaniyasi kelishuv ortidan tushgan mablag' hisobiga jamoaning evrokuboklarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taminlash niyatida. IDG Capital Partners Lionning Xitoy, Gonkong, Makao va Xitoy Taypeyida tanilishi yo'lida xizmat qiladi. Xususan, mahalliy korporaciyalar bilan hamkorlik shartnomalari tuziladi va ularga asosan ikki mamlakatda futbol maktablari ochiladi.

So'z. Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik Lionning xalqaro maqsadlariga jiddiy turtki beradi. Jan-Mishel OLYAS (Lion prezidenti).

9. Aston Villa (Angliya) - Recon Group - 85,95 mln. evro

Xitoyliklar joriy yil yozda Angliya tomon yurish boshlashdi va Birmingemning Aston Villa jamoasi ularning ilk o'ljalari bo'ldi. Xullas, klub xitoylik tadbirkor, Recon Group kompaniyasi rahbari Sya Czyantun (oddiy aytganda, Toni Sya) ixtiyoriga topshirildi. Norasmiy xabarlarga ko'ra, kelishuv bahosi 85,95 mln. evroni tashkil etgan. Agar Aston Villa joriy mavsum yakuniga ko'ra, premer-liga yo'llanmasini qo'lga kiritsa, bu summa o'z-o'zidan 118,6 mln. evroga oshadi. Recon Group biznesning turli sohalarida faoliyat olib boruvchi kompaniyalardan nazorat ulushi oladi. Xullas, uning yo'nalishi juda keng - smart-shaharlar uchun IT-infrastrukturasi qurulishi, elektro energiyaning yangi manbalari, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligi, sayyohlik, sport...

So'z. Aslida men Aston Villaning eski ishqibozlaridan biriman. Muxlislarga vada beramanki, jamoa keyingi mavsumdayoq premer-ligada o'ynashini taminlash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanaman. Sya CZYANTUN.

10. Vulverxempton (Angliya) - Fosun - 53,4 mln. evro

Milliarder Go Guanchanga tegishli Fosun sarmoya kompaniyasi yozda Vulverxemptonning teng huquqli sohibiga aylandi. Buning uchun xitoyliklar chamasi 53,4 mln. evro to'lashdi. Maxsus matbuot anjumanida kompaniya vakili Jeff SHi so'z olib, klub barcha yo'nalishlar bo'yicha yaxshi holatda ekanligini takidladi. SHuning barobarida muvaffaqiyat qozonish uchun tarkibni kuchli futbolchilar bilan boyitish zarurligini bildirdi. Xitoyliklar bu borada portugaliyalik mashhur agent Jorje Mendesh xizmatlaridan keng foydalanmoqchilar. Yangi xo'jayinlar kelajakda jamoaning uy stadionini modernizaciyalash masalasini ham ko'rib chiqishni rejalashtirishgan.

So'z. Klubni imkon qadar tezroq Angliya oliy divizionida ko'rmoqchimiz va u elitada uzoq vaqt mustahkam joyga ega bo'lishi shart. Vulvz darajasidagi klublar oldiga aynan shunday maqsadlarni qo'yish lozim. Tushunamiz, har bir xodim jamoa ravnaqi yo'lida xizmat qilmoqda. Lekin oliy maqsadga etishish yo'lida bir qator to'siqlarni engib o'tishga tayyor turishimiz kerak. Unutmaylikki, maqsad bitta va uni birlashib ro'yobga chiqarishimiz mumkin. FOSUN kompaniyasi vakili.

11. ManchesterSiti (Angliya) - China Media Capital Holdings - 314,3 mln. evro

2015 yilning oxirgi kunlari xitoyliklar Angliyadagi eng qimmatbaho jamoalardan biri - Manchester Siti ulushdoriga ham aylanishdi. China Media Capital Holdings kompaniyasi 13 foiz akciya uchun boshqaruvchi guruh - Sity Football Groupga 265 mln. funt berdi. Bu summa 8 yil oldin Abu Dhabi United Group tomonidan klubni xarid qilish uchun sarflangan mablag'dan ko'pdir. To'g'ri, akciyalar nazorat paketi hamon  arab shayxi Mansurga tegishli. Kelishuv bo'yicha muzokaralar 1,5 yil davom etdi. Tomonlarning o'zaro til topishishlarida esa Xitoy prezidenti Si Czinpinning Buyuk Britaniyaga rasmiy tashrifi muhim ahamiyat kasb etdi. CHin yurti rahbari safar chog'i klub tuzilmasi bilan shaxsan tanishib ham chiqdi. Yakunda China Media Capital Holdings sohibi Li Juygan shartnomaga muvofiq, Siti direktorlar kengashidan joy oldi.

So'z. UshbukelishuvXitoyningjahonfutbolhamjamiyatigato'laqonliqo'shilishidamuhimo'rintutadi. ManchesterSiti sohadafutboltexnologiyasi, shuningdek, sportvatijoratloyihalarinimuvaffaqiyatliamalgaoshirishibilannomqozongan. Futbolchilarniyangisaviyagako'tarishishlarihamjoyida. Endishuvaboshqayo'nalishlarnitengdanigayanadarivojlantirishimizkerak. Li JUY GAN.

12. VestBromvich (Angliya) - Yunyi Guokai Sports Development Limited - 178 mln. funt

Vest Bromvich - butunlay Xitoy kompaniyasi tasarrufiga o'tgan APLning birinchi jamoasi. Yunyi Guokai Sports investicion guruhi sohibi Guochuan Lay klubning  88 foiz akciyasi uchun biznesmen Jeremi Pisga taxminan 178 mln. funt to'ladi. U darhol ishga kirib, VBA boshqaruv raisi lavozimiga Blekbernda shu vazifani bajarib turgan Jon Uilyamsni taklif qildi. Asli bromvichlik Pis esa klubda maslahatchi sifatida qoldi. Ha, kelishuv summasi rasman oshkor qilingani yo'q. Lekin Angliya matbuoti malumotlariga ko'ra, Pis 150 mln. funtdan kam olgan emas.

So'z. Buyuk klubning yangi xo'jayini bo'lganimdan baxtiyorman. Ixtiyorimizda kuchli tarkib bor, shuningdek, muxlislarimiz tasiri ham katta. Muhimi, jamoamiz beqiyos tarix va annalarga ega. Klubda barqaror tizim shakllanishini istayman va bu borada qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman. SHuningdek, Vest Bromvich o'tmishiga hurmat bilan qarayman.  Gouchuan LAY.

13. Den Xaag (Gollandiya) - United Vansen International Sport - summa noaniq

Xalqaro sport musobaqalari tashkillashga ixtisoslashgan United Vansen kompaniyasi ADO Den Xaagni 2015 yil qishda sotib oldi. Ayni payt golland jamoasining naq 98 foiz akciyasi kompaniya sohibi, yirik biznesmen Vang Xyuy nazoratida. United Vansen Italiya superkubogi uchun o'yinni Pekinda o'tkazgani va Real bilan klub atributlarini Xitoyda sotish bo'yicha ko'p millionli shartnoma tuzgani orqali tanilgan. Lekin hamkorlik silliq boshlangani yo'q. SHu yil yanvarda Vangning shartnomada ko'rsatilganidek sarmoya kiritmagani malum bo'ldi. Natijada Den Xaagning moliyaviy holati og'irlashib, klub Gollandiya futbol federaciyasi tomonidan siquvga olindi. To'g'ri, xitoylik biznesmen aprel oyida nihoyat, klubga etibor qarata boshladi va uni kerakli mablag' bilan taminladi. SHundan so'ng umumiy holat o'z maromiga tushdi.

So'z. Gollandiya chempionati haqida gap borganida, muxlislar avvalo, ADOni eslashlari kerak - bizning maqsadimiz shunday bo'lishini taminlashdir. Xullas, 5 yil davomida Den Xaagni butun Evropaga tanitmoqchimiz. Vang XYUY.

14. Slaviya Pr. (CHexiya) - China Energy Company Limited - summanoaniq

Xitoyning energetik kompaniyasi - China Energy Company Limited o'tgan yili CHexiya sobiq transport vaziri Alesh Rjebichkidan Slaviya klubining 60 foiz akciyasini sotib oldi. Kelishuv CHexiya-Xitoy savdo palatasi prezidenti va mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Yaroslav Tvrdik (uklubningashaddiymuxlisi) aralashuvi bilan amalga oshirildi. Energetika kompaniyasi shuning barobarida CHexiya milliy termasini 10 millionlab krona ko'rinishida moliyalashtirishga rozi bo'ldi. Xitoyliklar buning evaziga chexlardan milliy jamoaga futbolchi tayyorlash metodikasini olmoqchilar. Umuman, CHin yurti vakillari Slaviya yordamida evrofutbolda o'z so'zlarini aytmoqchilar. Harqalay, uzoq muddatga mo'ljallangan reja asosida klubni taraqqiyat sari boshlashga ham ulgurishdi. Deylik, CEFC darhol ko'plab yangi futbolchilarni taklif etdi va etakchilarni tarkibda olib qoldi. Natijada Slaviya inqiroz holatidan osongina chiqib ketdi.

H.MASAIDOV tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика