So’nggi yangiliklar

02:55АПЛ. "Манчестер Юнайтед" аутсайдерни қийинчилик билан мағлуб қилди, Амад Диаллодан хет-трик!  17 01:50Альфонсо Дэвис "Бавария" таклифига кўнмаяпти  1 01:23РФИ фахрий президенти: "Ўзбекистон, Беларусда ўйнаганида бизнинг селекционерлар қаерда эди? Кўзи кўрлар"  18 01:01Абдуқодир Ҳусанов Манчестерга етиб борди  8 00:46Испания Кубоги. "Реал" – "Сельта" баҳси асосий таркиблари маълум!  15 00:30HERE WE GO: Омар Мармуш - "Манчестер Сити" футболчиси!  6 00:15Саудия Арабистони. "Ал Иттиҳод"дан йирик ғалаба, Бенземадан гол  0 23:27Аморим Гарначо яна нималарни ўрганиши кераклигини айтди  3 23:02Ўзбекистон миллий терма жамоаси сафида ўзгариш  1 22:50"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячи сотиб олмоқчи  5 22:19Саудия Арабистони. Пешқадам "Ал Ҳилол" аутсайдер дарвозасига 9та гол урди  3 21:50"Навбаҳор" БААда Хорватия, Арманистон ва Хитой жамоаларига қарши ўйнайди  1 21:30"Сўғдиёна" дарвозабони билан шартномани узайтирди  3 21:08Златан Роналдуга жавоб берди  19 20:44АПЛ топ-клублари қизиққан футболчини "Бавария" илиб кетмоқчи  0

CHilining tezligiga "kengurular" dosh bera olishmadi Yangiliklar

CHilining tezligiga "kengurular" dosh bera olishmadi

Jahon chempionatining to'rtinchi uchrashuvini ham o'tkazib oldik. "B" guruhining 1-turida CHili va Avstraliya jamoalari o'zaro bahs olib borishdi.
Mundial kechagina boshlangan bo'lsada, mana to'rtinchi uchrashuv ham yakuniga etib qoldi. Vaqt tez o'tayotgandek. Yoki shiddatli futbol vaqtni tez o'tkazib yuborayotgandek nazarimizda.
Endi o'yin haqida biroz to'xtalib o'tsak.

CHili uchrashuvni juda tezkor va shiddatkor futboli bilan boshladi. Asosan chap qanotda ko'p ishga solgan chililiklar, Menaning faol harakatlari evaziga ko'plab xavfli hujumlarni tashkil etishdi. Uchrashuvning 12-daqiqasiga kelib, chap qanotdan emas, maydon markazidan tashkil etilgan hujum o'ng qanotga qo'chdi. Aleksis Sanchesning aniq harakati evaziga yuzaga kelgan vaziyatdan chililik to'qqizinchi raqamdagi hujumchining o'zi unumli foydalandi. 


Tezkor kiritilgan gol CHiliga qo'shimcha kuch, Avstraliyaga esa katta hayajonni taqdim etdi. Oradan hech qancha vaqt o'tmay turib "kengurular" o'z darvozalaridan ikkinchi  golni olib chiqishdi. Aniqrog'i, o'yinning 14-daqiqasida birinchi gol muallifi Aleksis Sanchesning pasidan so'ng, qulay vaziyatga turgan Valdivia to'pni raqib darvozasining yuqori "to'qqizligiga" chiroyli tarzda joylab qo'ydi va hisobni oshirdi.

Bunday scenariy ostida bahsni kutmagan "kengurular" ancha vaqt o'z o'yinlarini topa olishmadi. 


SHu kuni Avstraliyaga yaxshi bir markaziy yarim himoyachi etishmadi desak to'g'ri bo'ladi. Avstraliya tarkibida harakat qilayotgan ikki qariya Mark Breshiano va Tim Keyxillarning ko'rsatgan o'yinlariga ortiqcha etiroz bo'lishi mumkin emas. Ular yomon o'ynashdi deyishdan yiroqman. Faqatgina maydon markazida "svejiy" futbolchi, yani pleymerker etishmadi.  Avstraliya asosan himoyadan hujumga o'tishga qiynalib qoldi. CHilining tezligi oldida "kengurular" misoli toshbaqadek harakatlanishdi. 

Birinchi bo'limning ikkinchi yarmida Avstraliya biroz o'ziga keldi. 35- daqiqada o'ng qanotdan uyushtirilgan hujum nihoyat "kengurular"ga samara keltirdi. Franichning jarima maydonchasi ichiga etkazib bergan to'pini Tim Keyxil chiroyli tarzda boshi bilan Bravo quriqlayotgan darvozaga joylab qo'ydi. Ushbu gol Avstraliyani yanada ishonchliroq harakatlanishiga zamin yaratib berdi. Kiritilgan goldan keyingi tezkor tashkil etilgan hujum yana gol bilan yakunlanishi mumkin edi. Ammo bu vaziyatda osiyoliklarga omad kulib boqmadi.

Birinchi bo'lim 2:1 hisobi bilan yakun topdi.

Ikkinchi bo'lim birinchisi kabi shiddatli va hujumkorlik bilan o'tmadi. Avstraliya hisobni tenglashtirish uchun astoydil harakat qilgan bo'lsada, o'ylagan rejalarini amalga oshira olmadi. Bir vaziyatda Tim Keyxil tomonidan kiritilgan goldan so'ng o'yindan tashqari holat qayd etildi va kiritilgan to'p inobatga olinmadi.

Avstraliya yana ikkita xavfli hujum tashkil eta oldi. Mark Breshianoning kuchli zarbasini Bravo mohirlik bilan bartaraf etib jamoasini muqarrar goldan saqlab qoldi.


Qolgan daqiqlarda aytarli vaziyatlar yaratilmadi. O'yining qo'shib berilgan daqiqalarida ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Bosejur "kengurular" darvozasiga uchinchi to'pni yo'lladi va o'yindagi yakuniy hisobni o'rnatdi, 3:1.

SHunday qilib, CHili o'zining ilk o'yinini g'alaba bilan boshladi va "B" guruhida ikkinchi o'ringa chiqib oldi.

Bu jamoani oldinda ikkita juda qiyin bo'lgan bellashuv kutmoqda. Biri Ispaniya va yana biri Gollandiyaga qarshi.

Bu o'yinda CHili jamoasining raqibiga nisbatan bir bosh balandligi o'z so'zini aytdi. Futbolchilar darajasi va o'yin sifati borasida "kengurular" CHilidan anchagina orqada ekanliklari shundoq ko'rinib qoldi.


"B" guruhdagi vaziyat

#JamoaO'YUDMUG - O'GT-NO
1Gollandiya11005 - 143
2CHili11003 - 123
3Avstraliya10011 - 3-20
4Ispaniya10011 - 5-40


Jahon chempionati, "B" guruhi. 1-tur.

 CHILI - AVSTRALIYA 3:1
14 iyun. 03:00.

Kuyaba. "Panantal" stadioni.

Bosh hakam: Noumandez Due (Kot D'Ivuar)

Yordamchi hakamlar: Songuifolo Yeo  (Kot D'Ivuar), Jan Klod Birumushaxu (Burundi)

To'rtinchi hakam: Roberto Moreno (Panama)

Gollar: Aleksis Sanches (12), Valdivia (14), Keyxil (35), Bosejur (90)

CHili: Bravo, Xara, Mena, Isla, Vidal (Guterres 60'), Valvidiya (Bosejur 68'), Medel, Arangis, Dias, Sanches, Vargas (Pinilya 87').

Avstraliya: Rayan, Franich (MakGovan 50'), Devidson, Keyxill, Milligan, Spiranovich, Leki, Oar (Xalloran 68'), Yedinak, Uilkinson, Breshiano (Troysi 77').

Ogohlantirishlar: Tim Keyxil (44), Edinak (58), Milligan (68), Aranguiz (87)


SHahboz Beg'amov

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика