CHilida Klaudio Bravoning haykali paydo bo'ladi
05 iyu 2016 08:41
Yangiliklar
CHilida Klaudio Bravoning haykali paydo bo'ladi
CHili terma jamoasi posoni Klaudio Bravoning Amerika kubogi finalida Serxio Agueroning zarbasini qaytarayotgan haykali Buin shahrida qad rostlaydi.
Ushbu shaharda Bravo tavallud topgan. Haykal avgust oyida ochiladi. Bunday qarorni shahar meri Anxel Bozan qabul qilgan.
Haykal futbolchining original kattaligida tayyorlanadi va San-Martin maydonida quriladi.
Amerika kubogi finalida CHili terma jamoasi Argentinani penaltilar seriyasida mag'lub etdi.
Fikrlar