So’nggi yangiliklar

00:05Сервер Жепаров: "Навбаҳор" билан ўйин ўзига ҳос ажиотажни юзага келтирди"  0 00:03ЕЧЛ. "Барселона" ва "Интер" ярим финалнинг илк баҳсида кураш олиб боришмоқда (онлайн ҳисоб)  45 23:30Элит ОЧЛ. "Ал Насср" ва Роналду мусобақани тарк этди. "Кавасаки Фронтале" финалда!  92 22:45Сергей Лебедев: "Назаримда, бугунги ўйинда ёмон ҳаракат қилмадик"  6 22:35"Реал" ёзда Родригони сотиб юбориши мумкин  4 22:26Виталий Левченко: "Дербиларда ҳар доим кураш бўлади"  4 21:58Россия кубоги. "Зенит" – ЦСКА. Бошланғич таркиблар аниқ!  9 21:45Ўзбекистон футбол ассоциацияси ва футзал федерацияси раҳбарияти Осиё Кубоги олдидан терма жамоа аъзолари билан учрашди  0 21:00Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" "ФарДУ"ни ишончли ҳисобда мағлуб қилди  8 20:47"Атлетик"ка қарши ўйин олдидан МЮнинг икки футболчиси машғулотларга қайтди  1 20:21"Бавария" 20 млн евролик трансферни ҳал қилди  3 19:40Гюндоган Рюдигер ҳақида: "Тонида провокацион хулқ-атвор бор. У кубок финалида чегарадан чиқди"  19 19:02Ўзбекистон кубоги. "Шўртан"дан йирик ғалаба, "Навбаҳор" Тошкентда, "Машъал" Иштихонда зафар қучди  9 18:05Акобирхўжа Шукуруллаев ишлаган ўйинда меҳмон жамоага техник мағлубият ёзилди. Нимага?  0 17:57Сериал давом этади. Анчелотти Бразилия терма жамоаси билан музокараларни давом эттирмоқда  6

CHexiya Super Kubogi sohibi “Qo'qon-1912” bilan shartnoma tuzdi Yangiliklar

CHexiya Super Kubogi sohibi “Qo'qon-1912” bilan shartnoma tuzdi

Mavsumlar oralig'ida tarkibni kuchaytirishga urinayotgan “Qo'qon-1912” futbol klubi bugun yana bir futbolchi bilan shartnoma imzoladi.
Malum muddat ko'rikda bo'lgan rossiyalik Igor Golban bu yilgi mavsumni jamoamizda o'tkazadigan bo'ldi. Bosh murabbiy Rustam Abdullaev himoya chizig'ida yuzaga kelgan muammoni aynan ushbu 25 yoshli legioner yordamida bartaraf etdi deyish mumkin.

Futbolchilik faoliyatini avvaliga hujumchi sifatida boshlagan Golban keyinchalik mudofaa chizig'iga o'tkazilgan. SHuningdek Igorning futbolchilik faoliyatiga nazar tashlaydigan bo'lsak, uning o'z vaqtida Rossiya U-19 yoshlar terma jamoasida 8ta o'yinda maydonga tushib, raqib darvozasini bir bor ishg'ol etgani, 2011 yili esa Rossiya U-21 yoshlar terma jamoasida 5ta o'yin o'tkazganini ko'rish mumkin.

Bundan tashqari Golban 2011 yili CHexiya Super Kubogi finali ishtirokchisi sanaladi. Etiborlisi “Slovan” (Liberec) – “Sigma” (Olamuc) o'yinida Igorning jamoasi 2:0 hisobida g'alaba qozongan.

“Qo'qon-1912” yig'inida o'zini har tomonlama ko'rsatishga erishgan futbolchi bilan bugun rasmiy kelishuvga erishildi. O'ylaymizki Igor o'ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi va qisqa fursat ichida ishqibozlarning yoqimtoyiga aylanadi.

Malumot uchun:
To'liq ism sharifi:
Golban Igor Valerevich
Tug'ilgan yili: 31.07. 1990 yil
Tug'ilgan joyi: Sochi,Rossiya
Fuqaroligi: Rossiya
Bo'yi: 191 sm
Vazni: 83 kg
Ampluasi: Markaziy himoyachi

O'ynagan jamoalari:
2008 “Sochi-04”  21 (0)
2009-2011 “Jemchujina-Sochi” 17 (1)
2011 “Lokomotiv” (Moskva, Rossiya)  0 (0)
2012-2013 “Sigma” (Olamuc, CHexiya)  5 (0)
2013-2014 “SHinnik”  14 (0)
2014 “Ximki”  0 (0)

Terma jamoada:
2009 Rossiya (U-19)  8 (1)
2011 Rossiya U-21)  5 (0)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика