CHex debyutidayoq xokkey penaltisini qaytardi va o'yinning eng yaxshisi bo'ldi
14 okt 2019 01:30
Yangiliklar


CHex debyutidayoq xokkey penaltisini qaytardi va o'yinning eng yaxshisi bo'ldi
CHexiyalik taniqli kiper Petr CHex Gilford Feniks xokkey jamoasidagi debyutidayoq o'zini ko'rsatishga erishdi.
«Suindon Vayldkets»ga qarshi kechgan uchrashuvning asosiy taymi 2:2 hisobida yakunlandi. Overtaymlarda esa hisob o'zgarmadi. SHu bois, g'olib nomi xokkey penaltisi yani bullit zarbalari orqali aniqlandi. CHex ushbu seriyada o'zini ko'rsatib, raqib tomonidan yo'llangan bitta shaybani qaytarib, jamoasiga g'alaba olib keldi. Uchrashuv yakuniga ko'ra esa u o'yinning eng yaxshi xokkeychisi deb etirof qilindi.
Still got it @chelseayouth @ChelseaFC @PetrCech pic.twitter.com/34NDRh0iJ4
— bloooo (@bloooo26) 13 oktyabrya 2019 g.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar