So’nggi yangiliklar

07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  1 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  2 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  8 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1

"CHetlatish, so'nggi uch yilda Andijondagi uchta durang, Ahmadaliev va terma jamoa yoki klubdan birini tanlash haqida", - Vadim Abramov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"CHetlatish, so'nggi uch yilda Andijondagi uchta durang, Ahmadaliev va terma jamoa yoki klubdan birini tanlash haqida", - Vadim Abramov ishtirokidagi matbuot anjumani

"Andijon" - "Bunyodkor" (0:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Vadim Abramov o'z fikrlarini bildirdi.



"Umuman olganda, chetlatilishga qadar g'alabaga yaqin edik. Afsuski, g'alaba qozona olmadik. Natijada durang o'ynadik. Anvar G'ofurovning yoshi sababli, uni zahirada qolgandir edim, chunki, u biroz dam olishi kerak edi.

"Bunyodkor" so'nggi uch yilda "Andijon" bilan safarda durang o'ynamoqda. Kelasi yili g'alaba qozonishga harakat qilib ko'ramiz.

Boz ustiga bunday havoda o'ynash og'ir. SHuningdek, maydon ham erkin harakat qilishimizga yo'l qo'ymadi. To'p maydonda ko'p to'xtab qoldi. Paslar bilan o'ynashga noqulaylik tug'dirdi.

Dilshodbek Ahmadaliev jarohat sabab biz bilan birga emas. "Paxtakor" bilan o'yinda jarohat olgandi.

Terma jamoa yoki klubni tanlash kerak bo'lsa qaysi biridan tanlayman? Hozirda vaziyat shunday. Murabbiy ishlab turish va tonusda bo'lishi kerak. O'zim ham bir nechta futbolchilarni terma jamoaga tayyorlayman. Bizda bu borada reja bor. Sentyabrda terma jamoa bilan yig'in tashkil qilamiz. Bu klubdagi ishimga tasir qilmaydi" - dedi Abramov.



Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика