CHerchesov ikki oyni izolyaciyada qay tariqa o'tkazganini aytdi
02 iyu 2020 13:45
Yangiliklar
CHerchesov ikki oyni izolyaciyada qay tariqa o'tkazganini aytdi
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav CHerchesov karantindagi holat haqida gapirdi.
Bu haqda metaratings.ru sayti xabar bermoqda.
"Hamma kabi uyda o'tirdim. Hukumat va RFIning barcha tartiblarini bajardim. Ishimni oladigan bo'lsak, hali ham futbolchilar bilan yig'inga kelgunlariga qadar masofadan gaplashaman. SHu sabab har kuni o'yinchilari bilan bo'ladigan klub murabbiyidan ko'ra menga osonroq. Oila bilan vaqt o'tkazish, yo'lakchada yugurish va kunni o'zim xohlaguncha rejalashtirish... Bazida odatdagidan kechroq uyg'onasan", - deydi mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, Rossiya chempionati 21 iyunda davom ettiriladi. RPLda 22 turdan so'ng 50 ochko jamg'argan holda "Zenit" etakchilik qilmoqda. Keyingi o'rinlarda "Lokomotiv" va "Krasnodar" jamoalari bormoqda.
Manba: metaratings.ru
Havola :
Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Fikrlar