CHempionlikni hal qiladigan "yil o'yini"ga prevyu
10 avg 2023 14:01
Yangiliklar
CHempionlikni hal qiladigan "yil o'yini"ga prevyu
Navbahor Toma Tabatadze - 68' |
Superliga. 16-tur 10/08/2023, 20:00 2
:
1
Tugadi
|
Paxtakor Dragan CHeran - 30', Muhammadqodir Hamraliyev - 44' |
CHempionlik uchun kurashayotganlar va ligada jon saqlab qolmoqchi bo'lganlar avgust oyida sinovdan o'tishadi. Joriy mavsumdagi taqvimda ham avgust oyi qiziq to'qnashuvlarga boy. So'ngi yillardagi o'zbek futbolining eng katta o'yinlaridan biri "Paxtakor" va "Navbahor" uchrashuvi ham avgustning 10chi sanasiga to'g'ri kelgan. Uchrashuv oldidan, jamoalarning holati, imkoniyatlari va bugungi uchrashuvga qanchalik tayyorgarligi haqida batafsilroq to'xtalib o'tamiz.
O'zaro o'yinlar tarixi
Hozirga qadar jamoalar chempionatlarda 65 uchrashuvda maydonga tushishgan. O'zaro o'yinlar bo'yicha ustunlik yaqqol "sherlar" tarafida. 40 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 12 bor raqib bilan durang o'ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 107 gol urilib, 50 to'p o'tkazib yuborilgan. 9 bahsda "sherlar" yirik hisobda ustun kelishgan. Ayni paytgacha Namanganda bo'lib o'tgan 32 bahsning 13tasida "Paxtakor" zafar quchgan bo'lsa, 7 o'yin durang bilan tugagan. Qolgan 12 uchrashuv raqib g'alabasi bilan yakunlangan. Namanganda "Paxtakor" 37 to'p kiritib, 30 gol o'tkazib yuborgan. "Navbahor" jamoasi esa 65 uchrashuvda bor yo'g'i 13 marotaba g'alaba qozongan, 12 bor durang va 40 mag'lubiyat.
Ushbu jamoalarning o'zaro o'yinlari tarixida qayd etilgan eng yirik hisob - 7:0. Ushbu hisob 2009 yili Toshkentda bo'lib o'tgan uchrashuvda qayd etilib, unda “Paxtakor” zafar quchgan.
Jamoalarning holati
Ikki ham o'tgan tur ochko yo'qotishdi. Namanganliklar Bekobodda so'ngi daqiqalarda gol o'tkazib yuborib, 3 ochkodan quruq qolgan bo'lishsa. "Paxtakor" o'z o'yida principial raqib "Neftchi"ga yutqazdi, yakuniy hisob 1:0. "Navbahor" o'zining so'ngi beshta rasmiy o'yinida 2ta g'alaba, 2ta durang va 1 bor mag'lubiyatga uchradi. 5 uchrashuvda raqib darvozasini 5 marotaba ishg'ol etib, o'z darvozasidan 3ta gol o'tkazib yubordi. "Paxtakor" esa so'ngi beshta rasmiy o'yinida 2ta g'alaba, 1ta durang va ikki marotaba mag'lub bo'ldi. So'ngi 5 uchrashuvda raqib darvozasiga 7ta gol urgan "sherlar", o'z darvozasidan 6ta to'p olib chiqishdi.
Avgust oyi "Paxtakor" jamoasi uchun omadsiz kechmoqda. Amaldagi chempion avgust oyida O'zbekiston kubogi va turnir jadvalidagi eng yaqin taqibchisiga yutqazishga ulgurdi, ustiga ustak Namangandagi uchrashuvda jamoa bosh murabbiy Maksim SHackixsiz maydonga tushadi.
So'nggi uchrashuvlar
17.03.2023 "Paxtakor" 2:1 "Navbahor"
02.09.2022 "Navbahor" 2:1 "Paxtakor"
28.08.2022 "Navbahor" 1:1 "Paxtakor"
01.04.2022 "Paxtakor" 1:0 "Navbahor"
15.09.2021 "Paxtakor" 0:0 "Navbahor"
Joriy mavsumdagi natijalar
"Paxtakor" jamoasi joriy mavsum Superliga doirasida 14 uchrashuvda ishtirok etib, 10 g'alaba, 1 durang va 3 marotaba mag'lubiyatga uchragan holda, 31 ochko bilan musobaqa jadvalining 3 o'rnini ban etib turibdi. Samvel Babayan shogirdlari esa joriy mavsum chempionat doirasida 15ta uchrashuvda ishtirok etishdi. 10 g'alaba, 3 durang va ikki marotaba mag'lubiyatgan uchragan "lochinlar", 33 ochko bilan musobaqa jadvalida eng yuqorida o'rinni egallab turishibdi.
"Paxtakor" birinchi davradagi "fokus"ni yana takrorlaydimi?
"Paxtakor" jamoasi mavsumning startini juda yomon boshlagan edi. Superliganing birinchi bahsida yosh "Olimpik"ga o'z maydonida 3:2 hisobida mag'lub bo'lgan SHackix shogirdlari, ikkinchi turda ham mag'lubiyatni qabul qilib olishgan edi, faqatgina endi safarda "Neftchi"ga qarshi kechgan uchrashuvda, hisob 2:1. Mavsumni ketma-ket mag'lubiyat bilan boshlagan "sherlar" ancha tanqid qilingandi, lekin uchinchi tur bahsida "Paxtakor" barcha tanqidchilarga munosib javob qaytarib, "Navbahor"ni o'z maydonida mag'lub etgan edi. So'ngi daqiqalarda Sanjar Quvvatov penaltini qaytarib jamoasining g'alabasini saqlab qolgan edi. O'sha uchrashuvdan so'ng "Paxtakor" chempionat doirasidagi bahslarda mag'lub bo'lmadi va bor yo'g'i bir marotaba durang qayd etdi. Ikkinchi davrani ham "Paxtakor" juda yomon boshladi, dastlabki uchrashuvda "Olimpik" taslim etilishiga qaramay, 15 karra O'zbekiston chempionlari sensacion tarzda kubok bahslarini tark etishdi va o'z o'yida "Neftchi"ga mag'lub bo'lishdi. Ho'sh, bunday qiyin holatda yana "Paxtakor" birinchi davradagi o'ziga xos "tryuk"ni takrorlay oladimi?
"Paxtakor"da jadval qiyinroq
"Paxtakor" jamoasi uchun avgust oyi haqiqiy "imtihon" dek o'tmoqda. Jamoa har 3-4 kunda uchrashuv o'tkazishi kerak. Keyingi raqib "Nasaf", birinchi davrada yosh futbolchilar yo'qligi sabab, uchrashuvni qoldirgan "Paxtakor" o'zini qiyin holatga solib qo'ydi. Qo'shimchasiga, 24 avgust kuni Superkubok finali "sherlar"ni kutib turibdi, raqib o'sha o'sha "Nasaf". Amaldagi chempion ushbu qiyin taqvimda qanday natija qayd etadi, buni avgust oyining so'ngida bilib olamiz, hozircha esa "Paxtakor"ning natijalari havas qiladigan darajada emas.
"Navbahor"ni OCHL kutmoqda
"Paxtakor" jamoasini juda qiyin va juda zich taqvim kutib turganini aytib o'tdik, lekin avgust oyi lochinlar uchun ham haqiqiy "sinov". Sifatli o'yin namoyish etayotgan "So'g'diyona", birinchi davrada g'alaba qozongan OKMK va haqiqiy o'y jamoasi "Andijon"ga qarshi qiyin o'yinlardan tashqari, "Navbahor"ning asosiy va eng katta maqsadlaridan biri Osiyo chempionlar ligasining saralash bosqich o'yinlari bor. "Lochin"lar 22 avgust kuni Qatarda "Al-Vakra"ga qarshi maydonga chiqishadi, agar jamoa ushbu uchrashuvda mag'lubiyatga uchrab Osiyo chempionlar ligasisiz qolib ketsa, mavsum so'ngida bo'lib o'tadigan sarhisobda na chempionlik va na kubokdagi oltin medallar ahamiyatsiz bo'lib qolishi mumkin.
Muallif taxmini
O'yin Namanganda bo'lib o'tishini hisobga olsak, "Navbahor" o'yinni nazorat qiladi, raqib "Paxtakor" esa asosan qarshi hujumlarda o'ynaydi. "Navbahor" raqiblardan o'zib ketish uchun ajoyib imkoniyatga ega va Babayan ushbu imkoniyatni qo'ldan boy bermasa kerak. Mening fikrimcha bugungi uchrashuvda "Navbahor" mag'lub bo'lmaydi.
Imkoniyatlar: 60/40 "Navbahor" foydasiga
Abdulvosit Bektemirov
Fikrlar