So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

CHempionlik yo'lidagi kurash, legionerlar va ayollar futboliga etibor borasida “So'g'diyona-W” bosh murabbiyi SHerali Babakulov qanday fikrda? Yangiliklar

CHempionlik yo'lidagi kurash, legionerlar va ayollar futboliga etibor borasida “So'g'diyona-W” bosh murabbiyi SHerali Babakulov qanday fikrda?

Joriy mavsumda “So'g'diyona-W” jamoasi Oliy ligada ishonchli tarzda ishtirok etib, peshqadamlikni o'zida saqlab turibdi.

Ular chempionlik uchun asosiy davogar bo'lib turibdi. Bosh murabbiy SHerali Babakulov bilan suhbatda o'zimizni qiziqtirgan bir qator savollarga javob oldik.

- “CHempionatning 16-turi ortda qoldi. “So'g'diyona” ayollar jamoasi shundan 15tasida g'alaba qozondi va 1 bor durang qayd etdi. Mag'lubiyatsiz odimlanmoqdasizlar. Buning siri nimada?

- Mavsum boshida biz yuqori maqsadlarni qo'ygandik. O'sha yilgan maqsadimiz yo'lida tinimsiz mehnat qilmoqdamiz. Mag'lubiyatsiz tarzda o'yin ko'rsatishimizga, birinchi navbatda jamoada qo'yilgan tartib-intizom deb o'ylayman. Mashg'ulotlarda jiddiy tarzda shug'ullanmoqdamiz, birorta o'yinga betibor bo'lmasdan, har bir o'yinni yutish uchun kurashmoqdamiz.

- Mavsumni mag'lubiyatsiz tugatish asosiy vazifami?

- Albatta, murabbiy sifatida mavsumni mag'lubiyatsiz yakunlashni istaymiz. Agar buni udallay olsak, tarixiy natijani qayd etgan bo'lamiz. Aslini olganda, “So'g'diyona” ayollar jamoasining asosiy vazifasi O'zbekiston chempionati va kubogini qo'lga kiritish. Kelgusi yilda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etish rejalashtirmoqdamiz.

- So'g'diyona ayollar jamoasining bu yilgi ishtiroki haqida umumiy fikringiz qanday?

- Bu savolizga to'liq javob berishga vaqt bor. CHunki oldimizda chempionat va kubok bahslari bor. Mavsum yakunlanganidan so'ng umumiy hulosa bersam maqsadga muvofiq bo'lardi. SHuni aytish kerakki, o'tgan yilga qaraganda,bu yil natijalarimiz yaxshilandi. O'yin uslubimiz ham o'zgardi.

- Bu yilgi “So'g'diyona” ayollar jamoasidagi sharoitlar yaxshimi?

- Men ushbu jamoada to'rtinchi yildirki, ishlayotgan bo'lsam, moliyaviy imkoniyatlarimiz yildan-yilga yaxshilanmoqda. Bizga yaxshi sharoitlar yaratib berishgan. Ayniqsa, asosiy homiymiz bo'lgan “SILVERLEAFE” kompaniyasi maosh va mukofat pullarini uzluksiz berib kelmoqda. Ishonamanki, kelgusi yilda Osiyo chempionlar ligasida o'ynaydigan bo'lsak, moliyaviy holatimiz yanada yaxshilanadi.
 




- “Jamoada to'p tepayotgan legioner qizlarning jamoaga foydasi qanchalik bo'lmoqda. Bu haqda o'zingiz qanday fikrdasiz?
- Xorijdan kelgan qizlarning jamoamizga foydasi tegmoqda. Ularning qayd etayotgan statistikasi ham bunga yaqqol misol bo'la oladi. Murabbiy sifatida ham men ularning taktik sxemalarimizga mos kelayotganini aytish lozim. SHu o'rinda aytish kerak, mahalliy futbolchilarimiz ham ushbu legionerlarimizni jamoamizga kelganidan xursand. Ulardan qaysidir jihatlarini o'rganmoqda. Til borasida ham o'zlarining bilimlarini oshirishmoqda. Xullas, legionerlarning borligi jamoamizga faqat ijobiy tasir ko'rsatmoqda.

- Siz ilgari “Metallurg” ayollar jamoasi bilan ham chempionlikga erishgandingiz. Buni “So'g'diyona” bilan ham nishonlash arafasidasiz. Aytingchi, ayollar futbolida ishlash qiyin emasmi?
- Bilasizmi, “Metallurg” jamoasi 2013 yilda tashkil topgan bo'lsa, biz 2017 yilda chempionlikni qo'ga kiritdik. Salkam besh yil davomida chempionlik sari harakat qilib keldi. SHu vaqt oralig'icha, katta mehnat qildik. Bu vaqt oralig'ida bir necha marotaba vice-chempion bo'ldik, O'zbekiston Superkubolarida zafar quchdik. “So'g'diyona” ham 2018 yilda tashkil topdi. Bu jamoani tashkil topganidan buyon birgaman. Nihoyat, qilgan mehnatlarimiz shu yilda o'z mevasini bermoqda. Agar biz chempion bo'lsak, bu men uchun juda ahamiyatli. SHu yillar qilgan mehnatlarimiz zoe ketmagan bo'ladi.

Ayollar futbolida ishlash o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Ularda ruhiya tomondan muammolar bo'ladi, ularga mashg'ulotlarda ko'rsatma berish vaqtida to'g'ri tushuntirish oson emas. Biroq ularning yutug'i sifatida, jangorvalik va maqsadi sari dadil qadam tashlashlari deb bilaman. Qolaversa, ayollar futbolchilar tartib-intizomga qattiq etibor berishadi.
 

9 yildan buyon ayollar futbolida ishlab kelayotgan bo'lsam, shuni ko'rdimki, bizda futbolchilar juda kuchli. Faqatgina, etibor va sharoitlar yaratilib berilsa, kelajakda bu mevasini beradi. Superliga klubi rahbarlari klub tizimidagi ayollar jamoasi futbolchilariga barcha sharoitlarni yaratib berishsa, ularni qo'llab-quvvatlashsa, ishonamanki, bizda yaxshi o'yinchilar ko'p. Bu esa ayollar terma jamoamizni xalqaro maydonlarda muvaffaqiyatli tarzda to'p tepishiga zamin yaratadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика