So’nggi yangiliklar

17:21​Суперлига. "Нефтчи" - ОКМК. Таркиблар аниқ!  0 17:00Суперлига. "Пахтакор" – "Қизилқум" (матнли трансляция)  18 16:50Симеоне ВАР ҳақида: "Уч киши ҳаммамиз кўриб турган нарсага қарама-қарши қарор қабул қилмоқда"  5 15:46Ўринбоев қанча муддатга сафга чиққани маълум бўлди  2 14:40"Челси" аргентиналик ҳужумчини сотиб олмоқчи  2 13:51Поттер Швеция терма жамоаси билан оғзаки келишувга эришди  1 12:40Вадим Абрамов: "Байрамга мухлисларга совға улашмасак бўлмасди"  3 12:25Александр Хомяков: "Ўзимиз хоҳлагандек ҳужумда ўйнай олмадик"  4 11:55Гонконг чемпионати. "Ли Ман" ва Турсуновда ғалаба  4 11:35Месси фаолиятини қаерда давом эттиришини ҳал қилди  23 10:45МЮ афсонаси "қизил иблислар"нинг учта футболчисини танқид қилди: "Улар ҳозирда АПЛ даражасида эмаслар"  4 10:35Лига 1. "Марсель" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, Гринвуд покер қайд этди  1 10:16Мануэль Нойер Бундеслига рекордини ўрнатди  0 09:47Sofascore. Мозговой ва Шукуров тандеми кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:20Суперлига. Бугун тур якунланади  5

"CHempionlik uchun kurashda davom etamiz. Jamoani ichidagi gap shu erda qolishi kerak" - "Qizilqum"ning serbiyalik topilmasi yana nimalar dedi? Yangiliklar

"CHempionlik uchun kurashda davom etamiz. Jamoani ichidagi gap shu erda qolishi kerak" - "Qizilqum"ning serbiyalik topilmasi yana nimalar dedi?

Nikola Lazarevich boshchiligidagi "Qizilqum" tanaffusga ko'tarinki kayfiyatda yo'l oldi.


Jizzaxda "So'g'diyona" yirik hisobda taslim qilingan uchrashuvdan so'ng birinchi davrada jamoaning haqiqiy etakchisiga aylana olgan Aleksandar Stanislavlevichni intervyuga taklif qildik. Darhaqiqat serbiyalik yarim himoyachining ortda qolgan o'yinlardagi statistikasi ajoyib ekanligini ko'rishimiz mumkin, u raqiblar darvozasini 5 bor ishg'ol qildi va 7ta golga assistentlikni amalga oshirdi. 



- Aleksandar dastlab "So'g'diyona" bilan uchrashuv haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz. SHu kuni mezbonlarda charchoq alomatlari sezilgani va bor kuchi bilan o'ynamagani "Qizilqum"ning foydasiga ishladimi?

- Avvalo bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. Ushbu uchrashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. 

- Ushbu uchrashuvga qadar jamoaning ichki muhiti yaxshi emasligi haqida xabarlar chiqqandi...

- Klub va jamoadagi vaziyatga kelsak, buni ommaga chiqarish shart emas. SHu erda qolishi kerak. Barchasini yopiq eshiklar ortida hal qilamiz. 

- Navoiyda "Paxtakor"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng klubdagilar bilan nizo yuzaga kelgani haqiqatmi? 

- Albatta, "Paxtakor"ga qarshi o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng norozilik kayfiyati yo'q emasdi. Muhimi klubdagi asosiy personallar bizda yaxshi jamoa borligiga ishonishadi. Har bir o'yinda g'alaba kutishadi. Bu tushunarli va tabiiy holat.


- Birinchi davradagi natijadan qoniqdingizmi?

- Fikrimcha birinchi davrada yaxshi qatnashdik. Garchi bir nechta o'yinlarda mag'lubiyatga uchragan bo'lsakda, chempionlik uchun kurashda davom etyapmiz. Bundan ham yaxshiroq natija qayd etishimiz mumkin. Ikkinchi davrani Jizzaxda qolgan joyidan davom ettiramiz. 

- O'zbekiston Superligasida debyut qildingiz. Bu boradagi taassurotlaringiz qanday?

- "Qizilqum" o'ynayotganimdan xursandman. Bizda yaxshi jamoa bor. Buni yuqorida ham aytdim. Muhimi futbolchilarning xarakteri alo. Mazkur omil menga yanada qulayliklar tug'dirmoqda. 

- Hakamlik va tashkiliy ishlarga qanday baho berasiz?

- Hakamlikdan ko'nglim to'q. Ular imkon qadar o'yinlarni xatosiz boshqarishga harakat qilishmoqda. Barchalariga rahmat.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика