“Atletiko” – Ispaniyaning yangi qiroli!
22 may 2021 22:48
Yangiliklar
“Atletiko” – Ispaniyaning yangi qiroli!
“Atletiko” safarda “Valyadolid” ustidan irodali g'alabaga erishib, o'z tarixida 11-marotaba Ispaniya chempionligini qo'lga kiritdi.
“Matraschilar” 86 ochko to'plagan holda birinchi o'rinni egallashdi.
Malumot o'rnida, “Atletiko" 1939/40, 1940/41, 1949/50, 1950/51, 1965/66, 1969/70, 1972/73, 1976/77, 1995/96, 2013/14 hamda 2020/21 yilgi mavsumlarda La Liga tituli sohibiga aylandi.
"Valyadolid" – "Atletiko" 1:2
"Xose Sorrilya"
Gollar: 1:0 – 18 Plano, 1:1 – 57 Korrea, 1:2 – 67 Suares.
"Valyadolid" – Masip, Olasa, El-Yamik, Olivas, Yanko (Ervias, 82), Toni Vilya (Jota, 62), San-Emeterio (Kike Peres, 82), Mesa (Michel, 62), Plano, Markos Andre (Gvardiola, 62), Veysman.
"Atletiko" – Oblak, Ximenes, Ermoso (Lodi, 63), Tripper, Felipe, Koke, Saul (Joau Feliks, 63), Karrasko, Lorente (Kondogbia, 79), Korrea (Errera, 85), Suares.
Ogohlantirishlar: Markos Andre (55), El-Yamik (70), Michel (74), San-Emeterio (78), Joau Feliks (78), Felipe (83).
Fikrlar