So’nggi yangiliklar

08:10Дахшатли “Барселона“ни мусобақадан чиқариб юборган Инзаги ўйиндан сўнг нималар деди?  2 07:37Флик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  20 07:20Чемпионлар Лигаси. "Интер" – "Барселона" 4:3 — оловли ўйин!  2 07:09“Интер“ — “Барселона“ учрашувида энг яхши футболчи ким бўлди?  10 02:38Супер ўйинда "Интер" "Барселона"ни тўхтатди ва ЕЧЛ финалига йўлланма олди!  795 01:42Шомуродовнинг ассисти уч очко олиб келмоқда: А Сериянинг 35-тур якунлари  0 01:09Фарҳод Нишонов: "Ўйиндан кўнглим тўлмади. Биринчи бўлимда ҳар томонлама ютқаздик"  0 00:53"Барселона"га қарши ўйиндан кейин "Реал" Анчелоттининг кетишини эълон қилади  3 00:21"Ал Ҳилол" Бруну Фернандешга ажойиб таклиф бермоқда  0 23:43"Реал" Трентни деярли текинга олди. Бу Перес стратегиясининг навбатдаги ғалабаси (мутолаа учун)  0 23:14Айбек Нурбаев: "Бугунги мағлубиятга мен жавобгарман. Ўзгартиришларда хатога йўл қўйдим"  0 22:18"Барселона" Ямал билан янги шартнома имзолайди. Томонлар келишувга эришишга яқин  2 21:46Виртц "Реал" ёки "Манчестер Сити"га ўтишни истамаяпти. У бошқа клубга бормоқчи  6 21:21"Олтин тўп" учун битта ҳақиқий номзод бор" – "Бетис" Винисиус ва Антонининг статистикасини солиштирди  2 20:57Кевин Де Брюйне "Сити"да қолиши мумкин, футболчи янги шартнома имзолашга тайёр  3

CHempionlar ligasining joriy yilgi to'purarlaridan biri gaitilik futbolchi sanaladi. U AQSH universiteti jamoasida faoliyatini boshlagan Yangiliklar

CHempionlar ligasining joriy yilgi to'purarlaridan biri gaitilik futbolchi sanaladi. U AQSH universiteti jamoasida faoliyatini boshlagan

Uning klubi guruh bosqichiga yo'llanma olib, rekord o'rnatishga yaqin turibdi.

CHempionlar ligasi allaqachon qizg'in pallaga kirdi — guruh bosqichiga chiqish uchun pley-off bahslari o'tkazilmoqda. Ishtirokchilardan biri Isroilning "Makkabi" klubi tarkibida to'purarlardan biri bo'lib turgan gaitilik futbolchi Francdi Perro hisoblanib, u CHempionlar ligasining 5 ta o'yinida raqib darvozasini 5 bor aniq nishonga oldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha u Belgiyaning "Yunion" klubi azosi Viktor Bonifas bilan bir xil natija qayd etgan. Xo'sh, qay tariqa gaitilik futbolchi Isroilga kelib qolgan? Bunga javobni quyida bilib olishingiz mumkin.

Perro 4 yilni Amerika universiteti jamoasida o'tkazdi. Isroilga Belgiya va Franciya orqali etib keldi

27 yoshli futbolchi gaitilik sanalsa-da, futbol saboqlarini AQSHda olgan. Uning faoliyati Amerika jamoalarida boshlangan, dastlabki ikki yilni Massachusets shtatidagi shimoliy-sharqiy universitetda o'tkazdi va yana ikki yil qirg'oq bo'yida joylashgan SHimoliy Karolina universiteti tarkibida o'ynadi. Perro AQSHning faqat ushbu klublari safida to'p tepmagan, u yana uch yilni USL (uchinchi divizon)da "Reding Yunayted" o'tkazgan. 

2018 yil Perro Belgiya oliy divizioni vakili "Muskron" bilan shartnoma imzoladi va 2018/19 yilgi mavsumda gol+pas tizimi bo'yicha 12 ochko jamg'ardi. 2019 yilning yozida gaitilik futbolchi "Gengam"ga ko'chib o'tdi. U erda faoliyati davomida ilk marta yuqori darajadagi o'yin namoyish etdi: 76 uchrashuvda 28 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Perroning terma jamoadagi natijalari ham ko'ngildagidek ketmoqda: Gaiti terma jamoasi safida 23 uchrashuvda 14 ta gol.

Ushbu mavsum boshlanishidan oldin Francdi Perro Xayfaning "Makkabi"siga ko'chib o'tdi. Hujumchi o'z gollari bilan isroilliklarni so'nggi 13 yilda ilk marta CHempionlar ligasi guruh bosqichiga olib chiqishi mumkin, faqatgina pley-off bosqichida "Crvena Zvezda"ga qarshi javob bahsida ustunlikni saqlab turish vazifasi qoldi. Dastlabki uchrashuv 3:2 hisobida "Makkabi" foydasiga hal bo'lgan va Perro o'shanda dubl qayd etgandi.

"Makkabi"ning evrokuboklardagi ishtiroki

"Makkabi Xayfa" — Evropa turnirlarida eng muvaffaqiyatli ishtirok etayotgan Evropa klublaridan biri hisoblanadi. Klub ilk marta qita musobaqasida 1994 yil ishtirok etgan va "Dyudelanj"ga qarshi debyutida 1:0 hisobida g'alaba qozongan (o'shandan beri evrokuboklarda 155 o'yin o'tkazgan).

Xayfa jamoasi bir vaqtning o'zida bir nechta rekordlarga ega: mahalliy klub CHempionlar ligasi guruh bosqichiga chiqqan dastlabki Isroil klubi sanaladi (ulardan so'ng Tel-Avivning "Makkabi" va Xapoel" klublari ham ushbu bosqichga yo'llanma olishga muvaffaq bo'lgan). SHuningdek, ushbu bosqichda ikki bor ishtirok etishga baxtiga muyassar bo'lgan mamlakatning ikki klubidan biri (Tel-Avivning "Makkabi"si bilan birga) sanaladi.

Xayfaliklar Isroil klublarining evrokuboklardagi eng yirik g'alabasini ham qo'lga kiritgan — klub 2013/14 yilgi mavsum Evropa ligasining ikkinchi saralash bosqichida "Xazar"ni 8:0 hisobida taslim etgandi.

Agarda "Makkabi" seshanba kuni "Crvena Zvezda to'sig'idan eson-omon o'tib olsa, jamoa yana bir rekordni o'rnatadi, yani bungacha Isroilning hech bir klubi CHempionlar ligasining guruh bosqichida uch marotaba ishtirok etmagan.


Oqil Abdubarnoev tayyorladi

Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика