CHempionlar ligasi qaytmoqda. Bugun Turin va Bazelda spektakl ko'ramiz
13 fev 2018 15:44
Yangiliklar


CHempionlar ligasi qaytmoqda. Bugun Turin va Bazelda spektakl ko'ramiz
Evropa CHempionlar ligasi chinakamiga start olmoqda. Nihoyat ECHLda pley-off deb nomlanadigan final oldidan finalga aylanadigan dahshatli o'yinlar boshlanmoqda.
Bugun nimchorak final doirasidagi ikkita bahs bo'lib o'tadi.
Juventus Gonzalo Higuain - 2', Gonzalo Higuain - 9' |
Champions League Final Stage . 1/8-tur 14/02/2018, 00:45 2
:
2
Tugadi
|
Tottenham Hotspur Harry Kane - 35', Christian Eriksen - 71' |
Stadion: Allianz Stadium, 41232 tomoshabin
Bosh hakam: Felix Brych
Angliyada ishlari u qadar yurishmayotgan, lekin joriy mavsumda ECHLda javlon urayotgan "Tottenxem" "Yuventus" mehmoni bo'ladi. Bu jamoalar evrokuboklarda ilk marotaba to'qnash kelishadi. Mauricio Pochettino shogirdlari ECHL guruh bosqichini umuman mag'lubiyatsiz yakunlashdi. "Tottenxem" joy olgan "kvartet"da "Real" va "Borussiya" Dortmund jamoalarini o'rin olishgach, ko'pchilik "shporlar"ning muvaffaqiyatiga ishonmagandi. Yakunda esa barcha taxminlar o'zini oqlamadi. "Tottenxem"ning ushbu guruhda peshqadam bo'lgani va xalqaro o'yinlardagi to'plagan tajribasi "Yuventus"ni qanchalik jiddiy raqib kutib turganini anglatadi.
To'p bilan muomalada bo'lishni, agressiv futbol ko'rsatishni xush ko'radigan va hujumkor o'yindan zavq oladigan Pochettino Turinda ham o'z uslubidan voz kechmoqchi emas. "Tottenxem"da jarohatlangan futbolchilar yo'q. Faqatgina jarohatidan forig' bo'lgan va jismoniy holati hali bu kabi yuqori darajadagi uchrashuvga javob bermaydigan Tobi Alderveyreld Londonga qolgan. Pochettino qolgan barcha futbolchilarni Turinga olib kelgan.
Allegrida esa tarkib borasida yo'qotishlar bor. Eng asosiy yo'qotish bu Paulo Dibala. SHuningdek, Allegri "Yuventus"ning asosiy figuralariga aylangan Kuadrado, Lixtshtayner, Blez Matyuidi hamda Andrea Barcalining xizmatlaridan foydalana olmaydi.
Dibalaning jarohati tufayli Allegri asosan foydalanib kelgan 4-2-3-1 taktik sxemasini 4-3-3ga almashtirdi. Bugun katta ehtimol "Yuventus" aynan 4-3-3 taktik sxemasiga murojaat qilishi mumkin. Barcalining yo'qligini Allegri Medhi Benatiya bilan to'ldiradi. Dibalani o'rniga esa Bernardeski harakat qilishi mumkin. Blez Matyuidini o'rnini kim egallashi esa biroz bahsli holat. Uslub jihatdan Matyuidiga ko'proq mos keladigan o'yinchi Sturaro hisoblansada, Markizioning "Fiorentina"ga qarshi bahsda ko'rsatgan o'yini Allegrini ikkilantirib qo'yishi mumkin.
"Tottenxem"ning hujumdagi guruhi "Yuventus" bosh murabbiyi Allegriga qo'shimcha muammolar tug'dirishi mumkin. Eriksen, Alli, Son Xyon Min hamda Xarri Keyn "kvarteti" Kellini hamda Benatiyani yaxshigina terlatishi mumkin.
"Tottenxem"ning birinchi bellashuvdagi eng asosiy vazifasi mehmondagi gol. Bugun Pochettino shogirdlari aynan shu golni urishga harakat qilishadi. ECHLda pley-offdagi o'yinlarda ko'p hollarda aynan mehmondagi gol qiymati ko'p narsalarni hal etishi mumkin. "Yuventus" esa aksincha, o'z uyidagi bahsda avvalambor o'z darvozasi dahlsizligi haqida qayg'urishi lozim bo'ladi.
Allegri shuni alohida qayd ettiki, bugungi to'qnashuvda uni 0:0 hisobi mutlaqo qoniqtirmaydi. Demak "Yuventus" nafaqat o'z darvozasini "qulfi"ni ochmasligi, balki raqib mudofaa chizig'ini buzishga alohida etibor qaratadi.
Pochettino va Allegri o'rtasida yaxshigina taktik kurash guvohiga aylanamiz.
Ikkinchi uchrashuv SHveycariyada "Bazel" hamda "Manchester Siti" o'rtasida kechadi.
Basel Champions League Final Stage . 1/8-tur 14/02/2018, 00:45
Manchester City Ilkay Gundogan - 14', Bernardo Silva - 18', Sergio Aguero - 23', Ilkay Gundogan - 53' Stadion: St. Jakob Park, 36000 tomoshabin Bosh hakam: Jonas Eriksson
O'tgan yili nimchorak finaldayoq o'z yurishini to'xtatgan Gvardiola va "Siti" bu gal o'sha xatoni takrorlmaslik uchun ham "Bazel"ga qarshi bahsga jiddiy etibor qaratishga majbur. "Bazel" garchi daraja bo'yicha "Siti"ga raqobat qila olmasada, o'yinda ko'pgina muammolarni taqdim etishga qodir.
"Bazel" guruh bosqichida o'z uyida Angliyaning boshqa bir Manchester klubini mag'lub etishni uddasidan chiqqandi. Bu galgi raqib esa nisbatan ancha jiddiy.
"Bazel" va "Manchester Siti" ilk bor o'zaro to'qnash kelishmoqda. Ammo Gvardiola uchun "Bazel" begona jamoa emas. Gvardiola "Barselona" boshqaruvidagi o'zining birinchi mavsumida "Bazel" ustidan yirik hisobdagi g'alabani nishonlagandi. Aynan o'sha uchrashuvda "Bazel" ECHLda o'z maydonidagi eng yirik (0:5) mag'lubiyatni qabul qilib olgandi.
Demak "Bazel"ning Gvardiola bilan o'zining shaxsiy hisob-kitoblari mavjud.
Vaziyatga real baho beradigan bo'lsak, bu to'qnashuvda favorit jamoa nomi aniq. Lekin futbol favorit yoki autsayder maqomini doim ham maqullamaydi. Futbolda uchraydigan sensaciyalar ushbu sport turiga o'zgacha joziba qo'shib turadi. Aynan shu jihat bu o'yindagi kichik intrigani saqlab turibdi.
"Bazel" bosh murabbiyi Rafael Vikini tarkib borasidagi muammolar bezovta qilmayapti. Gvardiola qo'l ostidagi Leroy Sani, Gabriel Jezus, Fabian Delf hamda Benjamin Mendi ushbu bahsda jarohatlari tufayli ishtirok eta olishmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar