So’nggi yangiliklar

12:05Ши Таэ Йонг: "Ўзбекистон ва Саудия учрашувини стадиондан томоша қиламан. Корея мусобақани эрта тарк этгани учун бироз хафаман"  1 11:40"Интер" эгалари ўзгариши мумкин  0 11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   4 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  8 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  25 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  7 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  37 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3

CHempionlar Ligasi mukofot puli - 2 mlrd evrodan ko'proq. UEFA shuncha mablag'ni qaerdan olyapti? Yangiliklar

CHempionlar Ligasi mukofot puli - 2 mlrd evrodan ko'proq. UEFA shuncha mablag'ni qaerdan olyapti?

Bilasizmi, barchasiga Berluskoni "aybdor".

Hammasi Berluskonidan boshlangandi

CHempionlar Ligasi juda muvaffaqiyatli turnirlardan biri ekanini yaxshi bilasiz. Brend kompaniyalar o'z mahsulotini 10 sekundgina reklama qilish uchun soatlab navbatda turadi. Barcha klublar moliyaviy tomondan Evrokubokga bog'liq. So'zimiz isboti sifatida quyidagi faktlarni etiboringizga taqdim etamiz:

• UEFA 2018/19 yilgi mavsumda CHempionlar Ligasi, Evropa Ligasi va UEFA Superkubogidan 3,25 mlrd evro miqdorida tijoriy daromad olgan.

• CHempionlar Ligasi va UEFA Superkubogida mukofot puli — 2 mlrd evrodan ko'p, Evropa Ligasida esa — 510 mln evro.

• CHempionlar Ligasining bu yilgi mavsumi guruh bosqichida ishtirok etgan klublar 15,25 mln evrodan mukofot puliga ega bo'ldilar.

• CHempionlar Ligasi g'olibi 80-100 mln evrodan umid qilsa bo'ladi.

MasterCard, Gazprom va televidenie

Hafta o'rtalarida butun dunyo televizorlari orqali deyarli bir narsani namoyish etdi: Nissan va Playstation yozuvi tushirilgan avtobus CHempionlar Ligasi gimni ostida “mingga qo'yib ketayotgani”, neon trubalaridan esa Gazprom gazi kelayotgani, Mourinyu Heineken ichayotgani, Messi shu paytda Lays chipslari bilan ovvoraligi, oddiy insonlar esa MasterCard bilan baxtli ekanligi qayta-qayta namoyish etildi. SHuncha pul qaerdan kelayotgani aniqdek ko'rinadi. Lekin tijorat (buning ichiga TV-reklama ham kiradi) —UEFA umumiy daromadining 17%ini tashkil qiladi (o'tgan mavsumga oid malumot). Qolgan 83% — televidenie huquqlaridir. Bu ham ajablanarli emas.

UEFAning 2017/18 yilgi mavsumdagi asosiy ko'rsatkichlari:

• TV-huquq— 2,3 mlrd evro

• Tijoriy daromad — 454 mln evro

• Mukofot puliga sarflanadigan summa — 2,06 mlrd evro

Bu loyiha deyarli 30 yildan buyon faoliyat yuritmoqda. U shu yillar mobaynida faqat yuksalib bordi. Qiziq, aslida hammasi qanday boshlangan edi?

Berluskoni — CHempionlar Ligasi tashkil etilishi sababchisi: aynan u UEFAni ayyorlik bilan ko'ndirgan

Aynan shunday kelajak 80 yillarda Silvio Berluskonining tushalariga kirib chiqardi. Italiya biznesining “supermeni” — turnir asoschilaridan biri hisoblanadi. O'sha paytlarda Berluskonining ikki muamosi bor edi — “Milan” va yangi “Mediaset” kompaniyasi daromadi. Tadbirkor bu ikkisi uchun qaerdan pul topish, foyda olish haqida o'ylardi. U “Saatchi and Saatchi”ga (reklama agentligining global tarmog'i) murojaat qildi va angliyalik Aleks Finn bilan tanishdi. SHundan bir necha oy avval Finn qandaydir futbolga oid seminarda ishtirok etgan va Evropa Superligasini tashkil etish taklifi bilan chiqqan edi. Uning dokladi “10ta punkt rejasi” deb nomlangan. Bu esa Berluskoniga boshqacha tasir qiladi. O'sha paytlarda CHempionlar Kubogining (CHLning avvalgi nomi) asosiy muammosi sxema edi. Turnirning asosiy muammosi shunda ediki, turnirda faqatgina chempionlar ishtirok eta olardi va ular birinchi bosqichdanoq pley-off raundidan boshlar edi. Berluskoni 1987 yilda musobaqaning birinchi bosqichidayoq Italiya va Ispaniya chempionlari – "Napoli" va "Real" to'qnash kelgach, katta o'zgarishlar vaqti kelganini tushunib etdi.

“Bu zamonaviy fikrlash emas”, — degan Berluskoni. Bu sxema tufayli hamma engiladi: klublar, televidenie va hattoki, muxlislar. Finn ligani Evropaning eng yaxshi 30-40ta klubi bilan tashkil qilib, ularni 3-4ta divizionga ajratishni taklif qilgan. Ammo Berluskoni Angliya, Germaniya, Ispaniya va Italiya jamoalari o'rtasidagi o'yinlar ko'proq bo'lishini xohlagan. SHunda Finn 18 jamoadan iborat bo'lgan chempionat tashkil qilgan: yirik mamlakatlardan 3-4tadan, Belgiya, Gollandiya, Portugaliya, Franciya va SHotlandiyadan bittadan jamoa ishtirok etgan. SHu bilan bir vaqtning o'zida shotlandiyalik Kempbell Ogilvi ham o'z islohotlarini olg'a surib, takliflari bilan chiqa boshladi (mahalliy futbol Associaciyasi boshlig'i o'sha paytda qiziqish juda kuchli bo'lgan Britaniya klubi "Reyndjers"ning tomonini yoklab chikqan). Ogilvining rejasi biroz oddiy edi – u turnirga top-liganing bir nechta klubi qatnashishi va har bir jamoa uchtadan uy uchrashuvini o'tkazishi uchun guruh bosqichini joriy etish taklifi bilan chiqqan. 80-yillar oxirida Ogilvi bu g'oyani 2 marotaba UEFAga taqdim etgan. Lekin ikki safar ham unga rad javobini berishgan.

Berluskoni o'ziga xos “to'ntarish” tashkillashtirmoqchiligi haqidagi xabarlar Nongacha (UEFAning shtab-kvartirasi o'sha erda joylashgandi) etib borganda, UEFA vakillari o'zgarish qilmasa bo'lmasligini tushunib etadilar. Evropa futbolidagi nazoratni yo'qotmaslik uchun, UEFA tomonlar bilan kelishishga harakat qildi: Ogilvi uchinchi marotaba kelganida uning taklifini qabul qildi. Berluskoni bundan juda xursand bo'ldi. Lekin bundan uning yordamchisi Aleks Finning jahli chiqdi.

Britaniyalik keyinchalik undan foydalanishganini tushunib, shikoyat qildi: Berluskoni UEFAga Superliga to'g'risidagi ajoyib g'oyasi bilan bordi va nima bo'lgan taqdirda ham u erda savdolashishini yaxshi bilardi. Oxir-oqibat hamma bir to'xtamga, yani guruh bosqichini joriy etish varanti eng maqbuli degan fikrga keladi. Faqatgina Finn bundan norozi bo'ldi. Va nihoyat: 1989 yil klublar va UEFA murosaga kelishib, 1992 yildan yangicha hayot boshlashga qaror qilishdi: sxemani o'zgartirib, CHempionlar Kubogi nomini CHempionlar Ligasiga o'zgartirishgan. Lekin bu endigina qo'yilgan kichik bir qadam edi. UEFAdan nafaqat bu, balki muammoni hal etish uchun yangi musobaqaning moliyaviy tomondan omadli bo'lishini taminlashi lozim edi. Bu ham tasodifan sodir bo'ldi. Yangi loyihadan xabar topgan kompaniyalardan biri “TEAM Marketing” UEFAga keldi. Ular mukammal bir reja tuzib, turnirga 150 mln frank (tahminan 152 mln dollar) miqdoridagi pulni safarbar etishdi. O'sha pullar Deutsche Bank tomonidan o'tkazilgan. UEFA buni sovg'a sifatida qabul qildi. SHu bilan birga, ular 29 yil ichida 37 mlrd evro foyda ko'rishlariga shubha qilmagan edilar.

Buning o'rniga “TEAM Marketing” brend ustidan to'liq nazorat o'rnatishni talab qildi. SHu vaqtdan boshlab agentlik faqat CHempionlar Ligasiga etibor qarata boshladi. “TEAM Marketing” ishini dastlab uch bosqichda amalga oshirdi:

• turnir madhiyasiga kuy bastalash uchun kompozitor Toni Brittenni chaqirishdi;

• CHempionlar Ligasi logotipi — “yulduzli to'p” joriy qilindi;

• marketing sxemasini tuzib chiqdi: turnirning rasmiy homiylari soni 8tadan ko'p bo'lmasligi kerak. Hamkorlarning har biri bilan uch tomonlama shartnoma imzolanishi shart.

Yirik brendlar bundan juda xursand bo'ldilar: ular yil davomida praym-taym vaqtlarda muntazam ravishda o'z mahsulotlarini reklama qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.

Ular uzoq yillar mobaynida UEFA bilan hamkorlik qilayotganlaridan mamnun ekanini bilib olish mumkin. Masalan, Ford UEFA bilan 20 yil hamkorlik qildi. Sony 1997 yildan, Heineken esa 2005 yildan beri UEFA bilan birga faoliyat yuritib kelmoqda.

Lyucern shahri ofisidagi milliardlar

UEFA hanuzgacha “TEAM Marketing” bilan hamkorlik qiladi. Xo'sh, UEFAning doimiy sherigi haqida nimalarni bilishimiz kerak:

• Kompaniya SHveycariyaning Lyucern shahrida joylashgan (aholisi 81,6 ming kishi). SHtatda 110ta odam faoliyat yuritadi.

• UEFA haligacha ularning yagona mijozi. “Mijozimiz bitta, lekin u mingtasining o'rnini bosa oladi", — deydi “TEAM Marketing” direktori Jeymi Grem “Sport Business Journal”iga bergan intervyusida. — "Bizning juda foydali biznesimiz bor. Hamma shunga o'xshash nimadir qilishni xohlashi haqida gapiradi. Biroq ular bunday natijaga erishish uchun qancha vaqt, mehnat va kuch kerakligi to'g'risida o'ylab ham ko'rishmaydi”.

• “TEAM Marketing”ning 2ta bo'limi bor — biri homiylar bilan, ikkinchisi esa televidenie bilan ishlaydi. Har ikkisining ham oldiga masuliyatli vazifalar qo'yilgan: “Biz uch yillik davr davomida ishlaymiz, — tushuntirdi Grem. Vazifa: har keyingi davrda daromadni 50%ga oshirish kerak.

Eng muhimi: “TEAM Marketing” UEFAning efirga uzatuvchilar bilan muzokaralarida to'liq nazoratga ega bo'lishni talab qiladi. “Biz UEFA chetroqda bo'lishidan manfaatdormiz. Bu jarayon dinamikasini yaratishga yordam beradi”, — shunday dedi OAV bo'yicha direktor Tomas SHmidt.

Har mavsum mukofot puli sifatida hadya qilinadigan 2 mlrd evroni topish uchun “TEAM Marketing” yuzdan ortiq telekanallar bilan shartnoma imzolaydi. Ishlab chiqarish jarayoni qanday amalga oshirilayotgani haqida qisqacha malumot:

• Yangi uch yillik davr boshlanishi bilan (u 2018 yil yozda boshlandi) jamoa keyingi davr borasida ish olib bora boshlaydi (2021 yil yozda start oladi). Birinchi yil — tayyorgarlik jarayoni. Jamoadagilar sheriklarini nima bilan hayron qoldirish haqida bosh qotiradilar: TV-rasm, grafika, hujjatli filmlar, malum bir bozorga yo'naltirish.

• Ikkinchi va uchinchi yillar — sotuv bosqichi. 30 xodim ikki yil ichida 180ta davlatga borib,  shaxsiy huquqlar to'plamini sotishi kerak. Menejer har bir mamlakatda taqdimot o'tkazadi: 3 yilda tahminan 1000ta taqdimot  o'tkazadi. Translyaciya kompaniyalariga Evropa Ligasi uchun huquq kerak bo'lmasa ham uni sotib olishga majbur. CHunki CHempionlar Ligasi va Evropa Ligasi uchun huquq bir to'plamda sotiladi. Agar UEFA va “TEAM Marketing” boshqa strategiyani tanlaganida, u holda Evropa Ligasi allaqachon yopilib ketgan bo'lar edi.

• “TEAM Marketing” hech qachon TV-bitimlar tafsilotini boshqalarga oshkor qilmaydi. Har bir mamlakat uchun alohida summa belgilangan. Masalan, Britaniyada CHLni namoyish etish huquqi uchun ikki gigant kanal kurashadi (BT Sport va Sky). U erda 3 yilga milliard funtdan ortik takliflar xam bo'lmokda. “The Mirror” malumotlariga qaraganda, BT Sport 2018 yildan 2021 yilgacha o'yinlarni namoyish etish huquqini 1,18 mlrd funtga sotib olgan. Belorussiya kabi davlatlarda raqobat nolga teng — u erda o'n yildan beri “Birinchi Milliy kanal” bu huquqqa egalik qiladi va arzimagan pul to'laydi (qancha summa ekani haqida aniq malumot yo'q). “Match TV” va “NTV-Plyus” ham qancha pul to'lashini oshkor qilmagan. UEFA oxirida, “TEAM Marketing” xarid qiluvchilar bilan murosaga kelishib bo'lganidan so'ng, ishga aralashadi. SHundan so'ng, uch tomonlama shartnomalar imzolanadi.

DAZN bosimi, Amazon bilan muzokaralar

8ta homiy, uch yillik cikl va reklama formatiga bo'lgan qattiq talab — UEFA va “TEAM Marketing” bu tizimni 30 yil davomida ishlab chiqdi va hozir ular buni ideal darajadagi ish deb hisoblashadi. Daromadning milliarddan ortiq bo'lishi ham bunga yorqin misol bo'la oladi. Lekin uning salbiy tomonlaridan biri — tizim sustligidir. SHu tufayli, turli tizimlar unga bosim o'tkazib, sotuv huquqini teng ikkiga bo'lib, sherik bo'lishga urunib kelmoqda. Ana shulardan biri — DAZN. Isbot: CHLsining televideniedagi qamrovi kamaygan (2016 yil 4,4 mlrd, 2017 yil 3,6 mlrd). SHu bilan birga, turli xizmatlari orqali efirga bo'lgan talab ortib bormoqda. “TEAM Marketing” esa keskin harakatlarga tayyor emasligini tan oldi. Masalaning yana bir tomoni — UEFA roziligini olishi kerak.

“Albatta, biz bu borada eng innovacion bo'lmaymiz, — dedi SHmidt. — Hozir biz buni bo'lisholmaymiz, sababi tizimimiz juda oddiy. Lekin bu bozorni rivojlantirish haqida bosh qotirmoqdamiz”. Translyaciya kompaniyalari oddiy translyaciyani onlayn-huquqlar bilan birgalikda sotib olishmoqda. Masalan, hozirda “Fox Sports” CHL o'yinlarini feysbuk orqali namoyish etmoqda. “BT Sport” 2016 yil mayda CHL finalini yutub orqali ko'rsatgandi. O'shanda bir videodagi kuzatuvchilar soni 1,8 mlndan oshgandi. Bu hozirgi kunda juda kichik raqam bo'lsa-da, o'sha payt uchun yaxshigina ko'rsatgich edi.

SHuningdek, “TEAM Marketing” takidlashicha, 2021-2024 davrda bitim imzolash uchun “Amazon” ham muzokaralarga kirishgan. Lyucerndagilar ham bunga tayyorgarlik ko'rmoqda. Ehtimol, bu muzokaralar — UEFA tarixidagi yangi “davr” boshlanishiga sabab bo'lar?!

2017 yil avgust Silvio Berluskoni katta futboldan ketganidan xabaringiz bor. 220 mln qarzi bo'lgan “Milan”ni xitoylik investorlarga 740 mln evaziga sotib yuborgani ham sizga sir emas. “Mediaset” hali ham (38,6% akciya) Berluskoni oilasiga tegishli. Kompaniyaning bosh direktori uning o'g'li hisoblanadi. 2017 yildagi daromad — 3,6 mlrd evro.


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика