So’nggi yangiliklar

08:27Томас Мюллер фаолиятини Европанинг кутилмаган жамоасида давом эттириши мумкин  0 07:58“Реал“ 90 миллионга таянч ярим ҳимоячи сотиб олмоқчи  1 07:32Луи ван Гал саратон касаллигини енгганини эълон қилди  1 00:49"Кристал Пэлас" "Лион" туфайли Европа лигасида иштирок эта олмайди. Нега?  3 00:05Муҳаммадали Ўринбоев "Антверпен" таркибида дебют қилди  5 23:58Флик тер Штегенга янги мавсум асосий дарвозабони бўлмаслигини айтди  5 23:14Модрич: "Мен доимо "Реал" мухлиси бўлиб қоламан"  2 22:52Алонсо "Реал" раҳбариятидан таянч ярим ҳимоячисини трансфер қилишни сўрамоқда  14 22:20"Рома" А Сериянинг энг яхши дарвозабони билан шартномани узайтирди  1 21:45"Галатасарой" Осимхенни сотиб олиш бўйича "Наполи"га таклиф жўнатди  0 21:13Рўзиқул Бердиев таркибни кучайтириш ва иккинчи даврага тайёргарлик ҳақида гапирди  11 20:41"Реал Мадрид" мухлислари 0:4 дан сўнг Пересга раҳмат айтишди  18 20:18"Реал" "Бенфика" футболчисининг трансфери борасида келишувга эришди  5 19:51"Ливерпуль" Экитике трансфери бўйича музокараларни бошлайди  0 19:25"Бавария" Луис Диас учун 52 млн евро таклиф қилди  2

CHempionlar ligasi klublarining taxminan uchdan bir qismi 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab kuchga kiradigan yillik daromad limitiga mos emas Yangiliklar

CHempionlar ligasi klublarining taxminan uchdan bir qismi 2025/26 yilgi mavsumdan boshlab kuchga kiradigan yillik daromad limitiga mos emas

CHempionlar ligasining bir nechta jamoalari UEFAning kelajakdagi ish haqi limitini buzishi mumkin.

2025/26 yilgi mavsumdan boshlab UEFAning harajatlarni nazorat qilish qoidasiga ko'ra, klublarning futbolchilar va murabbiylar shtabi maoshlari, transferlar va agentlik to'lovlari uchun harajatlari yillik daromadning 70 foizidan oshmaydi. Bu mavsumda limit 90%, keyingi mavsumda esa 80% gacha tushadi.

Hozircha joriy mavsum CHempionlar ligasida ishtirok etayotgan klublarning uchdan bir qismi daromadi 70 foizlik chegaradan oshib ketmoqda. Ular 2025/26 yilgi mavsum boshlanishidan oldin vaziyatni to'g'irlashlari kerak.

Misol uchun, "Atletiko" klub daromadi yiliga 377 million evro darajasida qolsa, kelasi mavsumda maosh harajatlarini 320 dan 301 million evroga, 2025/26 yilgi mavsumda esa 264 million evrogacha kamaytirishi kerak.

Limitdan oshib ketish xavfi bor klublar qatoriga “Real Sosedad”, “Lacio”, “Napoli”, “Lans” va PSJ kabi jamoalar kiritilgan. SHuningdek, hozirda ushbu standartga javob beradigan yagona APL jamoasi "Arsenal" ekanligi qayd etilgan.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика