CHempionlar ligasi guruh bosqichining rekordlari
17 sen 2019 15:43
Yangiliklar


CHempionlar ligasi guruh bosqichining rekordlari
SHu munosabat bilan turnirning barcha rekordlari qiziqarli rekordlarini etiboringizga havola qilamiz.
Hozir taqdim etiladigan rekordlar faqat guruh bosqichi uchrashuvlarida qayd etilgan.
Futbolchilar
Eng ko'p o'yinlar
94: Iker Kasilyas ("Real", "Portu")
83: Krishtianu Ronaldu ("Manchester Yunayted", "Real", "Yuventus")
80: Xavi Ernandes ("Barselona")
Eng ko'p gol
66: Lionel Messi
61: Krishtianu Ronaldu
43: Karim Benzema
Bir uchrashuvda eng ko'p gol urgan futbolchi
5: Luis Adriano (BATE - "SHaxtyor" 0:7, 2014 yil 21 oktyabr)
Bir mavsumda eng ko'p gol urgan futbolchi
11: Krishtianu Ronaldu ("Real", 2015/16)
Eng tezkor gol
10,96 soniya: Jonas ("Valensiya" - "Bayer" 3:1, 2011 yil 1 noyabr)
Eng tez avtogol
2 daqiqa 9 soniya: Inigo Martines ("Manchester Yunayted" - "Real Sosedad" 1:0, 2013 yil 23 oktyabr)
Eng tez xet-trik
8 daqiqa: Bafetimbi Gomis ("Dinamo" Zagreb - "Lion" 1:7, 2011 yil 7 dekabr)
Eng yosh futbolchi
16 yosh 87 kun: Selestin Babayaro ("Anderlext" - "Styaua", 1997 yil 1 oktyabr)
Gol urishga erishgan eng yosh futbolchi
17 yosh 195 kun: Piter Ofori-Kuaye ("Rusenborg" - "Olimpiakos" 5:1, 1997 yil 1 oktyabr)
Eng keksa futbolchi
43 yosh 253 kun: Marko Balotta ("Real" - "Lacio" 3:1, 2007 yil 11 dekabr)
Gol urishga erishgan eng keksa futbolchi
38 yosh 59 kun: Franchesko Totti (CSKA - "Roma" 1:1, 2014 yil 25 noyabr)
Klublar
Guruh bosqichida eng ko'p ishtirok etganlar
24: "Barselona", "Real"
23: "Bavariya", "Portu"
Eng ko'p ochko to'plagan klublar (1992/93, 1993/94, 1994/95 mavsumlarda g'alaba uchun 2 ochko berilgan)
297: "Real"
287: "Barselona"
Eng ko'p gol
333: "Real"
307: "Barselona"
Guruhdan chiqish bo'yicha rekordchi
23: "Real"
Ketma-ket eng ko'p guruhdan chiqishga erishgan klub
22: "Real"
Guruhda eng ko'p birinchi o'rinni egallagan klub
17: "Barselona"
Birinchi o'rin bilan eng ko'p guruhdan chiqqan klub
12: "Barselona"
Bir mavsumlik rekordlar
Eng ko'p g'alaba
6: "Milan" (1992/93), PSJ (1994/95), "Spartak" (1995/96), "Barselona" (2002/03), "Real" (2011/12 va 2014/15)
Eng ko'p durang
6: AEK (2002/03)
Eng ko'p urilgan gol
25: PSJ (2017/18)
Eng ko'p o'tkazib yuborilgan gol
24: BATE (2014/15), "Legiya" (2016/17)
Eng kam o'tkazilgan gol
1: "Milan" (1992/93), "Ayaks" (1995/96), "Yuventus" (1996/97 va 2004/05), "Valensiya" (2005/06), "Liverpul" (2005/06), "CHelsi" (2005/06), "Manchester Yunayted" (2010/11), "Monako" (2014/15), PSJ (2015/16), "Barselona" (2017/18).
Eng kam urilgan gol
0: "Deportivo" (2004/05), "Makkabi" Xayfa (2009/10), "Dinamo" Zagreb (2016/17).
Guruhdan chiqishga etarli bo'lgan minimum ochko
6: "Zenit" (2013/14)
Guruhdan chiqishga etmagan maksimum ochko
12: PSJ (1997/98), "Napoli" (2013/14)
O'yinlar
Bitta bahsda urilgan eng ko'p gol
12: "Borussiya" D - "Legiya" 8:4 (2016 yil 22 noyabr)
Eng yirik g'alaba
"Liverpul" - "Beshiktosh" 8:0 (2007 yil 6 noyabr), "Real" - "Malmyo" 8:0 (2015 yil 8 dekabr)
Eng katta hisobdagi durang
4:4: "Gamburg" - "Yuventus" (2000 yil 13 sentyabr), "Bayer" - "Roma" (2015 yil 20 oktyabr)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar