CHempionlar ligasi finalida ishlaydigan hakam nomi malum bo'ldi
14 may 2019 17:27
Yangiliklar


CHempionlar ligasi finalida ishlaydigan hakam nomi malum bo'ldi
"Liverpul" hamda "Tottenxem" o'rtasidagi CHempionlar ligasi final bahsini boshqaradigan hakam nomi elon qilindi.
Finalni Damir Skomina boshchiligidagi sloveniyalik hakamlar boshqaradi. Qanotlarda Yure Praportnik, Robert Vulkan ishlaydi. To'rtinchi referi Antonio Mateo Laos. VAR xonasida Danni Makkeli, Pol van Bokel, Feliks Zvaer, Mark Borsh ishlaydi.
Eslatib o'tamiz, Damir Skomina Parijda bo'lib o'tgan PSJ hamda "Manchester Yunayted" o'rtasidagi CHempionlar ligasi 1/8 final javob uchrashuvida ishlagan edi. Bahs 3:1 hisobida "qizil iblislar" g'alabasi bilan yakunlangan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar