So’nggi yangiliklar

14:06Испания – Европа чемпиони титулини ҳимоя қилган ягона терма жамоа  0 13:37Энрикега Шкриньяр керакмас. ПСЖ ҳимоячиси учун "Фенербахче", "Галатасарой" ва "Бешиктош" даъвогарлик қилмоқда  3 13:03Хесус Вальехо "Реал"га қайтди ва унга дарҳол эшикни кўрсатишди  6 12:37"Арсенал" собиқ ўйинчиси Силва клуб нега АПЛ чемпиони бўла олмаслигини айтди  2 12:12"Барселона" Феликсни олиб қолмоқчими?  1 11:44ПСЖ Испания терма жамоаси футболчисини сотиши мумкин, Энрике бунга қарши  3 11:21Николич Файзуллаевнинг Олимпиадада иштирок этиши борасидаги позицияни маълум қилди  8 10:58«Манчестер Юнайтед» Маттейс Де Лигт билан музокараларни бошлади  2 10:31FourFourTwo. Испания тарихидаги энг яхши ҳимоячилар рейтинги тузиб чиқилди  16 10:06Спаллетти: «Италиянинг «Евро»дан чиқиб кетиши одамлар гапираётгандек жуда ваҳимали ҳолат эмас»  14 09:50Копа Америка. Аргентина - Перу 2:0, Мартинесдан дубль, Ди Мариядан ассист  1 09:41«Арсенал» «Барселона» ҳимоячиси бўйича расмий таклиф билан чиқди  2 09:14Дания терма жамоаси устози: «Аҳмоқона қарорлардан чарчадим»  21 08:47Германия — Дания учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  1 08:20Суперлига. Бугун Қаршида супер тўқнашув бор  19

CHempion va qahramon bilan suhbat: "Etibor, etirof va mukofotlardan taltayib ketmasligimiz shart" Yangiliklar

CHempion va qahramon bilan suhbat: "Etibor, etirof va mukofotlardan taltayib ketmasligimiz shart"

Yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempioni va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi Odil Hamrobekov saytimizga eksklyuziv intervyu berdi.

"Avvalambor barcha o'zbek xalqini katta tarixiy g'alaba bilan tabriklayman. Bu yutuq nafaqat futbolchilarniki, balki butun O'zbekistonniki. CHempionlikka keladigan bo'lsak, barcha sohada ham muvaffaqiyat uchun hamma birlashib harakat qiladi. Eng muhimi, biz ko'rsatgan o'yindan avvalo muxlislar zavq olishdi. SHu o'rinda biz ham maydonda rohatlanib futbol o'ynadik. Bu katta yutuqni zavqi o'zgacha bo'ldi, deb bemalol ayta olaman. Boshdan kechirgan hissiyotlarni hozir so'z bilan tariflab berish juda mushkul. Xitoydagi Osiyo chempionatidan oldin Tailanddagi musobaqada ham g'alaba tamini oz bo'lsada his etgandik. CHunki u erdagi finalda ham taqdirlash marosimlari yuksak darajada tashkillashtirilgandi. O'shanda biz g'alaba tami aslida qanday bo'lishini bilib olgandik. Musobaqa davomida yurtdoshlarimiz, muxlislarimizning bizga yuborib turgan maktublari kuchimizga kuch qo'shdi", - deya taassurotlari bilan o'rtoqlashdi Odil Hamrobekov.


CHempionlik siri? Bilasizlar, yoshlar terma jamoamizdagi aksariyat futbolchilar Oliy liga jamoalarida asosiy tarkib futbolchilari hisoblanishadi. Jamoadoshlarimiz muntazam ravishda o'z klublarida asosiy tarkibda o'ynab kelishadi, xalqaro tajriba to'plashgan. Aynan shu omillar ham muvaffaqiyat qozonishimizga yordam berdi. Aslini olganda, bu kabi yutuqlarga erishishni vaqti kelgandi, deb o'ylayman.

Muvaffaqiyatsiz startni engib o'tish.
Birinchi o'yin har bitta musobaqada har xil boshlanadi. To'g'ri, dastlabki bahsda o'yinimiz chiqmadi, maydondagi harakatlarimiz qovushmadi. Bunga raqib ham sababchi bo'lishi mumkin. Muhimi, o'sha mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqara oldik. O'shanda futbolchilar bilan birgalikda o'zimizga-o'zimiz savol berdik. Xitoyga O'zbekiston shanini himoya qilgani kelganmizni takidlab, tezda o'zimizni qo'lga olishimiz kerakligini tushundik. Murabbiylar shtabi ham keyingi o'yinlarga bizni har tomonlama yaxshi tayyorlay olishdi. Qatardan qabul qilib olingan mag'lubiyat bizni tom manoda "uyg'otib" yubordi.

Akto'bedagi fojia har qanday insonni tebratib yuboradi. Bu xabarni eshitib ko'nglimiz xira bo'ldi. O'FA vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bu voqea yuzasidan bizga maktub yubordilar. Maktubda juda tasirli gaplar yozilgandi. O'yinga chiqishdan avval buni bizga kiyinish xonasida o'qib berishganida, beixtiyor barcha futbolchilarni eti jimirlab ketdi. Bu fojiadan keyin ko'plab yurtdoshlarimiz, vafot etganlarning ota-onalari yoki farzandlarining ko'ngliga hech narsa sig'maydi. Bizning chempionligimiz xalqimizga ozgina bo'lsada quvonch olib kelgan bo'lsa, biz bundan juda baxtiyormiz.

Eng yaxshi bo'lish? To'g'risini aytadigan bo'lsam, men musobaqaning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan sovrinni olishimni kutmagandim. Har bir futbolchi eng yaxshi bo'lishni orzu qiladi, bu haqiqat. Lekin bu etirofga sazovor bo'lishim, men uchun kutilmagan voqea bo'ldi. Musobaqa davomida deyarli barcha uchrashuvlarni tomosha qildim. Har bir terma jamoa safida etakchi futbolchilar ajralib turishgandi. Yakunda eng yaxshi futbolchi bo'lish menga nasib qilgani yoqimli bo'ldi.

Buni shaxsiy yutug'im deb hisoblamayman. Futbol bu jamoaviy o'yin. Jamoadoshlarim, zaxiradan turib menga dalda bo'lganlar va albatta murabbiylar shtabining xizmatlari katta bo'ldi. Buning uchun ularga katta rahmatimni aytaman.

Yulduzlik kasaliga qarshi immunitet
Har bir futbolchi bu yutuqlardan sarmast bo'lib, osmonlarda uchib yurmasligi kerak. Hammamiz tezda o'zimizni qo'lga olib, bu kabi rag'batlar va mukofotlardan taltayib ketmasligimiz shart. Aksincha, bu etibor bizni yanada kuchli bo'lishga, ishtiyoqimizni oshirishga xizmat qilishi lozim. Bu marra cho'qqi emas, balki boshlanishi. Ushbu yutuqlar bilan to'xtab qolishga haqqimiz yo'q. Aksincha, bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlashi zarur. Kelajakda biz bundanda katta g'alabalarga, yutuqlarga erishishimiz lozim.

SHaxsan o'zim bu kabi narsalarga ko'p ham etibor bermayman. To'g'ri fikrlashga harakat qilaman. Muhimi, bu sovrinlar oxirgisi bo'lib qolmasligi kerak. Va men shunga harakat qilaman.

Yana bir narsani alohida takidlab o'tishni istardim, Yurtboshimizni bizga yaratib berayotgan imkoniyatlari, ochib berayotgan yo'llari va mukofotlari uchun rahmat aytaman. To'g'risi, men shunday Prezidentimiz borligidan faxrlanaman.

Prezidentimiz mukofoti, yani "Malibu" avtomashinasini otamga sovg'a qildim. Nimaga? Meni shu darajaga etib kelishimda ota-onamni xizmatlari beqiyos. To'g'ri, Xudo menga omadimni berib, kuch-quvvat bergan. Bizni oq yuvib, oq taragan ota-onalarimizga qancha minnatdorchilik bildirsak oz.
Xudo xohlasa yana mehnat qilib, vaqti soati kelganda o'zimga avtomashina sotib olaman. Muhimi, ota-onamning quvonchi.

Vatan shanini munosib himoya qilib keldik. Qarshida ham "Nasaf"ning ashaddiy ishqibozlari juda ko'p. Ular "Al Faysali"ga qarshi bo'lajak o'yinni juda intiqlik bilan kutishmoqda. "Al Faysali" bilan bo'ladigan bahsga ruhan barcha tayyor. "Nasaf" uchun ham maydonda bor kuchimizni sarflashga, jismoniy holatimizni to'g'ri taqsimlashga harakat qilamiz. Ustozimiz Ro'ziqul Berdievni ham yuzlarini yorug' qilib, ularni ishonchini oqlashga urinamiz. "Nasaf" yangi mavsumni g'alaba bilan boshlashi zarur.



Tolibjon Qosimov va SHahboz Behamov suhbatlashdi

Reyting: +78   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика