So’nggi yangiliklar

12:49Анчелотти: "Реал" ўзининг "Олтин тўпини" 1 июнь куни ютиб бўлган"  0 12:25"Ал Райян" бош мураббийи ўтган мавсум ўзбек клуби сабабли ОЧЛдан қуруқ қолган эди  0 12:00ПРО-Лига. Бугун етакчилар жанги гувоҳи бўламиз  2 11:45"Насаф"ни чемпион қилган ўйинлар  5 11:22Рой Кин: "Манчестер Юнайтед" — шунчаки ўртамиёна клуб"  1 10:50Мареска: "Челси" АПЛнинг энг кучли таркибларидан бирига эга"  1 10:23Слот: "Салоҳнинг ўйинида пасайиш кутманг"  3 09:56"Арсенал" Муҳаммад Қуддусни сотиб олмочқи   2 09:28Мората Ямални Месси ҳамда Роналдуга солиштирди  12 09:00Элит ОЧЛ. Бугун "Пахтакор" "Ал Райян" билан куч синашади  32 08:31"Тоттенхэм" Сон билан шартномани 2026 йилгача узайтиради  2 08:05Флик: "У сафга қайтса, албатта, хурсанд бўламан"  8 07:44"Лацио" ўз уйида "Кальяри"ни таслим этди. Меҳмонлар ўйинни 9 футболчи бўлиб якунлашига тўғри келди  1 07:21Неймарга иккита ўйин етарли бўлди  7 01:21МЮ янги устози: "Манчестер Сити" - дунёнинг энг яхши жамоаси, Гвардиола эса энг яхши мураббий"  3

CHempion o'zgarmadi. "Navbahor"da esa barcha medallar bor yoxud 2022 yil Superligada yana qanday voqealar ro'y berdi? Yangiliklar

CHempion o'zgarmadi. "Navbahor"da esa barcha medallar bor yoxud 2022 yil Superligada yana qanday voqealar ro'y berdi?

Yakuniga etib borayotgan yil har bir sohada bo'lgani kabi mamlakatimiz futboli, xususan Superligada ham diqqatga arzigulik voqealar bo'lib o'tdi.

Bugun bayram dasturxoni atrofida yaqinlar diydori bilan birgalikda yoki oila davrasida o'tirganlar, futbol muxlislari keling birma-bir o'tgan mavsumni yodga olamiz. Xo'sh, nimalar ro'y berdi?


Superligaga 9 yildan so'ng intriga qaytdi  

Turnir jadvali va Superligadagi uchrashuvlaridan kelib chiqsak bu mavsum so'nggi 9 yillikdagi eng intrigaga boy chempionat bo'ldi, deya olamiz. Etibor beramiz chempion "Paxtakor" va ikkinchi o'rinni olgan "Navbahor" o'rtasidagi farq bor yo'g'i bittani tashkil qildi. Bunday holat oxirgi marotaba 2013 yil qayd etilgan bo'lib, o'shanda birinchi o'rindagi "Bunyodkor" va ikkinchi "Lokomotiv" orasidagi tafovut 1 ochko bo'lgandi.  Avvalgi yillarda "sherlar" hattoki sentyabr, oktyabr oylaridayoq oltin medallarini rasmiylashtirishiga guvoh bo'lganimizni hisobga olsak intriga qaytganini takidlashimiz mumkin. Lekin bu ichki intriga tribunalar, matbuot anjumanlari, poytaxt maydonlariga ham ko'chishini tilab qolamiz. 


CHempion nomi o'zgarmadi

Yuqoridagi intrigani "Paxtakor" chempion sifatida yakuniga etkazib qo'ydi. SHu bilan birga Toshkent klubi 15-marta chempionga aylanib, umumiy sovrinlar borasida jamoam 5tadan chempionlikka ega bo'lgan "Neftchi" va "Bunyodkor"dan yana bir qadamga uzoqlashdi. Hozirga qadar 1992, 1998, 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2012, 2014, 2015, 2019, 2020 va 2021 yillarda "Paxtakor" O'zbekiston chempionatida zafar quchgandi.  Ikkinchi bor ketma-ket to'rt marta chempion bo'lgan birinchi klubdir. Bungacha "Paxtakor", "Neftchi" va "Bunyodkor" ketma-ket to'rt martadan chempion bo'lgan klublar edi. Endi "SHerlar"da bunday seriya ikkitani tashkil etadi. Umumiy rekord ham "Paxtakor"ga tegishli bo'lib, olti bor ketma-ket chempionlikka 2002-2007 yillarda erishgan. 



"Navbahor"da endi barcha medallar bor 

"Navbahor" uchun 2022 yil yodda qolarli kechdi, deb baralla aytish mumkin. Mavsum yakunlariga ko'ra, "lochinlar" turnir jadvalida ikkinchi o'rinni band etdi. Jamoa o'z tarixida ilk bor kumush medallariga ega chiqdi. O'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan "Navbahor" ochko jamg'arishda 2004 yildan keyingi eng yaxshi mavsumini o'tkazdi. O'shanda jamoa 57 ochko bilan bronza medallariga ega chiqqandi. Klub Superligada 1 marotaba oltin, 9 bor bronza medallarini qo'lga kiritgan. SHuningdek, jamoa 2018 yildan so'ng Superligada eng yaxshi natijaga erishdi. Tarixda ilk bor OCHLda ishtirok etish huquqiga ega bo'ldi.  O'shanda namanganliklar bronza medallarini qo'lga kiritgandi.



Qaytdi, ko'rdi, chempion bo'ldi - Maksim SHackix 

Slavche Voyneski bilan hamkorlikni to'xtatgan "Paxtakor" murabbiylik postiga Maksim SHackixni taklif qildi. Xabaringiz bor, SHackix futboldagi ilk qadamlarini "Paxtakor"da tashlagan, bu klub unga qaysidir manoda futbol "beshigi" hisoblanadi. U dastlab klubga sport direktori lavozimida keldi, vaziyatni o'rgandi, uchrashuvlarni tomosha qildi. CHempion qilishiga esa atigi 5 oy vaqt ketdi, xolos. Qaytdi, ko'rdi, yutdi. Maks "sherlar"ni shohsupaga olib chiqishda klub tarixidagi 11-murabbiy bo'ldi. Muhimi SHackix yoshlarni asosiy tarkibga jalb qilishda qo'rqmadi. Abbos Fayzullaev uning shakllantirayotgan jamoasida muhim figura bo'lib xizmat qildi. 



"Qo'qon-1912" 8, "Lokomotiv" 13 yildan so'ng quyiga "g'arq" bo'ldi 

"Dinamo"ning Pro ligaga tushib ketishi bugungi kunda ajablanarli holat emas. CHunki bu ular uchun tez-tez bo'lib turadigan hodisa. "Qo'qon-1912" 2015 yil Superligaga qaytganidan so'ng ilk bor quyi ligaga tushib ketdi. Jamoa so'nggi bor 2014 yil Pro ligada (Birinchi liga) ishtirok etgan va 49 ochko bilan birinchi o'rinni olib Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritgan edi. Balki hammasini boshqatdan boshlash payti kelgandir. Klub bu yil o'z maydonida uchrashuv o'tkaza olgani yo'q. Stadiondagi qolaversa jamoa oldidagi moliyaviy muammolar ham tasirini o'tkazmay qolmadi.

"Lokomotiv"ning tushib ketishini hech biringiz kutmagan edingiza. Siz kabi biz ham. CHunki o'z nomiga ega, 3 karra O'zbekiston chempioni, 2 karra mamlakat kubogi sohibi, OCHL 2016 chorak finalchisi afsuski endi bir mavsum Pro ligada o'ynashga majbur. Xatolar mavsum o'rtasiga kelganda boshlandi. Tajribasiz Server Jeparovning bosh murabbiylikka tayinlanishi, Kaxi Maxaradze bilan bog'liq voqealar va boshqa sabablar. Faqatgina oxirgi turlardagina Denis Korostichenko va Mirko Yelichich juftligi nimadirni o'zgartirishga intilishdi, qisman sezildi ham. Lekin kech bo'lgandi. "Temiryo'lchilar" so'nggi bor 2010 yil Superligada 13 o'rinni egalab Pro (Birinchi) ligaga tushib ketgandi. 2011 yil jamoa quyi ligada chempion bo'lib qaytgan va 2012 yil elitani yaxshi o'tkazib bronza medallariga ega chiqqandi. 



Kapadzening "Olimpiki" yoxud ilk mavsumdayoq tarixiy rekord

Timur Kapadze 2021 yil yangi tashkil etilgan "Olimpik" bilan Pro ligada ajoyib o'yinlari bilan ilk mavsumdayoq Superligaga yo'llanmani olgandi. Uning shogirdlari kuchlilar orasida ham uyaltirib qo'yishmadi. Superliga tarixidagi 40-jamoaga aylangan "Olimpik" mavsumning 14ta uchrashuvida raqiblari bilan murosa ko'chasini tanladi. Bu amalda nafaqat yilning, balki liganing rekordidir. Timur Kapadzening mahoratiga qoyil qolmasdan iloji yo'q, u murabbiylar ko'p takrorlaydigan 3-4 yil vaqt kerak, deydigan nazariyasini yo'qqa chiqardi. "Olimpik" mavsumni 7 o'rinda yakunladi, tarkibida nomdor futbolchilari yo'q, legionerlari bo'lmagan jamoaga bu juda yaxshi natija.


 

 Kaxi Maxaradze voqeasi

Mavsumning o'rtasida "Lokomotiv" uchun ham, futbolimiz uchun ham juda hunuk holat yuz berdi. Kutilmaganda "temiryo'lchilar" yarim himoyachisi Kaxi Maxaradzening totalizatorga oid ishlari turli saytlar, tashkilotlar elektron pochtasiga sizdirildi. Ochig'i qandaydir yaqinda chetdan kelib qolgan o'yinchi emas, 10 yildan oshiq shu erda to'p tepgan odamdan chiqdi.  Quyidagi havolalarda Kaxi bilan bog'liq materiallarda batafsil tanishishingiz mumkin. Keyinchalik O'FA etika qo'mitasi kerakli xulosalardan so'ng futbolchini 5 yilga futbol bilan bog'liq faoliyatdan chetlatdi. 


"LOKOMOTIV" FUTBOLCHISI O'ZI ISHTIROK ETGAN O'YINGA PUL TIKKANMI?


Maxaradze 5 yilga futboldan chetlatildi — Etika qo'mitasi qarori


Intervyu. Kaxi Maxaradze: "Meni aybsiz aybdor qilishdi" (to'liq intervyu)



Baqoevning Jizzaxdagi erasi tugadi yoxud zulmatdan ziyogacha 

Bir mavsum avval 2-3 o'rinlarni egallagan "So'g'diyona" va AGMK o'z o'rinlarini Namangan, Qarshi jamoalariga bo'shatib berishdi. Ayniqsa Ulug'bek Baqoev shogirdlari turnir jadvalida seziladigan darajada pasayishdi (6 o'rin). Birinchi davrani ko'tarinki ruhda etakchilar qatorida o'tkazgan jamoaning OFK kubogidan so'ng ishlari orqaga keta boshladi. Ketma-ket 11ta g'alabasiz seriya qayd etdi, OFK va O'zbekiston kubogi bilan penaltilar seriyasidagi mag'lubiyatga uchrab erta xayrlashdi. Yakunda Baqoevning Jizzaxdagi sarguzashtlari yakun topdi. Bir narsani etirof etish kerakki, aynan ushbu murabbiy davriga kelibgina "So'g'diyona" jon saqlash yo'lidan sovrinli o'rinlar uchun kurashga qo'shildi. Ilk bor OFK kubogi "chiptasi" sohibiga aylandi. 



Finallar Toshkentdan qochmoqda. Buxoro ilk bor kubok finaliga mezbonlik qildi

Tom manoda Buxoro futboli, viloyat bosh jamoasi uchun muvaffaqiyatli yil. Hakim Fuzaylovga faqat qoyil qolamiz, u 2021 yil "Dinamo"ni 2 yillik tanaffusdan so'ng birinchi urinishidayoq Superligaga qaytardi. Missiyani bajarish navbati "Buxoro"ga kelgandi. Deyarli Samarqanddagi scenariy takrorlandi.  Ikkinchi xursand qilgan jihati klub uy o'yinlarini qabul qiladigan "Buxoro Arena" ilk bor O'zbekiston kubogi finaliga mezbonlik qildi. Buxoro ettinchi shahar bo'ldi. Hozirgacha Samarqand, Namangan, Olmaliq, Farg'ona, Jizzax, Toshkentda turnirning so'nggi hal qiluvchi o'yinlari bo'lib o'tganini takidlash joiz.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика