"CHelsi"ning 4 nafar futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
18 sen 2020 22:04
Yangiliklar


"CHelsi"ning 4 nafar futbolchisi "Liverpul"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi
Londonning "CHelsi" klubi APLning 2-turi doirasidagi "Liverpul"ga qarshi o'yin oldidan muammolarga duch keldi.
"Ko'klar"ning rasmiy twitter'ida yozilishicha, birdaniga to'rtta futbolchi o'yinda ishtirok eta olmaydi, ularning uchtasi – yangilar.
Himoyachilar Tiago Silva va Ben CHiluell, shuningdek, vingerlar Kristian Pulishich va Xakim Ziesh "Stemford Brij"dagi bahsni o'tkazib yuborishadi.
Eslatib o'tamiz, "CHelsi" - "Liverpul" uchrashuvi yakshanba kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start oladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar